Mavzu: Elastiklik teoremalari


Elastiklik nazariyasining asosiy masalalari



Download 487,31 Kb.
bet2/9
Sana12.06.2022
Hajmi487,31 Kb.
#657588
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elastiklik teoremalari

2. Elastiklik nazariyasining asosiy masalalari
Chiziqli-elastik jismning sirtidagi shartlar chegaraviy shartlar deyiladi va ular tashqi berilgan sirt kuchlari bilan yoki jism sirti nuqtalarining berilgan ko‘chishlari bilan aniqlanadi.
Chegaraviy shartlarning berilishiga qarab elastiklik nazariyasining uch asosiy masalalarini bir-biridan farqlaydilar.
10. Birinchi tur asosiy masala. Birinchi tur asosiy masalada massaviy va sirt kuchlari jismning butun sirtida berilganda jism egallagan hajmning ichki nuqtalarida kuchlanish tenzori komponentalari larni hamda - hajmning ichki nuqtalari va jism sirti nuqtalarida ko‘chish vektorining komponentalarini aniqlash talab etiladi. Demak, bu holda chegaraviy shartlar:
(8)
ko‘rinishda bo‘ladi. Bu yerda - sirt kuchi ning komponentalari; sirtning qaralayotgan nuqtasidagi tashqi normal vektorning komponentalari.
Bu holda izlanayotgan to‘qqiz noma’lumlar (oltita kuchlanishlar va uchta ko‘chishlar) (3) yoki (4), (5) tenglamalarni, hamda (8) chegaraviy shartlarni qanoatlantirishlari kerak.
20. Ikkinchi tur asosiy masala. Ikkinchi tur asosiy masalada massaviy kuchlar va jismning sirtida ko‘chishlar ma’lum bo‘lganda, jism egallangan hajm ichidagi nuqtalarda ko‘chishlarni va kuchlanish tenzori komponentalari larni aniqlash talab etiladi. Demak, bu holda chegaraviy shartlar
(9)
ko‘rinishida bo‘ladi. Izlanuvchi va funksiyalar (3) yoki (4), (5) hamda (9) chegaraviy shartlarni qanoatlantirishlari kerak.
30. Uchinchi tur asosiy masala. Chegaraviy shartlar aralash xarakterga ega bo‘lishlari mumkin. Birinchi tur asosiy masalada jismning butun sirtida kuchlanishlar, ikkinchi tur asosiy masalada jismning butun sirtida ko‘chishlar beriladi. Shunday masalalar ham uchrashi mumkinki. Bunda jism sirtining ma’lum qismida kuchlanishlar, qolgan qismida esa ko‘chishlar berilishi mumkin. Bunday holda masala aralash masala deyiladi. Faraz qilaylik, jism sirtining qismida kuchlanishlar, qismida esa ko‘chishlar berilgan bo‘lsin.
Izlanayotgan to‘qqiz noma’lum funksiyalar bu holda (3) yoki (4), (5) tenglamalarni hamda
(10)
chegaraviy shartlarni qanoatlantirishlari kerak.
Yuqoridagi uch asosiy masaladan tashqari, elastiklik nazariyasining to’g’ri va teskari masalalarini ham farqlaydilar.
Elastiklik nazariyasining to’g’ri masalasida yuqorida keltirilgan uch asosiy masaladan birini tashqi kuchlar berilgan holda yechish, ya’ni jismning kuchlangan - deformatsialangan holatini aniqlovchi va funksialarni jism egallagan sohaning ichki nuqtalari uchun aniqlash talab etiladi. Ammo ta’kidlash lozimki, elastiklik nazariyasining to‘g‘ri masalasini yechish juda katta matematik qiyinchiliklarga olib keladi.
Elastiklik nazariyasining teskari masalasida ko‘chishlar yoki kuchlanishlar uzluksiz funksiyalar sifatida beriladi. Asosiy (1) (2), (3) yoki (4) hamda (5) tenglamalardan qolgan funksiyalar va berilgan ko‘chishlarni yoki kuchlanishlarni yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlarni aniqlash talab etiladi.
Teskari masalani yechish to‘g‘ri masalani yechishga nisbatan ancha oson kechadi. Agar bunda ko‘chishlar berilgan bo‘lsa masala nisbatan juda oson yechiladi. kuchlanishlar berilgan holda ko‘chishlarni aniqlash uchun (1) tenglamalarni integrallashga to‘g‘ri keladi va kuchlanishlarni uzviylik tenglamalari qanoatlanadigan qilib berishga to‘g‘ri keladi. Lekin baribir bunday masalani yechish to‘g‘ri masalani yechishga nisbatan oson.

Download 487,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish