Mavzu: EGA va uning o'zbek tilshunosligidagi tadqiqi I. Kirish o'zbek tilshunosligida eganing mavqeyi. II. Asosiy qism


ASOSIY QISM Eganing ifodalanishi



Download 36,27 Kb.
bet2/11
Sana23.06.2022
Hajmi36,27 Kb.
#694066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 5208583543680145474

ASOSIY QISM
Eganing ifodalanishi. Ega va uning ifodalanishi: Gap kesimining qo‘shimchalardan anglashib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Ega doim bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan:Karim litseyga bordi.
Ega gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda ega tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. Eganing gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, grammatik shakli va nutq uslubi bilan bevosita bogʻliq.
Eganing olmosh bilan ifodalanishi: Ular kulimsirab askiyaga quloq solishdi. Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirdi.
Egadan anglashilgan predmet - hodisa kommunikatsiya predmeti bo’lib, uning ma’nosi har xil:
1. Kesimdan anglashilgan ish-harakatning bajaruvchisini bildiradi: bajaruvchi shaxs yoki jonli jonsiz mavjudot bo’ladi. Masalan: Muqaddas hech kimga yozdirmay davradan chiqib ketdi. Nigora darsga bormadi. Shuvillagancha «Neksiya» ketyapti.
2. Kesimdan anglashilgan holat tegishli shaxs, jonli mavjudot, jonsiz narsalarni bildiradi. Masalan: SHerzod xursand. Kuchukchaning qulog’i qirqilgan. O’rtada kitoblar sochilib yotibdi.
3. Kesimdan anglashilgan jinsning turini bildiradi. Masalan: Delfin – baliq. Kaptar - parranda.
4. Kesimdan anglashilgan belgining egasini bildiradi: Abdullatif - padarkush. Bozorboy - saxiy. Suv tiniq. Havo sovuq.
5. Mavjudlik subyektini bildiradi: Mehmonlar bor.
6. Miqdor suby0ektini bildiradi: Bolalar to’rtta.
7. Qiyoslanuvchi sub’ektni bildiradi: Ukasi akasidan esliroq.
8. Obyekt ma’nosini bildiradi: Uy quruvchilar tomonidan ko’rildi.
Ega vaziyatidagi sintaktik shakl umumlashgan namuna sifatida bir muncha morfologik shakllarda namoyon bo’la oladi:
1. Bosh kelishikdagi ot bilan: Sayfi Soqievich do'mboq qo’lini siladi.
2. Bosh kelishikdagi ot o’rnida almashib kelgan olmosh bilan: U hayoliga kelgan bema’ni fikrdan o’zi kuldi.
3. Harakat nomi bilan: Erta turish foydali.
4. So’z birikmasi shakli bilan: Xotinsiz o’tish-xato, bolasiz o’tish-jafo.
5. Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar ko’paysin.
6. Otlashgan son bilan: 234-mening orqamdan yursin. Uchinchisi qochdi.
7. Otlashgan sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar.
8. Otlashgan taqlid so’z bilan: Tomdan oshib tushayotgan tiniq suvlarning shildir-shildiri dillarga orom beradi.
9. Otlashgan undov bilan: Atrofni qo’shinlarning urasi tutib ketdi.

Egasiz gaplar tilimizda chegaralangan bo’lib, ular egali gaplarga nisbatan juda kam miqdorni tashkil etadi. Egali gaplar esa tilimizning me‘yoriy xossasidan biridir. Chunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi Pm (kesimlik kategoriyasi)ning qismlaridan biri shaxs-son ma‘nosi bo’lib, u hamisha o’zining to’dirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo’lishini taqoza qiladi.Yuqorida aytilganidek, o’zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch uzv (ega, hol, kesim) dan iborat bo’lib, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo’sh bo’lmaydi, to’ldirilgan bo’ladi. U nutqda esa yuzaga chiqqan hol, yuzaga chiqqan kesim bo’lishi mumkin. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:


1.Men kitobni o’qidim.
2.Kitobni o’qidim.
Har ikkala gap ham [Ye-N-Pm] qolipi hosilasi bo’lib, ularning kesimidagi Pmga xos shaxs-son qo’shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to’liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega I shaxs birlikdagi kishilik olmoshidir. Biroq, ulardan birinchisida bu lisoniy to’liqlik (ega pozitsiyasining bo’sh emasligi) nutqda namoyon bo’lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo’lganligi tufayli namoyon bo’lmagan. Ko’rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to’ldirilgan gap qismining hosilasidir.

Download 36,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish