Mavzu: Ekologik turizm Reja: I bob Ekoturizm tushunchasi va turlari



Download 1,47 Mb.
bet14/18
Sana03.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#736849
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ekologik turizmning mazmuni va mohiyati (Восстановлен)

Hisor rayoni 1983-yilda tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m. bo‘lgan, 870 xil o‘simlik, 140 xil hayvonot olamiga yega, maydoni 80,9 ming ga bo‘lgan Hisor davlat qo‘riqxonasi mavjud. Bu rayonda yekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks yettiruvchi "Boysun" yetnografik folklor ansambli chiqishlari bilan uy g‘unlikda olib borish sayohlarni o‘ziga ko‘proq jalb qilish imkoniyatini beradi.
Surxandaryo ekoturistik rayonida Ko‘hitang tog‘li hududda 1987-yilda tashkil yetilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan «Surxon davlat qo‘riqxonasi» mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida yekoturlar uyushtirish imkoniyati bor5.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda yekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yetarli, imkoniyatlar katta. Yekoturni yilning barcha fasllarida o‘tkazish va uni tarixiy, diniy turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Xumson-Oqtosh zonasining turistik salohiyati tur mahsulot xizmatlarining narxi uncha baland yemasligi va xududning katta imkoniyatlari bilan farqlanadi. Xumsonga qilinadigan tashriflarning o‘rtacha soni har mavsumda 10 ming kishiga yetadi, Xumsonning-Oqtosh zonasiga bir kunlik tashriflarni ham qo‘shib hisoblaganda kamida 120 ming kishiga yetishi mumkin.
Xumson xalqaro turizm yo‘nalishida kam tilga olinadi. Chet yel sayohatchilari bu yerlarga faqat Toshkentga qilgan tashriflari doirasida kelishadi (ularning ulushi atigi 2% ni tashkil qiladi, bo‘lish muddatlari 2 kungacha). Bu hol xalqaro miqiyosda reklama ishlari hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, Xumson-Oqtosh turistik zonasiga qiziqish bildiradigan mahalliy turoperatorlar mavjud. Masalan, Asia rast, Yecosan tour, Yelena tour, AST, Ark-Osiyo firmalari shular jumlasidandir. Xumson-Oqtosh zonasi bo‘yicha tavsiya qilinadigan turistik mahsulot yo‘nalishlari:

  • tog’da otda yurish marshrutlari;

  • tog‘da piyoda yurish marshrutlari;

  • folklor va gastronomiya;

  • tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, joylarga ekologik turlar uyushtirish;

  • baliq ovi, dorivor o‘simliklar yig‘ish.

Yuqorida ko‘rsatilgan marshrutlar o‘tkazish uchun eng qulay vaqtlar:

  • trekkinglar-aprel-iyun oxiri va sentyabr-oktyabr o‘rtalari;

  • tog‘larga chiqish-may-sentyabr;

  • suvda sayr qilish-may-iyul;

  • otda sayr qilish iyun-iyul va sentyabr-oktyabr;

  • iznes iva sayr qilish-may-oktyabr;

  • paraglayding va deltaplenerlik-may-oktyabr;

  • tog’ chang‘isi va taxtalari (snoubording)-yanvar-mart oxiri.

O’zbekiston ekologik turizm va uning sarguzasht turlaridan rafting, trekking, miniladigan turizm (“door of road”), agroturizm, alpinizm va boshqa sport turlarini rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga va o’ziga xos xususiyatlariga ega. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo’lgan ob’ektlar, ya’ni alohida muhofazaga olingan hududlar doirasidagi turli tabiiy va madaniy vujudga kelgan landshaftlar, o’simlik va hayvonot olami resurslari, kam uchraydigan va kamayib borayotgan organizmlar genofondi, ajoyib tabiiat komplekslari, tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi.
Ekologik turizm nuqtai-nazaridan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tayanch hududlar sifatida qaralmog’i lozim. G’arbiy Yevropa mamlakatlari o’zlarining tabiiy landshaftlaridan allaqachon mahrum bo’lganliklari sababli, yildan-yilga boshqa mamlakatalrning tabiatiga bo’lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun turistik resurslardan samarali foydalanishda tabiat muhofazasining o’rni katta.
Ekologik turizm hozirgi kunga kelib jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan turizm sohasiga aylandi. O’zbekistonda ekoturizm rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish, ekoturistlarni vatanimizga jalb etish, noyob o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlash, ko’paytirish muammolarini hal qilishga, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlab iqtisodiyotimizni rivojlantirishiga katta hissa qo’shadi. Ekoturizm faoliyatidan kelib chiqib alohida muhofaza etilayotgan tabiiy hududlarda amalga oshirish katta ahamiyatga ega. Mahalliy, aholini ehtiyojini qondirish ko’proq tabiatdan foydalanish turlariga borib taqaladi.
Tabiiy resurslardan ishlab chiqarishda tobora ko’proq foydalanish, jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish, inson hayoti va faoliyatini ta’minlash uchun tabiiy muhitdan foydalanishning kuchayishi tabiatning ayrim hududlarini tabiiy holatda saqlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday uchastkalar alohida muhofaza qilinadigan hududlar (akvatoriyalar) bo’lib, ular ekologik, genetik, asrash, muhofaza qilish, sanitariya-gigiena, sog’lomlashtirish, madaniy-maorifiy funksiyalarni bajaradi va ular faol xo’jalik o’zlashtirilishidan chiqariladi. Alohida muhofaza qilinadigan hududlar ekologik balansni qo’llab-quvvatlash, tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish, ekotizimlar va organizmlar genofondlari etalonlarini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va saqlash, rekreasiya va tabiat muhofazasi ta’lim–tarbiyasi, shuningdek, ham tabiiy sharoitlarda, ham inson ta’sirida kechadigan mahalliy, mintaqaviy va global tabiiy jarayonlarni o’rganish maqsadlariga xizmat qiladi.
Ekologik turizmni tashkil etish va rivojlanishi uchun ob’ektlar bo’lib, quyidagilar xizmat qiladi:
milliy bog’lar, davlat buyurtmalari, tabiat yodgorliklari;

  • botanik bog’lar;

  • davolash-sog’lomlashtirish joylari va kurortlar;

  • qo’riqxonalar.

Alohida muhofaza qilinadigan hududlar statusi, funksiyasi, rejimi va boshqarishni tashkil etishdagi farqlari hisobga olinib, quyidagi kategoriyalarga bo’linadi (tasniflanadi):

  • Davlat tabiat qo’riqxonalari, shu jumladan, biosfera qo’riqxonalari.

  • Milliy parklar.

  • Davlat milliy tabiat parklari (bog’lari).

  • Davlat tabiat buyurtma qo’riqxonalari (zakazniklar).

  • Davlat tabiat yodgorliklari.

  • Alohida muhofaza qilinadigan boshqa tabiiy hududlar: suv muhofazasi mintaqalari, kurort-sog’lomlashtirish tabiiy hududlari, rekreasiya zonalari, botanika bog’lari, dendrologiya bog’lari, qo’riqlanma (oraliq) tegralari, o’rmonlarning taqiqlangan mintaqalari, hayvonot bog’lari, baliqchilik xo’jaligi tegralari.

Bundan tashqari alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning boshqa shakllari – yashil zonalar, shahar o’rmonlari, shahar parklari, bog’-park san’ati yodgorliklari, muhofaza qilinadigan qirg’oq liniyalari, muhofaza qilinadigan daryo tizimlari, muhofaza qilinadigan landshaftlar, biologik stansiyalar, mikroqo’riqxonalar va boshqalar ham tashkil etilishi mumkin.
Alohida muhofaza qilinadigan hududlar tizimining roli atrof-muhitning barqarorligini ta’minlash, jamiyatning ijtimoiy talablari va moddiy ehtiyojlarni ta’minlash bilan belgilanadi. SHunga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan hududlar quyidagi iqtisodiy -ekologik funksiyalarni bajaradi:

  • genofondni saqlash;

  • fundamental ekologik jarayonlar va hayot ta’minoti tizimlarini qo’llab-quvvatlash;

  • ilmiy, bilish va tarbiyaviy maqsadlarda muhofaza qilinadigan tabiat komplekslari to’g’risidagi axborot ma’lumotlarini to’plash va ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish imkoniyatlarini ta’minlash.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston hududida – qo’riqxonalar, milliy bog’lar, tabiatning nodir yodgorliklari mavjud. Bu yerda qo’riqxona bilan milliy bog’ va tabiatning nodir yodgorliklari o’rtasida farq nima va ularda ekoturizmni qanday rivojlantirish mumkin degan savol tug’iladi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish