Mavzu: Davlat funksiyalari Reja



Download 41,51 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi41,51 Kb.
#331031
Bog'liq
Функции государства. узб


Mavzu: Davlat funksiyalari

Reja:

1. Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi

2. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi

omillar


3. O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari

4. Davlat funksiyalari: muammolar va istiqbol


Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati, jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning azmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir. Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan chambarchas bog`langan. Avvalambor, davlat paydo bo`lginidan buyon uning rivojlanishida ko`p davrlar o`tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o`zgarib boravergan. Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo`lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz bo`lgan. Har bir davrda davlat o`z oldiga ma`lum maqsadlarni qo`yadi, chunki u

ma`lum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish, huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik

davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir. Davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi hamisha ham real bo`lavermaydi.

Masalan, SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet

davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu

jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima).

Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat

negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari yotadi, ya`ni davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir. Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o`xshatsa bo`ladi. Quyosh o`z atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha ichki va tashqi muammolari yuzasidan o`z munosabatini, qarashlarini, yondashuvlarini, va eng muhimi, o`zining yaqin va uzoq davrga mo`ljallangan orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki o`z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri ikkinchisini to`ldirib turadi. Davlatning umumiy, kelajakka mo`ljallangan siyosati va maqsadidan uning muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo`lgan topshiriq, ko`rsatma, navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O`zR Konstitutsiyasining muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta`minlash maqsadi»ni ro`yobga chiqarib turish uchun O`zbekiston davlatining tegishli organlari qator tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin. So`ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga oshirish uchun uning o`zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o`z navbatida, davlatning, uning idoralarining faoliyatini tashkil qiladi.

Davlatning faoliyati, xuddi uning o`zidek, ob`yektiv xarakterga ega. Chunki davlatni keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo`lishini taqozo etuvchi zarurat va ehtiyojlar uning faoliyat ko`rsatishini talab etadi, aks holda u o`zining

tarixiy tayinlanishini, vazifalarini hal eta olmaganligi tufayli yashashga, harakat qilishga qodir bo`lmay qoladi. Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi. Bu aralashuv jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida bo`lsa, demak, davlat ijobiy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatdir. Agar davlat bu ishlarga ortiqcha aralashsa, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo`ysa, hayotda salbiy rol o`ynaydi va totalitarizm sari qadam qo`ygan bo`ladi. Shuning bilan birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi vazifalar faqat davlat faoliyati orqaligina hal etiladi, masalan, mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotni o`rnatish va qo`riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash kabilar.

Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo`nalishlar)ga bo`linishi, yuqorida

aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi. Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to`plami, arifmetik yig`indisi emas. Ular davlat faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo`nalishlaridan iborat. Masalan, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot Yoki mamlakat mudofaasi sohalarida davlat olib borayotgan ishlarni alohida-alohida asosiy funksiyalar sifatida ko`rsatish mumkin va lozim. Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va vakolatlari bilan belgilanadigan ma`lum bosqich (davr)dagi faoliyatining asosiy yo`nalishlaridir. Mazkur asosiy funksiyalar tarkibida tagin nisbatan kichikroq yo`nalishlar ham bo`lishi tabiiydir. Masalan, davlatning hozirgi zamondagi madaniy-tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni ma`naviyat yutuqyaari asosida tarbiyalash bitta kichik yo`nalish bo`lsa, fan va texnikani taraqqiy ettirish - ikkinchi, oliy, o`rta maxsus va umumta`lim tizimini rivojlantirish – uchinchi yo`nalishdir va hokazo. Bundan tashqari, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni aniqroq tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol keltiramiz. Mazkur funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo`riqlash chora-tadbirlarini ko`rish, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlab turish, zarur bo`lganda mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g`amxo`rlik qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo`yicha davlat organlarini tashkil yetish, harbiy-mudofaa haqidagi qonunlarni yaratish hamda takomillashtirish kabilar kiradi.

Davlat o`z funksiyalarini ado yetish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro etuvchilik va sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o`z funksiyalarini amalga oshirishda ishontirish, rag`batlantirish va majbur yetish usullaridan foydalanadi. Mazkur shakllar va usullarning qo`llanish darajasi davlat funksiyalarining hajmi, davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog`liq. Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi xususiyatlari ularni tasniflashga sabab bo`ladi. Davlatning faoliyati ob`yektiv bo`lgini holda uning funksiyalarini tasniflash sub`yektiv xususiyatga ega. Chunki funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan fanda, nazariyada amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar tasnifi har xil ifodalanadi. Bu fikrga ishonish uchun davlat va huquq nazariyasidan yozilgan 3-4 ta darslikni ko`rish kifoya. Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo`lish) davlatning mohiyatini chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish yetishga ko`maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma`lum bosqichdagi bosh yo`nalishlari (masalan, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi asos qilib olinadi, albatta. Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy tiplari to`g`risidaga ta`limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik va feodalizm tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan doirada huquqli bo`lgan. Bu hol davlatlarning funksiyalarida o`z ifodasini topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib o`tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini chuqurroq anglashga imkon beradi.

Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni ta`kidlab o`tmoq darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari mavjudliga hamma olimlar tomonidan tan olinadi. Tashqi funksiyalar ko`pincha ichki funksiyalarning davomi bo`lib ulardan kelib chiqadi, ularni to`ldiradi, ayrim hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni mudofaa qilishga xizmat qilishi tushunarlidir.

b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun tabaqalari uchun tegishli bo`lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud etirof qilinmoqda1[1][1]. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo`rlik ishlatish quroli deb atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo`lgan. Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida barcha xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma guruhlarini o`z ichiga oladi, ya`ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat manfaatiga xizmat qiladi. Umuman hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini kamaytiradi va xolisona bayon yetishga halaqit beradi. Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o`ringa ko`tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotnmi o`rnatish va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun millat, xalq manfaatlarini ko`zlab umumiy iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g`oyaviy) ishlar olib borish, Sharqda esa, bulardan tashqari, sug`orish inshootlarining davlat yordami bilan bunyod etilishi kiritilishi mumkin.

L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma`noda olib, uning umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga qaratilganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga kishilarning hayoti, soglig`i va normal yashashi uchun zarur bo`lgan tabiiy sharoitlarni ta`minlash; ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni ta`minlash bilan bog`liq davlat faoliyati kiradi2[2][2]. Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo`lish imkoniyatiga ega. To`g`ri,


1[1][1] Спиридонов Л.И. Теория государства и права. Учебник Москва, 1995, 47-48-betлар.

2[2][2] СпиридоновЛ.И.Теория государства и права. Учебник, Москва, 1995, 47-48-betлар.

mazkur ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham

mavjud va ular orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik O`zbekiston Respublikasida davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun emas, balki butun xalqimiz manfaatini ko`zlab amalga oshirilmoqda. Bunday natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar Jamiyat va uning siyosiy tuzumi rivojlana borishi oqibatida davlatning funksiyalari tizimvda ham o`zgarishlar sodir bo`lib turgan, shu jumladan tamoman yangi funksiyalar paydo bo`lgan. Bu holat keng ijtimoiy taraqqiyot sababli yuz bergan. Tarixda qullar va quldorlar, krepostnoy dehqonlar va feodallar, yollanma ishchilar va kapitalistlar bo`lganligini inkor yetish mumkin emas. Shu boisdan quyida davlat funksiyalarini quldorlik, feodal, burjua (kapitalistik), sobiq SSSR davlatlari misolida ko`rib o`tamiz. Quldorlik davlatlarining quyidagi funksiyalari mav-jud bo`lganligini also inkor yetish mumkin emas. S.Ayniyning «Qullar» romanida yozishicha, O`rta Osiyoda hatto XVIII asrgacha qul bozorlari mavjud bo`lgan ekan. Qur`onda va musulmon huquqining boshqa manbalarida qullarning mavjud bo`lganligi, ularning huquqiy maqomi haqida ko`plab ma`lumotlar uchraydi. Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari:

1. Davlatning xo`jalik yuritish faoliyati. Buni umumiy ommaviy ishlar yuritish funksiyasi, deyish mumkin. Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki qabilaning mumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya, ayniqsa, Sharqda ma`lum darajada rivoj topgan. Chunki bu mintaqada dehqonchilik ishlari sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari tomonidan bajarilgan.

2. Quldorlar mulki va manfaatlarini qo`riqlash. Bu funksiyani amalga oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ hujjatlarni qabul qilgan va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar.

3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z quldorlariga xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta.

4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan asoslashga, qullar qo`zg`olonini jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng foydalangan.


Quldorlik davlatlarining tashqi funksiyalari:

1. Ular ham boshqa davlatlar kabi mamlakatni tashqi dushmanlardan mudofaa qilish funksiyasini amalga oshirganlar, qo`shni davlatlar bilan ma`lum darajada aloqalar olib borishgan, savdo munosabatlarini o`rnatishgan.

2. Ular boshqa mamlakatlar aholisini (hududini) bosib olish, talash, ezish, soliq (boj, o`lpon) to`latish funksiyasini ado qilib turishgan. Bunday faoliyatning maqsadi boshqa davlatlar xalqlari hisobiga boyish, urushda asir tushganlarni esa qul qilib ishlatish bo`lgan. Xuddi ana shu quldorlik jamiyatida dastlabki bosqinchilik urushlari kelib chiqqan, boshqa davlatlar hududini egallab olishga ko`plab urinishlar yuz bergan. Bosqinchilik urushlari oqibatida qadimgi Urartu (Armanistonda), Eski Nisa (Turkmanistonda) davlatlari, Kushon saltanati (O`zbekistonda) keyinchalik yo`q bo`lib ketgan.
O`z mohiyati va mazmuni bilan quldorlik davlatlarining funksiyalari feodal

davlatlari funksiyalarida ham asosan takrorlanadi. Feodal davlatlarning ichki funksiyalari:

1. Ijtimoiy (ommaviy) ishlar funksiyasi. Bu funksiya ayrim davlatlar, ayniqsa Sharkda sugorish asosida dehqonchilik ipshari olib boruvchi davlatlar faoliyatida ko`proq bajarilgan. Masalan, Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida davlat tomonidan qator bunyodkorlik tadbirlari amalga oshirilganligi olimlar tomonidan ta`kidlanmoqtsa. Bu haqda Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida ham, sugorish inshootlari qurilishida qahramonlik ko`rsatganlar xususida gapiriladi. O`sha davlatlar bu yo`nalishda madaniy-oqartuv, maorif, aholiga turli xizmat ko`rsatish borasida ham ma`lum umumiy ishlarni olib borganlar. Bu ishlar aholining barcha tabaqalariga taalluqdi bo`lgan va butun mamlakat farovonligiga xizmat qilgan.

2. Shu bilan birgalikda davlat ishlab chiqarish qurollari va vositalariga bo`lgan feodal mulkchiligini ustun darajada qo`riqlash funksiyasini barcha tashkiliy va huquqiy usullar va choralar bilan amalga oshirib turgan. Shunday bo`lmasligi mumkin ham emas edi. Chunki aholining iqtisodiyotda hukmron bo`lgan guruhlari siyosiy hokimiyatda yagona kuch bo`lib, davlatni o`z manfaatiga xizmat qilishga yo`naltirgan, feodallarning erga bo`lgan mulkchiligini himoya qilgan.

3. Bu ham kam edi. Feodal davlatlari krepostnoy dehqonlarni qaramlikda tutib turish, lozim bo`lganda ularning qarshiligini bostirish funksiyasini atyu qilib turishgan. Bunday faoliyatni hatto alohida feodallar ham.

4. Buning ustiga feodal davlatlari xalq ommasini mafkuraviy tomondan tarbiyalash funksiyasini ham bajarib turgan va bunda din aqidalari va tuzilmalaridan mohi-rona foydalangan. Buning ustiga ular dunyoviy bilimlar sohiblariga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Buyuk olimlik darajasiga ko`tarilgan Kopernik, Mirzo Ulug`bek va boshqalar fojiasi buning dalilidir.


Feodal davlatlari ichki funksiyalarining ruui ularning tashqi faoliyatida

uam yaqqol ko`zga tashlanadi.

1. Tabiiyki, feodal davlatlari ham o`z aholisi va hududlarini tashqi dushmanlardan himoya qilish funksiyasiga ega bo`lganlar va bunda xalq ommasini va barcha vositalarni mamlakatning mudofaasi manfaatlariga xizmat qildirganlar, bu kurashni uyushtirganlar.

2. O`z navbatida, har bir feodal davlati o`z hududini boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish funksiyasini keng ravishda amalga oshirib kelishgan. Feodal davlatlarning shu maqsadlarda olib borgan o`zaro urushlari, o`nlab mamlakatlarni bosib olish hollari tarixda juda ko`p bo`lgan va oqibatda bosqinchilik natijasida yirik imperiyalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoni avval greklar, arablar, so`ngra mo`g`ul va rus davlatlari tomonidan bosib olinishi bunga yaqqol misoldir. Bu urushlar tufayli faqat bizning mintaqamizda o`z vaqtida rivojlangan yuzlab davlatlar yo`q qilib yuborilgan va hozir ular tarix mulkiga aylangan.

Feodal davlatlari funksiyalari ham o`zgarib, takomillashib borgan, ular o`z tarixining so`ngga bosqichida feodal mutlaq hukmronligini saqlab qolishga, shiddat bilan dunyoga kelayotgan burjua-kapitalistik kuchlarga va munosabatlarga qarshi kurashga xizmat qilgan.
Burjuaziya va kapitalistik ijtimoiy munosabatlarning tarix maydoniga kirib kelishi umuman insoniyat taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr qullik va krepostnoylikka barham berdi, hamma shaxsni rasman erkin va teng, deb e`lon qildi. Ozodlik, adolat, tenglik, umumiy saylov huquqi, parlament kabi tushuncha va shiorlar shu davrda paydo bo`lib, real voqelikka aylanishga qadam qo`ydi. Burjuaziya va kapitalistik munosabatlar XVII-XVIII asrlarda uzil-kesil shakllandi, davlat rivojlanishining mazkur bosqichida ham yollanma mehnat va xususiy mulk munosabatlari saqlanib qoldi. Shu munosabatlar burjua davlatlari funksiyalarining mohiyatini, mazmuni va tizimini belgilab beradi. Mazkur davlatlarning ichki funksiyalari:

1. Kapitalistik xo`jalik tizimini va xususiy mulkchilikni muhofaza yetish. Ushbu funksiya barcha davlat apparati faoliyatida, huquqiy hujjatlarda o`z ifodasini topadi.

2. Kapitalistik munosabatlar chuqurlasha borgan sari burjua davlatlari inqilobiy va ishchilar harakatini bostirish funksiyasini ham bajarib boraveradi. Chunki ishchilar va dehqonlar mavjud tuzumdan norozilik kayfiyatlarini ifodalay boshladi va xususiy mulkchilikka, ekspluatatsiyaga qarshi kurash ochdilar. Shunday ekan, burjua davlati bunday harakatlarni bostirib kelaverdi.

3. Butun xalq ommasini davrning hukmron mafkurasi ruhida tarbiyalash. Bu funksiyani amalga oshirishda burjua davlati radio, televidenie, matbuot, madaniy-oqarsuv muassasalari xizmatidan keng foydalanadi.

4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kapitalistik munosabatlar monopolistik bosqichga kirdi. Monopolizm o`z ta`sirini davlat siyosatiga ham o`tkazdi. Natijada davlatning monopolistik kapital manfaatlarini hisobga olgan holda iqtisodiyotni huquqiy tartibga solib turish funksiyasi paydo bo`ldi. Bunga ko`ra davlat iqtisodiyotda o`z (sektorini vujudga keltirdi. Uzoqqa mo`ljallangan iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish va mablag`lar bilan ta`minlash kabi choralarni belgilaydi. Ayni paytda bu davlatlar fan, texnika taraqqiyotini ta`minlashga, tabiatni muhofaza yetishga ham befarq emas.

5. Kapitalistik davlatlar aholiga xizmat ko`rsatish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi ko`rash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini qo`riqlash funksiyasini ham bajarmoqda.


Burjua davlatlarining tashqi funksiyalari

1. Yirik va qudratli burjua davlatlarining o`z mamlakatini mudofaa qilish faoliyati dunyodagi butun kapitalistik tuzumni muhofaza qilish funksiyasiga aylandi. Shu maqsadda bizning asrimizda jahonning turli mintaqalarida harbiy, iqtisodiy bloklar, hamjamiyatlar barpo etildi, mazkur tizimni qo`riqdash butun davlatning umumiy ishi, deb tushunildi. NATO buning yaqqol ko`rinishidir.

2. Ming afsuski, kapitalistik davlatlar faqat mudofaa bilan shug`ullanmadi, balki bosqinchilik urushlari siyosatini ham olib borgan. Ularning aybi bilan XX asrning birinchi yarmida ikki marta o`ta dahshatli jahon urushi va lokal urushlar olib borilib, o`n millionlab insonlar qurbon bo`ldi. Bunda jahonda hukmron bo`lish, boshqa xalqdar boyligini egallash, gegemonizm g`oyalariga suyanib ish ko`rilgan.

3. Er sharida «sotsialistik» deb atalmish davlatlarning paydo bo`lishi va yashay boshlashi kapitalizmni qattiq tashvishga soldi, uning mustamlakachilik siyosatiga ketma-ket zarba bera boshladi. Shu boisdan ham ular boshqa davlatlardagi inqilobiy va milliy ozodlik harakatlarini bostirish funksiyasini ham bajara boshladilar. Hozir zamon o`zgardi, bu funksiyaga ehtiyoj ko`p jihatdan kamayib ketdi.


Bugina emas, kapitalistik davlatlarning ishchilar va inqilobiy harakatdan, sotsialistik tuzum xavfidan «tashvishlanishi» etmish yillik davrdan keyin deyarli yo`qoldi. Insoniyat ming yillardan buyon tabiiy ravishda taraqqiy yetib kelgan yo`lga qayta kirib kelmoqda. Endi o`ylab qarasak, Rossiyada 1917 yildagi Oktyabr to`ntarishi g`ayritabiiy harakat bo`lganligi tobora aniq bo`lmoqda. To`g`ri, marksizm va sotsializm g`oyalari insoniyat rivojlanishidagi yaxshi hayot ramzi sifatida emas, balki millionlab kishilarning ogar turmushi, yaxshi yashash uchun qilgan orzu-umidlari natijasida yuzaga kelgandi. Sotsialistik inqilob, prolyetariat diktaturasi ana shunday go`zal va boy turmushga olib kelishi tasavvur etilar edi. Lekin bunday bo`lib chiqmadi. 70 yildan ortiqroq vaqt yashagan nihoyatda qudratli SSSR mustaqil davlatlarga tarqalib, bo`linib ketdi, sotsializm va kommunizm kurash nazariyasi va amaliyoti asrimizning 90-yillariga kelib barbod bo`ldi. Biroq sotsialistik davlat 1917 - 1991 yshsharda tarixda yashadi, qator funksiyalarni ozmi-ko`pmi amalga oshirib keldi3[3][3]3. Ularni qisqacha ko`rib o`tmaslik mumkin emas.

SSSRda davlatning ichki funksiyalari

1. Hokimiyatdan ag`darilgan sobiq ekspluatator sinflar qarshiligini bostirish. To`g`ri, ularning bir qismi mehnatkashlar safiga qo`shilib ketdi, qolganlari esa sinfiy kurash siyosati asosida, sotsialistik kurashlarga qarshilik ko`rsatayotganlar sifatida jismonan yo`q qilib yuborildi. Bugina emas, mehnatkashlar, davlat va jamoat arboblari safidan ham millionlab kishilar xalq dushmani, Vatan xoinlari sifatida bu kurashning qurboni bo`ldi. Umuman SSSR mazkur funksiyani «a`lo» darajada bajardi. YAgona sinf diktaturasi oqibati ana shu qonli fojialar bilan tugadi.

2. Sinfiy kurashdan qo`li bo`shagan paytda sovet davlati muhim xo`jalik-tashkilotchilik ishlarini ham olib bordi. Bunda davlat iqtisodiyotning deyarli hamma masalalarini qat`iy rejalashtirish, mablag` va resurslar bilan ta`min-lash siyosatini va amaliyotini olib bordi, xalq xo`jaligini boshqarishda ma`muriy-


3[3][3] Бу ҳақда батафсил қаралсин: Черноголовкин Н.В. Теория функций социалистического государства.

М.Юрид. литература, 1970, 215-bet; Кутафин О.Е. Плановая деятелъностъ Советского государства. М.Юрид.

литература, 1980, 239-bet; Загайнов Л.И. Экономические функции Советского государства. М.Юрид.

литература, 1968, 263-bet; Давлат ва ҳуқуқ, назарияси. Дарслик, Тошкент, 1982, 106-108-betлар ва бошқалар.

buyruqbozlik usullari tufayli umumiy rivojlanish natijalari ham ancha sezilarli bo`ldi. Ishlab chiqarishda yagona davlat bankiga tushgan foydalar hisobiga keng doirada sanoatni, qurilishni, qishlok xo`jaligini jiddiy rivojlantirish uchun imkoniyat yaratildi.

3. Sovet davlati olib borgan madaniy-tarbiyaviy funksiya asosida savodxonlik ancha oshdi, ta`lim, san`at, adabiyot va dunyoviy fanlar rivojlandi. Biroq yagona mafkura ta`siri ostida tarixiy va milliy hamda umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish qat`iy cheklandi.

4. Davlat mehnat va iste`mol me`yori ustidan nazorat olib bordi hamda aholiga boshqa ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirib turdi, ishsizlikka barham berildi.

5. Sotsialistik mulkni qo`riqlash funksiyasi. Uni davlat nihoyatda qattiqqo`llik bilan, 1932 yilda bu mulkni talon-toroj qilganlik uchun hatto o`lim jazosini joriy yetish, 1947 yildagi farmon bilan esa uni saqlab qolish bilan olib bordi. Chunki davlat (sotsialistik) mulkini qo`riqlash ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosi, deb tushunilar edi. Amalda ham shunday bo`lgandi.

6. Davlat rasman fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo`riqlash funksiyasini ham olib bordi. Biroq millionlab kishilarning qonuniy asoslarsiz yo`q qilib yuborilishi, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etilishi bunday funksiyaning avj olishiga tamoman zid edi.

7. Sovet davlati tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza yetish bo`yicha ham tashkiliy-huquqiy tadbirlar belgilagan edi. Ammo bunda sezilarli natijalarga hali erishilmagandi. Aksincha, sovet tuzumi tabiatga ayovsiz ta-lafotlar yetkazdi.

SSSRning tashqi funksiyalari

1. Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasini Sovet davlati chet el intervensiyasi va grajdanlik urushi hamda Ulug` Vatan urushi davrida ayniqsa yaxshi bajardi.

2. Dunyodagi hukmron ikki ijtimoiy-siyosiy tizim paytida SSSR tinchlik va tinch-totuv yashash uchun kurashni ham davlat funksiyasi darajasiga ko`tardi.

3. Avvaliga xalq demokratik, so`ngra sotsialistik davlatlar bilan hamma tomonlama hamkorlik olib borish SSSRning muhim tashqi funksiyasi edi. Bunda Sovet davlati sotsializm pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida o`sha mamlakatlarga ko`p jihatdan bir tomonlama yordam ko`rsatib turdi.

4. Bunday yordam, ayniqsa, mustamlakachilik tuzumidan ozod bo`lgan davlatlarga nisbatan keng doirada olib borildi.

5. SSSR ma`lum doirada kapitalistik mamlakatlar bilan ham hamkorlik funksiyasini bajargan. Biroq bunda mafkuraviy to`siqlar halaqit berar edi.

SSSRda davlat bajargan ichki va tashqi funksiyalarning ijobiy va salbiy natijalari mavjud. Ular kelajakda Yanada aniq-ravshan bo`lajak. Biroq shuni aytish lozimki, SSSRning tarqalib kyetishida milliy, milliy-davlat munosabatlaridagi nuqsonlar beyagalovchi ahamiyatga ega bo`ldi. Shu bilan birga ta`kidlab o`tish lozimki, davlatning ichki va tashqi funksiyalari tizimi, mohiyati va mazmuniga insoniyat bosib o`tgan har bir davrning ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi va madaniy ahvoli, vazifalari, hokimiyatning kimlar qo`lida bo`lganligi, demokratik rejim yoxud fashistik tartib-qoidalar bo`lganligi, xalqaro vaziyat, hatto tabiiy shart-sharoitlar ham o`zining ta`sirini o`tkazib kelgan. Chunonchi, quldorlik va feodalizm davrlarida aholi bir qismi huquqlarining cheklanganligi, kimlarningdir manfaatlari ustun darajada ifodalanganligi o`sha paytdagi davlatlar funksiyalarining mohiyatini ko`rsatib turibdi. Jamiyatdagi hukmron mulkchilik shakllarini muhofaza qilish esa barcha davlatlarning tabiatini xarakterlovchi funksiyalardir. Yana bir mi-sol. Kishilik jamiyati olga borgan sari uning tabiiy boyliklari hajmi qisqara borgan, jamiyatni rivojlantirishda yangi vazifalar kelib chiqqan. Natijada fan va texnikani taraqqiy ettirish davlat funksiyasi XX asrda yuzaga keldi. Shu fikrni tabiat boyliklarini va atrof muhitni qo`riqlash funksiyasiga nisbatan ham dadil ay-tish mumkin. O`z navbatida, insonlar dunyoviy bilimlarining o`sishi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, hozirgi davr madaniyati-ma`naviyati ruhida tarbiyalash funksiyasini keltirib chiqardi. Jahonda mamlakatlararo urush munosabatlarining keskin yumshashi davlatlarning mudofaa uchun qiladigan xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Yoki davlatlararo aloqalarning mustahkamlanishi ularning o`zaro va xalqaro hamkorlik olib borish funksiyasini avj oldirish uchun keng asos yaratadi. So`ngra, xalqning modtsiy va madaniy farovonligi o`sishi, huquqiy madaniyatning yuksalishi, o`z navbatida, huquq-tartibotni qo`riqlash funksiyasiga ijobiy ta`sir o`tkazib turadi. Xalqaro tashkilotlarning mustahkamlanishi, ular mavqeining o`sishi bosqinchilik urushlarining oldini olishga jiddiy ijobiy ta`sir o`tkazadi va hokazo.

Hozirgi demokratik, shu jumladan mustaqillikka erishgan davlatlarning funksiyalari ham o`ziga xos xususiyatlariga ega.


O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari
SSSR tarqalib ketdi, O`zbekiston va boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar mustaqil bo`lib qoldilar. Sotsializm va kommunizm qurish nazariyasi hamda amaliyotidan voz kechildi, uning o`rniga insoniyat tajribasida isbotlangan bozor munosabatlari asosidagi demokratik jamiyat tuzumiga o`tish maqsad qilib qo`yilgan. Davlatning siyosati, vazifalari, faoliyati va ulardan kelib chiqadigan funksiyalari shu maqsadni ro`yobga chiqarishga qaratilgan. Bizningcha, hozirgibosqichda yosh suveren, mustaqil davlatlar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi oldida quyidagi uchta muhim vazifa turibdi.

1. Erishilgan siyosiy, davlat mustaqilligini mustahkamlash.

2. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish va bu sha-roitda jamiyatning

ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini ta`minlash.

3. YAngi sharoitda tamoman mustaqil tashqi siyosiy, iqtisodiy vazifalarni hal yetish. Chunki bu vazifalar ilgari asosan SSSR organlari tomonidan bajarilar edi.

Mustaqillik sharoitida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy vaziyatda yosh davlatlarning funksiyalari SSSRning davlat funksiyalaridan ancha farq qiladi. To`g`ri, O`zbekiston ham, boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar ham o`z hududlarida davlat funksiyalarini tamoman o`zlari, mustaqil ado qilmoqdalar. Xususan, O`zbekiston davlati quyidagi eng asosiy funksiyalarni amalga oshirmoqda.

Uning ichki funksiyalari

1. Iqtisodiy funksiya Yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi. Mazkur funksiya mazmunida sovet davrida juda ham kengayib ketgan davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, natijada mulkchilikning turli shakllariga yo`l ochish, iqtisodiy rivojlanishga ma`muriy-buyruqbozlik asosida emas, balki huquqiy jihatdan tartibga solib turish usullari orqali ta`sir qilish, davlat sektori (qaramog`i)dagi iqtisodiyotni boshqarish va umumiy rivojlanish istiqbollarini belgilash, xalq xo`jaligada tuzilmaviy o`zgartishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni boshqarishda chet el investitsiyalarini jalb yetish, soliqdar siyosati va tizimini belgilash, baholarning barqarorligi uchun kurash kabi masalalar va yo`nalishlar mavjud.

Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida I.Karimov mustaqilik va bozor munosabatlariga o`tish sharoitida davlatning rivojlanishi va roliga katta baho berdi:

«Davlat islohotlarning tashabbuskori bo`lib maydonga chiqdi, ustuvor yo`nalishlarni tanlashda faol ishtirok etdi, islohotlarni ro`yobga chiqarishni, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi. Aynan davlat yangi huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishida, erkin demokratik me`yorlarga o`tishda, ko`p ukladli iqtisodiyot va bozor infrastrukturasining qaror topishida, yangi bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, yangi mazmun bilan boyishida tashabbuskor bo`ldi... Davlatning o`tish bosqichidagi, milliy davlatchilikni qaror toptirish davridaga bunday roli, bugun ko`rinib turginidek, o`zini to`la oqladi4[4][4]». Iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yo`naltirilgan bo`lishi davlatimiz siyosati va faoliyatida markaziy o`rin tutadi.

2. Ijtimoiy funksiya. Uning tizimida aholining ish bilan bandligini ta`minlash, vaqtincha ishsizlarga davlat yordami, yoshlarni kasbga o`rgatish, ijtimoiy sohani - aholiga savdo, kommunal, tibbiy, maishiy va boshqa xizmatlar
4[4][4] «Халқ сўзи», 1996 йил 30 август.

ko`rsatishni tashkil yetish va shu tarmoqdarni rivojlantirish; aholini ijtimoiy muhofaza yetish, ya`ni ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va omonatdagi mablag`larni indeksatsiyalash, xalqning mehnat orqali o`z ijtimoiy ahvolini yaxshilab borishi uchun sharoit yaratish, sog`lom avlod uchun kurash va boshqalar orqali davlatimiz o`zining ijtimoiy (sotsial) vazifasini, tabiatini namoyon etmoqda.

3. Ta`lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g`oyaviy (mafkuraviy) tarbiyalash sohasidagi davlat funksiyasi, buni odatda, madaniy-tarbiyaviy funksiya deyiladi. YAngi davrda uning tarkibida milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni tiklash hamda rivojlantirish, umuman xalq hayotida ma`rifat va ma`naviyatni avj oldirish, umumiy savodxonlikni yuksaltirish, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, umuminsoniyat madaniy-ma`naviy boyliklardan bahramand bo`lishini ta`minlash, yangi milliy mafkuraga erishish singari ustuvor vazifalarni hal yetish ko`zda tutiladi.

4. Huquq - tartibotni qo`riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ogishmay, mulkchilikning hamma shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi kurash. Bu funksiya o`z mohiyati va mazmuni bilan adolat o`rnatishga, insonparvarlikka, qonunchilikni mustahkamlashga, huquqiy davlat va madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi.

5. Tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish. Bunda, bir tomondan, tabiiy boyliklarni qo`riqlash, tejab-tergab sarflash zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan, kimyo va texnikaning salbiy ta`siri bilan suv, havo, tuproq va atmosferaning ifloslanishiga qarshi kurash ehtiyoji mavjud. Davlat bunday funksiyani bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilgan bo`ladi. Bizning mintakdda, ayniqsa, Orol dengizi bilan bog`liq masalalar bu funksiyaning dolzarbligini isbotlab turibdi.

O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari

1. Mamlakatning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta`minlash. Endilikda mazkur funksiyani bevosita bajarish uchun davlatning qator organlari va o`z Qurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur qurol-aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta`minlash ushbu funksiya tarkibida muhim o`rin egallaydi.

2. YAqin va uzoq davlatlar bilan turli sohalarda o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu - yangi funksiya. Biroq qisqa davr ichida O`zbekiston dunyoning ko`p davlatlari tomonidan rasman tan olindi, ular bilan har xil shakllarda aloqalar, diplomatik munosabatlar o`rnatildi, ikki tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko`pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik olib borish O`zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko`rsatuvchi davlat organla-ri va idoralarini tuzish, ularni munosib xodimlar bilan mustahkamlash jiddiy rol o`ynaydi.

Respublikamizning yuqorida sanab o`tilgan funksiyalarini bajarish uchun davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor, davlat organlari shakllanishining demokratik asoslarini mustahkamlash, qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarda davlat apparati vakolatlarini qat`iy belgilab qo`yish, boshqaruv organlari tizimini iqtisodiyotda bozor munosabatlari xususiyatlari, talablariga binoan qayta tashkil yetish va uning huquqiy maqomini belgilash ko`zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda jamoa (ommaviy) va xususiy boshqaruv unsurlari paydo bo`lmoqda. YAngi davr vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi. Shunday qilib, davrlar o`ta borishi bilan davlatning funksiyalari tizimi ham o`zgarib boraveradi. Umuman davlat bor ekan, u ma`lum funksiyalarni bajarib turadi, aks holda uning mavjudligi hech bir ma`noga ega bo`lmay qoladi, albatta. Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada bo`lishi mumkin. Bu, so`zsiz, ko`pgina omillarga, shu jumladan, davlatning moddiy-iqtisodiy imkoniyatlariga, demokratik tartibga, ichki va tashqi vaziyatga bog`liq bo`lishi tabiiy holdir.

Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo`lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o`sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi va ular jamiyatning o`zini o`zi boshqaruvchi sub`yektlari zimmasiga ma`lum o`zgarishlar bilan yuklanadi. Bu haqda uzil-kesil va batafsil xulosa chiqarishga hali erta, ammo jamiyatning o`sha yuqori darajadagi taraqqiyotiga erishilgan sari mazkur muammo tobora oydinlashib boradi, insoniyat rivojlanishi esa uzoq kelajakda o`sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir.

Davlat funksiyalari: muammolar va istiqbol

Hozirgi sharoitda davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish ma’lum darajada o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda, chunki ko‘pgina ichki funksiyalar tashqi funksiyalar tusini kasb etmoqda (masalan, davlat faoliyatining ekologik yo‘nalishi) yoki aksincha. Zamonaviy davlatning ekologiya, demografiya (nufus), xom ashyo, kosmos sohalaridagi, axborot texnologiyasini yaratish va undan foydalanish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi hamda butun taraqqiyotga daxldor bo‘lgan boshqa global sohalardagi faoliyatini tasdiqlovchi global funksiyalarni ajratish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, hozir davlatning muayyan vazifalarini markazdan joylarga berish to‘g‘risidagi masalani hal etish alohida muammo bo‘lib, uning bir necha jihatlari mavjud. «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» deb e’lon qilingan va amalda ro‘yobga chiqarilayotgan dastur davlatning bir qator vazifalarini nodavlat tashkilotlarga, masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berishni taqozo etadi.

Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan davlat vazifalarini mavjud tamoyillar o‘zanida rivojlantirishning taxmin qilinayotgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, davlat funksiyalari o‘zgarishiga nafaqat davlatning o‘zidagi, balki davlat amal qilishining shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlar, ya’ni tashqi shart-sharoitlar, davlat «yashab turgan», amal qilayotgan tashqi muhitning o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari bu vazifalar ham davlatning mohiyati va rasmiy tavsifining ta’siri ostidagi, ham o‘zgarib borayotgan tashqi muhit ta’siri ostidagi rivojlanishi va o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Bunda har ikki jarayon ham nisbatan mustaqil deb tavsiflansa-da, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ekanligini hisobga olish lozim.

Eng avvalo, davlat funksiyasiga butun fan-texnika taraqqiyoti intellektual rivojlanish muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Boz ustiga hozirgi barcha davlatlarning funksiyasiga XXI asrdagi fan-texnika yutuqlari o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ta’kidlash joizki, bunday ta’sir ikki tomonlama bo‘ladi. Bir tomondan, ta’lim va fanni, ayniqsa fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash, uning natijalaridan foydalanish, jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirish va boyitish kabi davlat faoliyatining hayotiy muhim yo‘nalishi birinchi o‘ringa chiqadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda davlatimizning ta’lim sohasidagi funksiyasi

mustaqil funksiya sifatida ajratilgan. Boshqa tomondan esa, hozirgi zamonda fan-texnika sohasida nazoratdan tashqari paydo bo‘ladigan yutuqlar va ulardan foydalanish tufayli paydo bo‘ladigan xavfni cheklash taqozo etiladi. Bu, ayniqsa, yadroviy texnologiyalar, genetika, tibbiyot biologiyasi va boshqa shu kabilarga taalluqlidir. Fan sohasida davlat tomonidan intellektual mulkni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ya’ni ilmiy faoliyatni samarali olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy ishlar natijalari ularning yaratuvchilariga tegishliligini muhofaza qilish, ushbu mehnatning adolatli baholanishini ta’minlash va ana shu natijalardan foydalanganlik uchun munosib taqdirlash kabi faoliyatning yangi sohalari paydo bo‘lmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining, ayniqsa genetika, tibbiyot biologiyasi va boshqa shu kabi yangi sohalardagi taraqqiyotning zararli oqibatlarini cheklash borasidagi davlat faoliyati ham muhimdir. Yangi ilmiy yo‘nalish, ya’ni inson organlarini transplantansiya qilish, jinsni o‘zgartirish, sun’iy homila bilan bog‘liq bioetika shakllanmoqda, evtanaziya muammolari yuzaga kelmoqda. Bu sohaga davlatning nazorat qilish va tartibga solish tarzida aralashmasligining iloji yo‘q. Ekologik omil ham davlat funksiyasining evolyutsiyasiga muayyan ta’sir o‘rsatmoqda. Ushbu ta’sirning mohiyati shundaki, agar hozirgi zamonda har bir davlat o‘z hududida aholisining yashash shart-sharoitlari munosib darajada saqlanishini o‘z zimmasiga olmasa, ya’ni insoniyatning umumiy tabiiy muhitda normal yashashini saqlab turish borasida boshqa davlatlar bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilmasa, yaqin istiqbolda umumbashariy kollaps, global tanglik yuz berishi ehtimoldan holi emas. Radioaktiv chiqindilar, suv va havo resurslarining sanoat chiqindilari bilan ifloslantirilishi, yerlarning cho‘lga aylanishi (ayniqsa, Orol muammosi), o‘rmonlarning kamayib ketayotganligi, boshqa noma’qul oqibatlar hozirgi vaqtda insoniyat hayotida yuzaga kelgan real xavfdir. Bu borada davlat miqyosida faoliyat olib borish zaruriyati – shak-shubhasiz, davr talabidir. Davlatning bu sohadagi funksiyasi evolyutsiyasi boshqa sifat darajasiga ega bo‘lmoqda, ekologiyani mo‘tadil saqlab qolish uchun iqtisodiy, ma’muriy, huquqiy vositalar va uslublar orqali majburiy, qat’iy choralar ko‘rishni talab etmoqda.

Jahon iqtisodiyotining baynalmilallashuvi, ijtimoiy manfaatlarning mushtarakligi, transmilliy kompaniyalarning paydo bo‘lishi va hukmronligi, jahon ahamiyatiga molik boshqa iqtisodiy omillar davlat funksiyalari evolyutsiyasiga ta’sir ko‘rsatayotgan yana bir jiddiy sohadir. Hozirgi jahon davlatlarining aksariyati tashqi iqtisodiy faoliyatda ziddiyatlardan hamkorlik va sherikchilikka olib boradigan yo‘lni bosib o‘tmoqdalar. Jamiyat axborotlashuvining kuchayib borayotganligi, ma’lumotlar bazalari, global axborot tizimlarining yaratilishi, umumjahon axborot makoni – Internet tizimining shakllantirilishi ham davlat funksiyalarining yangi evolyutsiyasini keltirib chiqarmoqda. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarning rivojlanish tendensiyalari shubhasiz hozirgi zamon davlatlariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasiga, uning funksiyalari mazmuniga u yoki bu darajada daxldordir. Shunday qilib, davlat funksiyalari – davlat organlari butun tizimining jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan barqaror rivojlantirishga qaratilgan yaxlit, o‘zaro bog‘liq faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib, ular ayni vaqtda, boshqa davlatlar bilan birga aloqadorlikda va hamkorlikda amalga oshiriladi.



Davlat organlarining teng huquqli sherikchiligi, jamiyat oldida turgan umumiy muammolarni hal etish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlari ayrim individlar, urli davlat va jamoat birlashmalari hamda umuman hamjamiyatning mo‘tadil turmush faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Hozirgi zamonda davlat tarzida uyushgan jamiyat o‘z tarkibidagi davlat va nodavlat institutlarining ish faoliyatini uyg‘unlashtirgan taqdirdagina izchil hamda jadal rivojlanishi mumkin.
Download 41,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish