Elektr zanjirlarida potensialning taqsimlanishi. Potensial diagramma. Potensial diagramma deganda qandaydir zanjir qismi bo’ylab yoki yopiq konturda potensialning taqsimlanish grafigi tushuniladi. Absissa o’qi bo’ylab ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan konturni qarshiligi quyiladi, ordinata o’qi bo’yicha potensial quyiladi. Zanjir qismidagi har bir nuqta yoki yopiq konturdagi har bir nuqta potensial diagrammadagi ma’lum bir nuqtaga mos keladi.
Elektr zanjirlarida ikki nuqtasi orasidagi potensialini bilish muhimdir.
Ikki nuqta orasidagi potensiallar farqi deganda shu nuqtalar orasidagi elektr kuchlanishiga aytiladi. Berilgan nuqtani elektr patensiali deb ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan elektr patensiallar farqiga aytiladi.
Potensialning o’lchov birligi volt [V] bo’lib, harfi bilan belgilanadi. Potensiallar farqi
1 - 2 =12 = U12 Elektr zanjirlari sxemasida elektr kattaliklarning shartli musbat yunalishi Elektr zanjirlarida bajariladigan hisoblashlarda tenglamalarni tug’ri tuzish uchun zanjir elementlari yoki tarmoqlari toki, manba EYUK va zanjir qismalari yoki tugunlari orasidagi kuchlanishlarning shartli musbat yunalishlari tanlab olinadi.
O’zgarmas tok EYUK manbasi ichida EYUK yunalishi manfiy qutbdan musbat qutbga qarab olinishi tug’ri hisoblanadi. Ya’ni past potensialdan yuqori potensialga qarab.
EYUK manbasiga nisbatan elektr zanjiri tarkibiga kiruvchi barcha elementlar zanjirning tashqi qismini tashkil etadi. Zanjirdagi tokning shartli musbat yunalishi sifatida EYUK yunalishi bilan mos keluvchi yunalish qabul qilingan. Bunga kura zanjirning tashqi qismida shartli musbat yunalish EYUK manbasining musbat qutbidan manfiy qutbiga qaragan yunalish qabul qilingan, ya’ni musbat zaryadlangan zarralarning yunalishiga mos.
Elektr zanjiri elementidagi yoki ikki tuguni orasidagi kuchlanishlar tushuvining (yoki kuchlanishning) shartli musbat yunalishi sifatida ushbu elementdagi yoki tarmoqdagi tokning shartli musbat yunalishiga mos keluvchi yunalish qabul qilingan.
Umumiy holda, EYUK manbasi qutblaridagi kuchlanishlar tushuvining (yoki kuchlanishning) shartli musbat yunalishi har doim EYUK shartli musbat yunalishiga qarama-qarshi bo’ladi.
Tok, EYUK va kuchlanishning shartli musbat yunalishi (yoki musbat yunalish) elektr sxemalarda strelkalar orqali kursatiladi.
Hisoblashlar natijasida elektr kattaliklarning haqiqiy qiymatlari shartli yunalishlar bilan mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin. Agar hisoblashlar orqali topilgan tok, kuchlanish yoki EYUK qiymatlari musbat ishora bilan chiqsa shartli qabul qilingan yunalish kattaliklarning haqiqiy yunalishi bilan mos tushgan hisoblanadi. Agar hisoblashlar orqali topilgan tok, kuchlanish yoki EYUK qiymatlari manfiy ishora bilan chiqsa shartli qabul qilingan yunalish haqiqiy yunalish bilan qarama-qarshi ekanligini bildiradi.