HAYO – shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan biri; hayo tuyg‘usida insonning o‘z xatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi tushuniladi. Inson o‘z xatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda yoki bo‘lsamasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab etishi mumkin. Hayo vijdon b-n bevosita bog‘liq bo‘ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‘lmaydi. SHu b-n birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo‘proq tashqi muhit b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi insonning o‘z xatti-harakatlarini boshqalar nuqati nazaridan baholashi b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi ma’naviyatli va ma’naviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.