4. Kompitensiya elementlari: Fanga oid kompitensiya- 1)Kimyoviy jarayon ,hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 2) Element va hodisalarni kimyoviy tilda ifodalay olish. 3)Kimyoviy tajribalar o’tkazish va amaliyotda qo’llash. Umumiy kompitensiya- 1)Kommunikativ kompitensiya, 2) Axborotlar bilan ishlash kompitensiyasi, 3) O’zini o’zi rivojlantirish kompitensiyasi, 4) Ijtimoiy faol fuqarolik kompitensiyasi, 5) Milliy va umummadaniy kompitensiya, 6) Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompitensiyasi
Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi.
Тo‘yinmagan uglevodorodlarni to‘yingan uglevodorodlardan farqi.
Ularning guruhlarga bo‘linishi
Etilen va asetilen qatori uglevodorodlar gomologik qatori
Yangi darsning bayoni.
Etilenning kimyoviy formulasi va molekula tuzilishi. Etilenning element tarkibi 85,7 % C va 14,3 % H dan iborat. Molekulyar formulasi C2H4. Etilenda uglerod atomlari qo‘shbog‘ orqali bog‘langan bo‘lib, uglerod atomlarining 1 ta s- va 2 ta p-elektronlari gibridlanib, sp2-gibridlanish holatini hosil qilgan. Har qaysi uglerod atomi uchtadan (ja’mi oltita) gibridlangan elektron buluti va bittadan gibridlanmagan p-bulutga ega bo‘ladi. Uglerod atomlaridagi gibridlangan elektron bulutlaridan ikkitasi o‘zaro bir-birin qoplaydi va uglerod atomlari o‘rtasida -bog‘ hosil qiladi. Uglerod atomlaridagi qolgan to‘rtta gibridlangan elektron bulutlar huddi shu tekislikda vodorod atomlarining to‘rtta s-elektron bulutlari bilan bir-birini qoplab, ular ham to‘rtta -bog‘ hosil qiladi. Uglerod atomlarining gibridlanmagan ikkita p-bulutlari -bog‘lar tekisligiga tik bo‘lgan tekislikda bir-birini qoplaydi, ya’ni bitta -bog‘ hosil bo‘ladi.
Etilen qatori uglevodorodlardagi izomeriya to‘yingan uglevodorodlardagi kabi uglerodning skelet tuzilishigagina bog‘liq bo‘lmasdan, molekuladagi qo‘shbog‘ning tutgan o‘rniga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, normal-butan formulasidan to‘yinmagan izomerlarning formulasini chiqarish mumkin. Ularni nomlash uchun uglevodorod zanjiridagi uglerod atomi qo‘shbog‘ yaqin turgan tomondan raqamlanadi. Qo‘sh bog‘ning o‘rni nomlanishning boshida qo‘sh bog‘ turgan uglerod atomining nomeri bilan ko‘rsatiladi:
Alkenlar alkanlarga qaraganda ancha faol moddalar. Ularda p-elektronlar molekula tekisligidan tashqarida o‘zaro qoplama hosil qilgani uchun -bog‘ barqarorligi kichikroq bo‘lishi ularning kimyoviy faolligiga sabab bo‘ladi. Kimyoviy reaksiyalarga dastlab qo‘shbog‘ tutgan uglerod atomi kirishadi. Shuning uchun ularga birikish reaksiyasi xos. Birikish reaksiyalari ko‘pchilik holatlarda Markovnikov qoidasi bo‘yicha amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |