1.3 Elektron taxeometrlarning asbob xatoligi An’anaviy usul bilan asbobning aniqligi ko‘rilganda an`anaga ko‘ra uning ele-mentlarining, uzellarining va qurilmalarining xususiy xatolik to‘plami va ularning o‘zaro joylashishi taxlil qilinadi. Taxeometrlarni barcha xatoliklarini bir necha guruhlarga ajratishimiz mumkin: asbobning geometrik sxemasini buzilishi va orien-trlash xatosi; nishonga to‘g‘rilash xatosi; yo‘nalish va burchaklarni hisoblash sis-temalarining xatosi; svetodalnomer blokining xatosi; qaytargich yoki ob’ektning qaytaruvchi yuzasidan kelib chiqadigan xatolik. Rasmda alohida bloklar bilan belgilangan, asbob vertikal o‘qi qiyalik datchikining xatosi, avtomatik ravishda nishonga to‘g‘irlash sistemasining xatosi; qaytargichdan kiradigan xatolik, dinamik va harorat tasiridan kelib chiqadigan – defarmatsion xatolik. Kuzatuv rejimida, o‘lchash aniqligiga ta’sir etuvchi xatoliklarni hisobga olish zarur. Ya’ni: doiraviy prizma bilan kiritiluvchi qiyalik datchigidagi suyuqlik sindiruvchi yuzaning teb-ranishi tufayli asbobning vertikal o‘qining qiyaligini noaniq aniqlashdagi xatolik; svetadalnomer lazer tutami ko‘ndalang kesimida fazali frontning bir jinsli emas-ligidan kelib chiqadigan xatolik.
Oxirgi xatolik ta’sirida, kuzatuv rejimida tripelprizmali qaytargich markaziga aniq to‘g‘irlashni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Natijalovchi xatoliklarni umumiy holda, doimiy sistematik xatoliklar, o‘zga-ruvchi sistematik xatoliklar va tasodifiy xatoliklarning yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin .
Bu yerda - burchak o`lchovchi asbobning doimiy sistematik tashkil etuvchi xatoliklari; n - doimiy sistematik tashkil etuvchilar soni; m - o`zgaruvchi sistematik tashkil etuvchilar soni; asboblarning tasodifiy i- tashkil etuvchi xatoliklarning o`rta kvadratik cheklashishi; p - tasodifiy tashkil etuvchilar soni; tasodifiy tashlik etuvchi xatoliklar o`rta kvadratik chetlashishidan chekli xatolikka o`tishni xisobga oluvchi koeffitsient. Doimiy sistematik xato, konkret elektron taxeometr bilan o‘lchaganda (uni ayrim qisimlarining o‘zaro holati qayd qilinganda) o‘zgarmas bo‘lib qoladi va ko‘pchilik xollarda maxsus tadqiqotlardan aniqlanishi va o‘lchash natijalariga tegishli tuzatmalarni kiritish yo‘li bilan tuzatilishi (bartaraf etilishi) mumkin. O‘zgaruvchan sistematik tashkil etuvchi xatolik xar bir yangi o‘lchashda turlicha bo‘ladi va ma’lum determinatsiyalangan bog‘liqlik bo‘yicha, ma’lum diapozonda qiymati o‘zgaradi. Bu bog‘liqlik bo‘yicha 1.3.1-jadvaldan foydalanib, tegishli o‘zgaruvchi sistematik xatoliklarining ehtimoliy zichlik taqsimot funksiyasini aniqlash mumkin, ya’ni uni tasodifiy xatolikdek qarash mumkin.