|
Mavzu:Eng kata umumiy bo’luvchi.O’zaro tub sonlar
|
Darsning maqsadi
|
Ta’limiy maqsad:O’quvchilarning sonning bo’luvchilaridan foydalanib , sonlarni eng kata umumiy bo’luvchisini topishni o’rgatish hamda bilim , ko’nikma , masalalarini hosil qilish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Sonlarni EKUBni topish orqali fikrlash qobiliyatini o’stirish kommunikativ kompetensiyasi shakllantirilib o’quvchilarda o’zaro muloqotga kirishib, jamoa uchun hamjihatlik bilan ijodiy faollikka mustaqil ishlash qobiliyatini mustahkamlashga , hozirjavoblikka o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Umummadaniy kompetensiyasi shakllanib , o’quvchilarniona Vatanga sadoqat , mehr muruvvat ruhida tarbiyalab boorish . O’quvchilarga qo’shishning usullari orqali haqidagi bilimlarini berish, o’rni muhimligini tushuntirish , ular haqidagi tarixiy ma’lumotlar va vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tushuntirish, o’quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
|
Vazifalari
|
Mavzuni o’rganish jarayonida sonlarni umumiy bo’lvchilari va o’zaro tub sonlarga doir bilimlarni berish bilan birga qiziquvchanlik, topqirlik , hozirjavoblik , ijodiy qobiliyatni shakllantirish hamda kasbga yo’naltirish , kompyuterlardan foydalanish va mavzuga doir masalalalarni yechish ko’nikmalarini shakllantirish. Bunda matematik savodxonlik , fan va tehnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasini aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy , oilaviy kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish ;Shaxsiy , ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish.
|
O’quv
Jarayonining
mazmuni
|
O’quvchilar mavzuni mazmun mohiyatini tushunib yechishlari, misollar yechishda bilim ,ko’nikma ,malakalarga ega bo’lish; matematik bilimlarni amaliyotda qollash kompetensiyasi (o’rganilgan bilim , ko’nikma va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo’llay olish ; arifmatik amallarni bajarishda egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik amaliy faoliyatda qollay olish; matematikada egallagan bilim, ko’nikma, va malakalarni kundalik amaliy faoliyatda qo’llay olish) shakllantirish.
|
O’quv jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
|
Uslub:,,Aqliy xujum’’ , ,,Zig-zag’’, ,,charxpalak’’ usuli,darslik bilan ishlash.
Shakl: savol-javob, jamoa va yakka tartibda ishlash.
Vosita: plakatlar, kompyuter, tarqatma materiallar, savol va topshiriqlar.
Usul : savol-javob, bahs- munozara.
Nazorat:yozma,og’zaki.
Baholash: 5 ballik tizim asosida.
|
Kutilayotgan natijalar
|
|
O’qituvchi:
O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi.Oquvchilar o’rtasida do’stona muhitni yaratadi.O’z oldiga qo’ygan maqsadga erishadi.O’quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o’rgatadi.Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish orqali matematik savodxonlik kompetensiyasini shakllantiradi.
|
O’quvchi:
Mustaqil va erkin fikrlaydi. Guruhlar bilan va oz ustida ishlashni o’rganadi, eslab qolish , ayta olish, ko’rsata olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lish.
|
|
|
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar)
|
O’qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab , ularni takomillashtirishga erishadi, darsni tashkil qilishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniladi.
|
O’quvchi:
Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mistaqil ishlash , o’z fikrini ravon bayon eta olish , guruhda ishlash,jipslikka etibor qaratadi. Mavzu uchun qo’shimcha ma’lumotlar topishga harakat qiladi.
|
Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism 3 daqiqa
2. O’tilgan mavzuni so’rash 5 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
4. Mustahkamlash 17 daqiqa
5. Guruhda ishlash 3 daqiqa
6. Darsni yakunlash vaxulosalash 5 daqiqa
7. Uyga vazifa 2 daqiqa
Darsning borishi:
Darsda kerakli jihozlar: 6 - sinf matematika darsligi, tarqatma savollar, kompyuter texnologiyasi.
Asosiy atamalar va tushunchalar :
Sonning bo’luvchilari, karralisi, tub sonlar , murakkab sonlar , tub bo’luvchilari
Dars turi: noan’anaviy.
Darsda qo’llaniladigan usul: ko’rsatmali, guruhlar bilan ishlash.
1.Darsning tashkil etilishi:
Salomlashish;
Zaminimizda yashab o’tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo’shgan hissalarini tasvirlangan sherlar, aytishuv daqiqasi.
2. O’tilgan mavzuni so’rash va guruhlarga bolish:
O’qituvchi tomonidan o’tilgan dars va uyga vazifa soralib , o’tilgan mavzu bo’yicha ,,Aqliy hujum’’ usulida savol-javob o’tkaziladi.
1-savol: Qanday natural sonlar tub sonlar sonlar deyiladi?
Javob:Agar natural son ikkita bo’luvchiga ( sonning o’zi va 1 ) ega bo’lsa u tub son deyiladi.
2-savol:Qanday solar murakkab sonlar deyiladi ?
Javob:Agar natural son ikkitadan ortiq bo’luvchiga ega bo’lsa , bunday son , murakkab son deyiladi.
3-savol: Qaysi natural son tub son ham emas, murakkkab son ham emas?
Javob:1 – tub son ham emas , murakkkab son ham emas.
4. savol:Tub ko’paytuvchilarga ajratish deganda nimani tushunasiz ?
Javob :Natural sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratish – uni tub sonlarning ko’paytmasi shaklida tasvirlash demakdir.
5. savol: 315 sonini tub ko’paytuvchilarga ajrating
Javob: 315 3
105 3
35 5
7 7
1 315 = 3*3*5*7 = 32* 5 * 7
O’tigan dars bo’yicha uyga vazifani quyidagi slayd yordamida tekshiramiz. Buning uchun daftaringizni partadoshingiz bilan almashtirib ,o’zingizni muallim deb his etib ,to’g’ri javoblar sonini aniqlaymiz,hamda do’stimiz daftariga qalamda 1 ball qo’yamiz.
Quyidagilar slaydda ko’rsatiladi:
Uyga vazifani tekshirish:
115-misol
512 2 686 2 666 2 5175 5 256 2 343 7 333 3 1035 5 128 2 49 7 111 3 207 3 64 2 7 7 37 37 69 3 32 2 1 1 23 23 16 2 1 8 2 4 2 2 2 1
116-masala.
Uchburchak perimetri – 59 sm
Tomonlari tub sonlarda ifodalanadi. Uzunliklari ?
Javob: 23 sm, 23 sm , 13 sm
Yangi mavzu bayoni:
24 va 90 sonlarining barcha bo’luvchilarini yozib chiqaylik :
24
|
1
|
2
|
3
|
4
|
6
|
8
|
12
|
24
|
|
90
|
1
|
2
|
3
|
5
|
6
|
9
|
10
|
15
|
18
|
24 va 90 sonlarining umumiy bo’luvchilari quyidagilar: 1 , 2 , 3 , 6 .
Bu umumiy bo’luvchilari ichida eng kattasi : 6.
6 soni 24 va 90 sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi deyiladi .
Ikkita natural sonning eng kata umumiy bo’luvchisi (EKUB) deb , shu sonlarning har biri bo’linadigan eng katta songa aytiladi .
Ikkita natural sonning eng kata umumiy bo’luvchisi shu sonlarning umumiy tub bo’luvchilari ko’paytmasiga teng.
Demak, E K U B ( 24, 90 ) = 2 * 3 = 6
1 – misol . EKUB (36, 84 ) ni toping.
Yechish . 1 – usul ( tub ko’paytuvchilarga ajratish usuli ) .
36 2 84 2 18 2 42 2 9 3 36 = 22 *32 21 3 84 = 22 * 3 * 7 3 3 7 7 1 1sh,,K U B ( 36 , 84 )1111
EKUB ( 36 , 84 ) = 22 * 3 = 12 . Javob : 12
Yuqorida misoldan shunday hulosaga kelish mumkin .
EKUB ( m ,n) ni toppish uchun :
m va n sonlar tub ko’paytuvchilarga ajratiladi .
m va n sonlardagi umumi tub ko’paytuvchilarning eng kichik darajalari olinib , ulardan ko’paytma tuziladi .
Tuzilgan ko’paytmaning qiymati EKUB ( m ,n ) bo’ladi .
3 – misol . Agar m = 22 *33 * 5 * 11 va n = 23 * 32 * 52* 13 bo’lsa , EKUB ( m , n ) ni toping .
Yechish . EKUB ( m , n ) = 22 * 32 * 5 = 4 * 5 * 9 = 180
4 – misol . EKUB ( 125 , 25 ) topilsin .
Yechish . 125 soni 25 ga karrali : 125 = 25 * 5
Demak , EKUB ( 125 , 25 ) = 25 .
m > n soni n ga bo’linsa , u holda EKUB ( m , n ) = n bo’ladi.
5 - misol EKUB ( 15 , 46 ) topilsin .
Yechish . Berigan sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratamiz :
15 3 46 2 5 5 15 = 3 * 5 23 23 46 = 2 * 23 1 1
15 va 46 sonlarining umumiy tub bo’luvchilari yo’q . Bunday hollarda berilgan sonlarning eng kata umumiy bo’luvchisi 1 ga teng bo’ladi . Demak , 15 va 46 sonlari uchun EKUB ( 15 , 46 ) = 1.
Umumiy tub bo’luvchiga ega bo’lagan sonlar o’zaro tub sonlar deyiladi : EKUB ( m , n ) - natural sonlar .
20 va 21 , 14 va 15 sonlari o’zaro tub sonlar . Shuning uchun EKUB ( 14 , 15 ) = 1 .
Ikkita ketma - ket kelgan natural sonlar o’zaro tub bo’ladi .
Mustahkamlash:Matematik savodxonlik , fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish uchun tanlangan misollar va mustaxkamlash maqsadida beriladigan testlar , tezkor savol-javoblar o’quvchilarni mantiqan o’ylashga va fikrlashga undaydi .Har bir o’quvchi o’zi uchun ball yig’adi . Darslikda berilgan 121 - 124 misollarni yechish orqali o’quvchilarning yangi mavzu bo’yicha olgan BKM ga aylantirish;
Sinfda yechiladigan misollar:
121 - mashq
Ikki sonning umumiy bo’luvchisi deganda nimani tushunasiz ? Eng kata umumiy bo’luvchisi deganda – chi ? U qanday belgilanadi ?
Ikki sonning umumiy bo’luvchisini bilgan holda ularning umumiy bo’luvchisi qanday topiladi ?
Qanday sonlar o’zaro tub deyiladi ? Ular uchun EKUB nimaga teng ? Misollar keltiring .
122 . ( Og’zaki )Har bir sonning bo’luvchilari , sonlarning umumiy bo’luvchilari va eng kata umumiy bo’luvchisini toping.
1 ) 4 va 16 2 ) 6 va 15 3 ) 4 va 10 4) 8 va 18
J:EKUB( 4) J:EKUB( 3) J :EKUB( 2) J :EKUB( 2)
123 . Quyidagi sonlarning umumiy boluvchilari eng kata umumiy bo’luvchisini toping :
1 ) 65 va 195 2 ) 36 va 78 3 ) 18 va 48 4 ) 84 va 112
J: EKUB(13) J:EKUB(6) J:EKUB(6) J:EKUB(28)
124 . 12 , 17, 25, va 19 sonlaridan besh juft o’zaro tub sonlar tuzing .
Javob : (12 , 17 ) ; ( 12 , 25 ); ( 12 , 19 ) ; (17 , 19 ) ; ( 17 , 25 )
O’tilganlarni takrorlash msaqsadida rivojlantiruvchi mashq.Sonlarning joylashishidagi qonuniyatni aniqlab , tushirib qoldirilgan sonlarni toping .
Bilib qo’ygan foydali ! Milliardni tasavvur qila olasizmi ? 1 milliard sekund o’tishi uchun qariyb 32 yil kutishga to’g’ri keladi . 1 milliard betli kitobning qalinligi 40 km dan ortiq bo’ladi
Ingliz tilini o’rganamiz!
Toq son - odd number / karrali - multiple / juft son - even number bo’luvchi - divisor / murakkab son - composite number / tub son - prime number / EKUB - Greatest Common Divisor / EKUK – Least Common Multiple
O’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan test slayd orqali ko’rsatiladi:
1.EKUB (25 va 45 ) a) 5 b) 15 c) 9
2. EKUB ( 18 va 27 ) a) 3 b) 9 c) 6
3. EKUB ( 52 va 55 ) a)5 b) 11 c) 1
Testning yechimi: 1- a , 2-b 3-c
Testni tekshirish
A
B
C
EKUB(25va45)
EKUB(18va27)
EKUB(52va55)
|
Guruhlarda ishlash:
Buning uchun sinfdagi 3 qator 3 ta guruh deb olinadi va har bir qatorga alohida topshiriq beriladi. Qaysi qator o’quvchilar birinchi bo’lib bajarsa , ball beriladi.
Darsni yakunlash va xulosalash:
O’quvchilarga yana bir bor mavzuni tushuntiriladi. O’quvchilar bilishi lozim bo’lgan atamalar va tushunchlar eslatilib, xulosalanadi .
Uyga vazifa:
Darslikning 25 -betdagi 131 va 132 - raqamli misollarni uyga vazifa etib beriladi . Uyga vazifaga yo’llanma: sinfda yechilgan misollardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |