Mavzu: dori allergiyasi



Download 3,6 Mb.
bet13/35
Sana14.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#551466
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
DORI ALLERGIYASI LOTINCHA

DORI ALLERGIYASINI
DAVOLASH VA UNI OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Anafilaktik shokda ko’rsatiladigan birinchi
yordamni qadam- baqadam bajarish:
1.Anafilaktik shokda yordam voqea sodir bo’lgan joyni o’zida ko’rsatiladi. Agarda shok t/i yuborilgan doridan yuzaga chiqqan bo’lsa u xolda igna venada kolib sistema yoki shprits olib tashalanadi.
2.Anafilaktik shokni chaqirgan dorini yuborish to’xtatiladi.
3. 1ml- 0.1% adrenalin eritmasi 0.3-.04 ml dan teri ichiga
<< Limon korochkasi>> tariqasida yuboriladi.
4.Prednizalon 1-5 mg/kg hisobida yoki deksametazon 4-20 mg.
5. Tavegil 2-4 ml m/o yoki dimedrol 1 % li eritmasi 3 ml m/o yuboriladi.
6. Bronxospazm alomatlari bo’lganda 1-2 ml 24% li eufilin m/o yuboriladi.
7.Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlari va diuretiklar.
8. Agar shok penitsillindan yuzaga chiqqan bo’lsa 1 ml. Yed. Penitsillinaza
2 ml fiziologik eritmada eritilib yuboriladi.
9.Ushbu muolajadan so’ng bemor axvoli yaxshilanmasa, yuqoridagi tartib bo’yicha shu muolajalar takrorlanadi. Bemor axvoli bir oz yengilashgach, reanimatsiya bo’limiga yotkiziladi.
Dori moddani qonga tushishini davom etishini to’xtatish. Qonga tushayotgan biologik faol moddalarni neytrallash. Gipofiz—buyrak usti bezlari yetishmovchiligini tiklash. Bemorni kollaps (yurak faoliyatining keskin susayib ketishi va tomirlar tonusining pasayib ketishidan kelib chiqqan holat) holatidan chiqarish. Bronxlar siqilishi va bo’g’ilishini yo’q qilish. Tomirlar o’tkazuvchanligini pasaytirish, hayot uchun muhim a’zolardan yurak, buyrak, nerv tizimida yuz berishi mumkin bo’lgan kechki asoratlarni psixomotor markazlarga ta’sir qilish yo’li bilan oldini olish.
Anafilaktik shokni davolash farmakologik preparatlarni tezlik bilan qo’llanishini talab qiladi. Yaxshisi ularni tomir ichiga, mushaklar orasiga yoki teri ostiga kiritish kerak. Bu shokning qanday og’irlikda kechishiga va periferik tomirlar holatiga bog’liq ravishda amalga oshiriladi (qon bosimi keskin pasayib ketgan holatlarda tomirlar ichiga kiritish qiyinlashadi).
Dori moddalar quyidagi ketma-ketlikda belgilanadi. Dastlab - adrenergik preparatlar (adrenalin, noradrenalin) kiritiladi. Preparatlarning miqdori - terapevtik miqdordan to eng yuqori miqdorgacha bo’lishi mumkin. Keyin gistaminga qarshi preparatlar (suprastin, tavegil, dimedrol) qo’llaniladi. Undan keyin esa buyrak usti bezlari po’stloq qismi gormonlari - glyukortiokoidlar (prednizolon va unga o’xshash preparatlar) kiritiladi. Keyin nafas va yurak faoliyatini yaxshilaydigan preparatlar (korglikon, strofantin, kofein, kordiamin, lobelin) belgilanadi. Bemorga albatta kislorod beriladi. Shokning bo’g’ilish bilan keladigan turlarida qo’shimcha ravishda eufillin qilinadi. Penitsillindan shok yuzaga kelgan hollarda penitsillinaza fermenti kiritiladi. Talvasa, tirishish holatlari bo’lganda aminazin qo’llaniladi.
Agar o’tkazilgan chora-tadbirlar ijobiy natija bermasa yuqorida ko’rsatilgan hamma tadbirlar 30-40 daqiqadan keyin qaytariladi. Anafilaktik shokni boshdan o’tkazgan hamma bemorlar hayot uchun muhim a’zolarni tekshirish va davolash maqsadida albatta shifoxonaga yotqiziladi. Klinik o’lim holati yuz berganda bemor jonlantirish (reanimatsiya) bo’limiga o’tkaziladi, u yerda sun’iy o’pka ventilyatsiyasi, miyada haroratni pasaytirish (gipotermiya), yurakni bevosita va bilvosita uqalash (massaj) ishlari o’tkaziladi. Yuqorida ko’rsatilgan barcha tadbirlar bemorning ahvoli yaxshilangunga qadar bajariladi.
Dori allergiyasining boshqa klinik ko’rinishlarini davolash usullari ko’p tomonlama olib boriladi. Dori allergiyasini davolash ishlari har bir bemor uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, jarayonning joylashgan o’rni kasallikning klinik manzarasi va bemor organizmining reaktiv hollatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Kasallikning xuruj davrida bemor albatta shifoxonaning allergologiya bo’limiga yoki jadallashtirilgan terapiya bo’limiga yotqizilishi shart. Hamma bemorlarga allergen xususiyatlariga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini istisno qiladigan parhez belgilanadi. Glyukokortikoidlar (yaxshisi parenteral) miqdorini kasallikning kechish og’irligiga bog’iq xolda bir kecha-kunduzda 1500 mg gacha belgilash mumkin (prednizolon). Transfuzion terapiya qator maqsadlarni ko’zda tutadi: dezintoksikatsiya (zaharlanishni yo’q qilish) uchun turli xil eritmalar, yo’qotilgan energiyani o’rnini to’ldirish (glyukoza), suv-tuz muvozanatini (balansini) me’yorlashtirish maqsadida (reomakrodeks), DVS-sindromiga karshi kurash, kamqonlikni davolash shular jumlasidandir. Ikkilamchi infektsiya qo’shilganda antibiotiklar belgilanadi. Gistaminga qarshi prepartlar (parenteral) belgilanadi. Bundan tashqari kasallikning belgilariga qarab simptomatik davolash ishlari ham o’tkaziladi: yurak glikozidlari, siydik ajralishini tezlantiruvchi preparatlar, ovqat xazm qilishda ishtiroq etuvchi fermentlar belgilanadi. Davolash ishlari albatta "aybdor" preparatni istisno qilishdan boshlanadi. Dori allergiyasini davolashda antigistamin preparatlari qo’llaniladi. Oxirgi preparatlar tomirlar ichiga va tabletka holida ichish uchun ham belgilanadi shuningdek kortikosteroidlar ham qo’llaniladi.
Bemorning kun tartibini to’g’ri tashkil qilish, ta’sirlantirmaydigan ovqatlarni iste’mol qilish, yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishi ammo dori moddalarni shu jumladan kortikosteroidlarni ham cheklangan miqdorda qabul qilishi kerak. Katta miqdorlardagi quyosh nurlari, jismoniy va ruhiy charchashlar noqulay omillardan hisoblanada. Allergenni butunlay istisno etish shart, uni ovqat va suv orqali organizmga tushishiga yo’l qo’ymaslik zarur.
Layella yoki Stivenson-Djonson belgilari o’ziga xos davolash ishlarini olib borishni talab qiladi, davolash jadallashtirilgan terapiya bo’limlarida yoki jonlantirish bo’limlarida o’tkaziladi. Bu patologiyalarda o’lim holati 70%gacha yetadi. Toksik epidermal nekroz jarayoni bo’lgan bemorlarga yiringlashga qarshi aseptik parvarish lozim (zararsizlantirilgan kiyimlar va choyshab va boshqalar).
Mahalliy davolash ochiq usulda o’tkaziladi. Teriga vodorod perioksidi, yashil brilliant eritmasi, solkoseril malhami, na’matak yog’i ham mahaliy qo’llaniladi, og’iz bo’shlig’iga qo’llash uchun chakanda (oblepixa) yoki na’matak yog’i, tashqi jinsiy a’zolar uchun furatsillin eritmasi iщlatiladi. Terini infra qizil nurlari bilan ham nurlantirish mumkin. Doimo tuz-suv va oqsil muvozanatini bir xilda saqlash lozim. Shu maqsadda o’mrov osti venasiga kateter (maxsus elastik naycha) qo’yiladi. Dori moddalar bilan davolash quyidagi prepartlar guruhlarini o’z ichiga oladi: kortikosteroidlar, gistaminga qarshi moddalar, infektsiya qo’shilgan hollarda - antibiotiklar.
Ekstrakorporal davolash usullarini ham qo’llash mumkin. Gemosorbtsiya - bemor qonidan dori gaptenlarni samarali chiqarib tashlashga yordam beradi Bu 2 kunda bir marta (1-3 seans) o’tkaziladi. Plazmaferez ham muvafaqiyatli qo’llanilmoqda. Maxsus giposensibilizatsiya usuli bu yerda yetarli darajada samara bermasligi va yuqori darajada sezuvchanlikka sabab bo’lishi tufayli keng qo’llanilishiga imkon bermaydi. Antibiotiklarni giposensibilizatsiya maqsadida qo’llash ko’pincha asoratlarga olib keladi. Kasallikning kechishi davomida tez sodir bo’ladigan reaksiyalar ustunlik qilsa, bemorni o’z zardobini qo’llash (autozardob) ham yukori samarani beradi. Dori allergiyasini oldini olish chora-tadbirlari quyidagicha olib boriladi.
Allergiya to’g’risida omma orasida tushuntirish ishlarini olib borish, shu jumladan o’z-o’zini davolashning zararlari hamda shifokorlar orasida polipragmaziyaga (bir necha dori moddalarini bir vaqtda belgilash) yo’l qo’ymaslik haqida tushuntirish ishlari olib boriladi. Dori moddalarni oqsilli qismlardan yaxshiroq tozalashga erishish, oziq-ovqat mahsulotlaridan antibiotiklar, bo’yoqlar, kimyoviy konservantlarni istisno qilish ham yaxshi natijalarni beradi. Aholining tibbiy varaqasiga dori allergiyasi borligi haqida ma’lumotlarni yozib qo’yish zarur. Aholi orasida allergologik xizmatni rivojlantirish, tibbiy ko’riklar o’tkazib borish ham shular jumlasiga kiradi. Bemorlar ham ko’pchilik dori moddalar umumiy antigenli determinatga ega ekanligi haqida bilishlari zarur. Masalan: amidopirin - reopirin, barbital natriy — teofedrin, sulfidin-novokain, tetratsiklin - morfotsiklin va boshqalar.
Dori allergiyasining kechishi va oqibatlari haqida ham to’talib o’tish lozim. Butunlay sog’ayib ketish holatlari dori allergiyasining yengil, o’tkir kechadigan shakllarida, aksariyat hollarda bir marotaba va qisqa vaqt davomida qabul qilinganda yoki o’z vaqtida qabul qilishni to’xtatilgan holatlarda kuzatiladi. Bunday natija qavarchiqlarda, Kvinke shishida, bronxlar siqilishida (bronxospazm) qayd etiladi. O’z vaqtida diagnozlash va dori moddani qabul qilishni to’xtatish 0 muvaffaqiyatli davolashning garovi hisoblanadi. Hatto kasallikning og’ir shakllarida ham (Layella sindromi, anafilaktik shok) butunlay sog’ayib ketish kuzatiladi. Tez-tez qaytalanish bilan surunkali davom etish turgun sensibilizatsiyada quyidagi kasalliklarda: bronxial astma, eritrodermiya, nefrit va artritlarda qayd etiladi. Eritrodermiyada tarqoq eritema doimiy teri yuza qavatining ko’chishi bilan yuzaga keladi. Dori allergiyasi kanchalik og’ir va uzoq vaqt davom etsa, surunkali shaklga o’tish xavfi shunchalik ko’proq bo’ladi. Hatto allergenni istisno qilish ham kasallikning kaytalanishini to’xtata olmaydi. Ularning birdaniga paydo bo’lishi dori allergiyasiga tizimli kasalliklar yoki autoallergiya qo’shilgandan dalolat beradi. Dori moddalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham bemor organizmiga tushishi mumkinligini esda tutish lozim.
Dori etiologiyali fiksirlangan eritema

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish