Uyga vazifa: 8-sinf kimyo darsligidan elektrolitik dissotsialanish mavzusini takrorlash.
“Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________
Sana: 21-22. 09.2017 Sinf: 9-B-21.09 9-V-22.09. Dars: 6
Mavzu: Masala va mashqlar yechish.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: O`tilgan mavzular yuzasidan masalalar yechib bilim,ko`nikma va malaka berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya-1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2)Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish.3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2)Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi,3)O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi,4)Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi,5)Milliy va umummadaniy kompitensiya,6)Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy masalalar yechish.
Darsning usuli: masalalar yechish.. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
1. Tarkibida bariy gidroksid bo‘lgan eritma orqali 11,2 l karbonat angidrid o‘tkazilganda 93,58 g bariy karbonat cho‘kmasi hosil bo‘lgan bo‘+lsa, shu reaksiyaning unumi qanday bo‘ladi?
2. Tarkibida 5 % begona jinslar bo‘lgan 50 g texnik oltingugurtni yondirishda hosil bo‘lgan oltingugurt (IV) oksid natriy gidroksid eritmasi orqali o‘tkazilganda qancha massa natriy gidrosulfit hosil bo‘ladi?
3. Tarkibida 98 % kalsiy karbonat bo‘lgan marmartoshning 150 kg massasini kuydirganda qancha hajm (n.sh.) karbonat angidrid va qancha massa kalsiy oksidi hosil bo‘ladi?
4. Tarkibida 7,8 g bariy xlorid bo‘lgan eritmaga, tarkibida 6,6 g natriy sulfat bo‘lgan eritma qo‘shilganda qancha massa bariy sulfat cho‘kmasi hosil bo‘ladi?
5. Tarkibida mis va rux bo‘lgan 56 g massali qotishmaga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan yetarli miqdorda qo’shilganda 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qotishma tarkibidagi misning massa ulushi qanday bo‘lgan?
6. Qisman zanglagan temirning 12 g parchasini xlorid kislota bilan ishlaganda 4,48 l gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, namuna tarkibida necha foiz temir bo‘lgan? 1.112. Hajmi 50 l bo‘lgan idishdagi vodorod va kislorod aralashmasi portlatilgandan so‘ng 18 g suv kondensatlanib, kislorod ortib qolgan. Dastlabki aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini toping.
7. Massasi 82,5 g bo‘lgan rux va temir aralashmasini xlorlash uchun 41,2 l (n.sh.) xlor sarflangan bo‘lsa, aralashmadagi temirning massa ulushi qanday bo’lgan? .
8. Massasi 23,2 g bo‘lgan volfram (VI) oksidini qaytarishga yetarli bo‘lgan vodorodni olish uchun qancha miqdor rux kerak? .
9. 40 g massali ko’mirni yondirganda hosil bo‘lgan karbonat angidrid tarkibida 111 g kalsiy gidroksid bo‘lgan eritma orqali o‘tkazilganda dastlab hosil bo’lgan cho‘kma to‘liq erib ketgan. Ko‘mir namunasidagi uglerodning massa ulushini toping. .
10. HF, HCl, HBr, HJ qatorida gidridlarning a) kislotaligi va b) barqarorligi qanday o‘zgaradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |