bu
yerda D
λ
— optik zichlik:
ε
λ
— yutilish koeffitsiyenti;
1
λ
—kyuvetning
uzunligi.
Fotokalorimetrik tahlil qilish usuli yuqori sezgirlikka va tanlovchanlikka
ega. Bu usul sezgirligining yuqoriligi tahlil qilinadigan komponentni eritmada yoki
indikator lentasida yig‘ish imkoniyati borligi bilan belgilanadi. Usulning
tanlovchanligi yuqoriligiga tahlil qilinayotgan komponent
bilan reaktiv-indikator
o‘rtasidagi reaksiya sabab bo‘ladi.
41.2-rasmda eritma yoki gaz davriy ravishda uzatiladigan FKG turidagi
fotokalorimetrik gaz analizatorining sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda ikki optik
kanal: ish va taqqoslash kanallari bo‘lib, ularning ichida ish kyuveti 4 va
taqqoslash kyuveti 12 joylashtirilgan.
Absorbsiyalovchi eritma bak 15 dan nasos yordamida taqqoslash kyuveti
orqali dozator 6 ga haydaladi. Dozatorda to‘kish naychasi 7 bor bo‘lib,
u orqali
ortiqcha eritma bakka qaytib qo‘yiladi. Buyruq beruvchi rele belgilaydigan teng
vaqt oraliklarida elektromagnit klapan 3 ishga tushadi, u kyuvet 4 dagi ishlab
bo‘lgan eritmani
bakka chiqarib yuboradi, bu yerda eritma regeneratsiyalanadi.
Kyuvetlar bo‘shatilganidan keyin klapanlar 5 va 8 ishga tushib, dozator ular
yordamida eritma beruvchi quvurchadan uziladi va ayni bir vaqtda kyuvet 4 bilan
birlashib, unga eritmaning o‘lchangan hajmini quyadi. Klapanlar 5 va 8 dozatorni
yangi eritma bilan to‘ldirish uchun dastlabki vaziyatlariga qaytadi. Kyuvet 4 da
eritmaning yangi berilgan porsiyasi orqali tekshirilayotgan gaz chiqib ketganidan
keyin rangli reaksiya sodir bo‘ladi. Ma’lum vaqt tutib
turilganidan keyin buyruq
relesi klapan 3 ni ochadi va navbatdagi sikl boshlanadi. Har ikkala kyuvet orqali
yoritish lampasi 2 dan linza 1 orqali yorug‘lik oqimi o‘tadi. Kyuvetlarning
orqasida fotoelementlar 9 va 14 joylashgan bo‘lib, ular kyuvetlardagi eritmalardan
o‘tgan yorug‘lik oqimlarini qabul qiladi. Fotoelementlar elektron kuchaytirgich 10
ning chiqishiga differensial tarzda ulangan bo‘lib, u ikki fotoelementning
signallari farqini kuchaytiradi. Kuchaytirilgan signal reversiv dvigatel 11 ning
boshqaruvchi chulg‘amiga keladi, dvigatel kompensatsiyalovchi optik pona 13 ni
kyuvet 12 ning optik kanalida har ikki fotoelement bir xildigi yoritilganlikka ega
bo‘lganiga qadar kerakli yo‘nalishda siljitadi. Optik ponaning surilish kattaligi va u
bilan bog‘liq bo‘lgan asbob ko‘rsatkichining surilish
kattaligi tekshirilayotgan
gazdagi aniqlanadigan komponent konsentratsiyasining o‘lchovi bo‘ladi.
Ishlab chiqarish xonalari havosidagi xlor qoldiqlarini o‘lchash diapazonidan
±20% xatolik bilan aniqlashga imkon beradigan gaz analizatorlaridan sanoat FKG-
ZM turidagi fotokalorimetrik analizatorlarni chiqaradi.
Asbobsozlik sanoati FSL turidagi fotokalorimetrik gaz analizatorlarini
chiqaradi. Uning ishlashi kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo‘lgan lentadagi
dog‘dan qaytgan yorug‘lik oqimini etalon yorug‘lik oqimi bilan taqqoslashga
asoslangan.
FSL turidagi lentali gaz analizatorlarining boshqa rusumlari ishlab chiqarish
xonalari va texnologik
liniya havosidagi fosgen, vodorod sulfid, sianid kislotani
aniqlash uchun chiqariladi. Ishlab chiqarish xonalarining havosidagi ammiak
miqdorini 0—3•10
-3
va 0—3• 10
-2
% chegarasida aniqlash uchun FSL1, 107 turidagi
fotokalorimetrik gaz analizatorlari chiqariladi.
Lentali fotokalorimetrik gaz analizatorlari uchun ish
eritmasi sarfining juda
kamligi va u bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori sezgirlikka erishish osonligi
xarakterlidir, chunki gazlarning reaksiyaga kiruvchi miqdori bilan erigan
miqdorining nisbati juda katta bo‘lishi mumkin. Biroq lentaning sirti bir jinsli
bo‘lmaganligi va boshqa bir qancha omillar ta’siri tufayli lentali fotokalorimetrik
gaz analizatorlarining xatoligi suyuqlikli fotokalorimetrik
gaz analizatorining
xatoligidan yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: