Kosada havoning aylanma harakat qilishi va yo’nalishining keskin o’zgarishi havodagi bir qism changning ajrab kosa sirtiga yopishib qolishiga imkon beradi. Moy kosa devoridan asta-sekin siljib, undagi teshiklar orqali poddonga oqib tushadi, chang esa uning tubiga cho’kadi. Havo kosadagi nisbatan kichik teshiklardan o’tishda tubdagi moyni ko’piklashtiradi va to’zitadi. Bunda havo chang zarralarini moyda qoldiradi va to’zg’itilgan moy zarralarini o’zi bilan olib ketadi. So’ngra havo bilan moy zarralari chalkashma kapron ipli ikkita filtrlash elementlari 14 va 15 orqali o’tadi. Moy kapron iplar sirtini ho’llaydi, havo esa bu moyga tegib o’zidagi chang zarralarini ip sirtida qoldirib, tozalanadi. Moy zarralari asta-sekin yiriklashadi va chang bilan birkalikda tubga oqib tushadi. Tozalangan havo potrubok 3 va kiritish truboprovodi orqali dizel silindrlariga tushadi. Dizel to’xtaganida moy teshiklardan oqib tushib kosa 20 ni to’ldi-radi.
Pastki filtrlash elementi 15 ning kapron iplari ustki filtrlash elementi 14 nikidan yo’g’onroq, lekin siyrakroq to’qilgan bo’ladi. Filtrlash elementlari trubka 5 ga va korpus 1 ichki sirtiga jips yopishadi hamda oboyma 2 va qulf oboyma 17 yordamida korpusda siljimaydigan qilib tutib turiladi.
SMD-60 dizelida 7-rasm, b da ko’rsatilgan tipdagi havo tozalagich o’rnatiladi, faqat unda qirqta siklon va poliuretan paroplastli qo’shimcha filtrlash elementi — kasseta 31 bo’ladi (7-rasm, v). Kasseta 22 dan chiqayotgan havo kasseta 31 orqali o’tadi va mayda zarralardan ko’shimcha tozalanadi.
YaMZ dizelida havo tozalagich ikki bosqichli kombinasiyalangan. Havo birinchi sidra siklonlarda, ikkinchi sidra kassetalarda tozalanadi, kas-setalarning filtrlovchi elementlari g’ovak kartondan yasaladi.