“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 5.09.2019 yil Sinf: 9 Dars: 1
Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiyaelementlari: Fangaoidkompitensiya- Kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy jadvalni biladi va tushuntira oladi; Umumiykompitensiya-Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi,Milliy va umummadaniy kompetensiya Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darsli
Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish.2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi. 1. Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun.
2. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi.
Yangi darsning bayoni. O‘quvchilar tomonidan 8-sinfda o‘zlashtirilgan Davriy qonun, kimyoviy elementlar davriy jadvali, atomlarning tuzilishi haqidagi bilim, ko‘nikma va alakalarni (BKM) suhbat, mustaqil mashqlar ishlash yo‘li bilan takrorlab olinadi.Kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining xossalarini o‘rganishda Davriy qonun va Davriy qonun kashf qilingandan keyingi kimyo fanida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlardan kengroq foydalanish kerakligi haqida ishonarli dalillar bilan o‘quvchilarga tushuntiriladi.
Darsning boshlanishida doskaga quyidagi savollarni yozib, o‘quvchilar
muhokamasiga qo‘yiladi:
1) Davriy qonun Mendeleyev tomonidan va atom tuzilishining zamonaviy nazariyasiga muvofiq qanday ta’riflanadi?
2) Elementlarni yadro zaryadlari ortib borishi bilan ularning xossalari qanday o‘zgaradi?
3) 19-tartib raqamli elementning xossalari qanday bo‘ladi?
4) Natriy, xlor va argonning elektron tuzilish formulalarini yozing va taqqoslang.
5) Izotoplar haqida nimalarni bilasiz?
6) s, p, d-elektron bulutlari haqida nimalarni bilasiz?
Davriy sistemada pog‘onalar va pog‘onachalarning elektron bilan to‘lishi quyidagi tizim bo‘yicha amalga oshadi: