O’lchov transformatorlarining vazifasi, tuzilishi va ishlash printsipi.
23-variant
Reja
1.
O’lchov tok transformatorlarining vazifasi.
2.
O’lchov tok transformatorlarining tuzilishi .
3.
O’lchov tok transformatorlarining ishlash printsipi.
4.
O’lchov kuchlanish transformatorlarining vazifasi.
5.
O’lchov kuchlanish transformatorlarining tuzilishi .
6.
O’lchov kuchlanish transformatorlarining ishlash printsipi.
7.
Xulosa
8.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘lchov tok transformatorlari.
Tok transformatori birlamchi tokning kattaligini
o‘lchov priborlari va rele uchun eng qulay kattalikkacha kamaytirish, shuningdek,
o‘lchov zanjirlarini birlamchi yuqori kuchlanish zanjirlaridan ajratish va himoya
qilish uchun xizmat kiladi.
Tok transformatori yopik magnit o‘tkazgich 2 (61-rasm) hamda ikkita birlamchi 1
va ikkilamchi 3 chulg‘amlarga ega.
Birlamchi chulg‘am o‘lchanayotgan tok
1
I
zanjiriga ketma-ket ulanadi, ikkilamchi
chulg‘amga
2
I
tok o‘tadigan o‘lchov priborlari
ulanadi.
Tok
transformatori
nominal
transformatsiya
koeffitsienti bilan xarakterlanadi:
,
I
I
K
ном
ном
2
1
1
=
bunda
ном
I
1
- birlamchi nominal tok,
ном
I
2
- ikkilamchi nominal tok.
Tok transformatorlarining ikkilamchi nominal toki qiymati 5 va 1
A deb qabul
qilingan.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti qat’iy o‘zgarmas miqdor
bo‘lmay, balki magnitlovchi tokniig mavjudligidan kelib chiqadigan xatolik sababli
nominal
miqdordan
farq
qilishi
mumkin.
Transformatorning
tokni
transformatsiyalash xatosining qiymati quyidagi ifodadan aniklanady:
.
I
I
I
K
%
I
100
1
1
2
1
−
=
Tok transformatorining xatosi uning
konstruktiv xususiyatlari; magnit o‘tkazgich
kesimi, magnit o‘tkazgich materialining magnit singdiruvchanligi, magnit yo‘lining
o‘rtacha uzunligi,
1
1
w
I
miqdorga bog‘liq. Tok transformatorlari ularga qanday talab
qo‘yilishiga qarab 0,2; 0,5; 1; 3; 10 klass aniqliklarida ishlab chiqariladi.
Ko‘rsatilgan raqamlar birlamchi chulg‘am 100—120% tok bilan yuklanilganda
(oldingi uchta klass uchun) va 50—120% tok bilan yuklanilganda (oxirgi ikkita klass
uchun) nominal tokka nisbatan protsentda ifodalangan
tok transformatorining
xatosini ifodalaydi. 0,2; 0,5 va 1 klassidagi tok transformatorlari uchun ham burchak
xatosi normalanadi.
61-rasm. Tok transformatorinig
ulanish sxemasi
Tok transformatorining xatosi ikkilamchi yuklama (priborlari, o‘tkazgich,
kontaktlarning qarshiliklari) va birlamchi tokning nominal tokka karraligiga bog‘liq.
Nagruzka bilan tok karraligining ortishi xatoning ortishiga olib keladi.
Nominal tokdan ancha kichik bo‘lgan birlamchi toklarda ham tok transformatorining
xatosi ortadi.
0,2 klassdagi tok transformatorlari aniq laboratoriya
priborlarini ulashda, 0,5
klassdagilari esa - pul hisoblaydigan schyotchiklarda; 1
klassdagilari - hamma
texnik o‘lchov priborlari uchun; 3 va 10 klassidagilari rele muhofazasi uchun
ishlatiladi.
Ko‘rib chiqilgan klasslardan tashqari, yana ikkilamchi chulg‘amlari D (differensial
muhofaza uchun), Z (erga ulab muhofaza qilish uchun), R (boshqa rele muhofazalari
uchun) tipdagi tok transformatorlari ishlab chiqariladi.
O‘lchov priborlari va relening tok zanjirlari kichik qarshilikka ega bo‘lganligi
uchun, tok transformatori q. t. rejimiga yaqin rejimda normal ishlaydi. Agar
ikkilamchi chulg‘am uzilsa, magnit o‘tkazgichdagi magnit oqim keskin ortadi,
chunki uning kattaligi endi birlamchi chulg‘amning
magnit yurituvchi kuchi
(m.yu.k.) bilan aniqlanadi. Bu rejimda magnit o‘tkazgich haddan tashqari yuqori
temperaturagacha qiziydi, uzilgan ikkilamchi chulg‘amda esa, ayrim hollarda, bir
necha o‘n kilovoltlarga etadigan yuqori kuchlanish hosil bo‘ladi.
Aytib o‘tilgan hodisa sababli birlamchi chulg‘amdan tok o‘tayotganda tok
transformatorining ikkilamchi chulg‘amini uzishga ruxsat etilmayda. O‘lchov
pribori yoki releni o‘zgartirish zarurati tug‘ilsa, tok transformatorining ikkilamchi
chulg‘ami avval qisqa tutashtiriladi (yoki rele, priborning chulg‘ami shuntlanadi).