Mavzu: Dizelning ta’minlash tizimi, tuzilishi va ishlashini o’rganish Ishdan maqsad



Download 274,13 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2022
Hajmi274,13 Kb.
#684229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-Амалий машг

xizmat ko’rsatish.
Baklarga yoqilg’i quyishda ularga suv va yoqilg’ini ifloslovchi zarralar tushmasligiga e’tibor berish lozim. Yoqilg’i quyishdan oldin bak qopqog’i va bo’g’zini changdan tozalash va bak bo’g’zidagi filtrni yuvish hamda qopqoqdagi havo o’tadigan teshikni tozalash kerak. Ishlash paytida bakdagi yoqilg’ining batamom sarflanishiga yo’l qo’ymaslik kerak, bakda yoqilg’ining 10—12% qolishi zarur.
Traktorlar va avtomobillarga zavod ko’rsatmasiga muvofiq davriy texnikaviy qarov o’tkazishda filtrlar va baklardagi cho’kindini to’kib yuborish va baklar bo’g’zidagi filtr to’rlar, qopqoqlardagi qistirmalar hamda yoqilg’ini dag’al tozalash filtrlari yuvilishi lozim.
Traktorlar va avtomobillarning yoqilg’i baklari vaqt-vaqti bilan olinib yaxshilab yuviladi.
FG markali filtrlar (2-rasm) ga quyidagicha qarov o’tkaziladi. Stakan 6ni mahkamlovchi boltlar burab bo’shatilib, stakan olinadi va filt-rlovchi element 5 ajratib olinadi.
Filtrning barcha detallari dizel yoqilg’isi bilan yuviladi va qismlarga ajratishdagiga teskari o’laroq ma’lum ketma-ketlikda qayta yig’ishtiriladi.
Mayin tozalash filtri elementlari ifloslanishi tufayli ularning o’tkazish xususiyatlari pasayib ketadi. Bu esa dizelga yoqilg’i uzatilishining kamayishiga va quvvatining pasayishiga sabab bo’ladi.
2TF-3 filtri har 250 soat ishlatilganidan so’ng dizelning maksimal salt aylanishlar chastotasida ishlatib yuvilishi kerak. Uch yo’lli kran 10 sterjenini soat strelkasi yo’nalishiga teskari yo’nalishda 90° burib va o’ng seksiya tiqini 1 ni bir necha marta burab ochib o’yilsa, o’ng seksiya yuviladi. Bu vaqtda yoqilg’ining bir qismi teskari yo’nalishda parda orqali o’tadi va tiqin 1 ning teshigi orqali ifloslarni yuvib tashqariga chiqadi. Bu paytda chap seksiya dizel uchun yoqilg’ini tozalab berishni davom ettiradi. Yuvish toza yoqilg’i oqib tushguncha davom ettiriladi. O’ng seksiya tiqini 1 ni burab mahkamlab va chap seksiyanikini ochib, kran sterjenini soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha 180° ga burib chap seksiya yuviladi. So’ngra kran sterjeni ish vaziyati (soat strelkasi yo’nalishiga teskari yo’nalishda 90°) ga keltiri-ladi.
2STF-3 filtrining har 250 soatdan so’ng o’ng seksiyasi yuviladi, chap (kontrol) seksiyasidan esa cho’kindi to’kib yuboriladi.
Yoqilg’ini mayin tozalash filtrlari (D-160dizel) ning ip element-larini (yangisi 1000 moto-soatdan so’ng yangisiga, qog’oz elementlarini esa 1500 moto-soatdan keyin almashtirish kerak. Agar manometr bor bo’lsa yoqilg’i bosimi 0,06 MPa gacha pasayganda va ko’rsatkich strelka ishlash mumkinmas (birinchi qizil) zonaga siljiganida filtrlovchi elementlar almashtiriladi.
Filtrlovchi elementlari ikki qavatli filtrlovchi qog’ozdan iborat bo’lsa, tashqi ifloslangan ip gazlama qatlam va birinchi filtrlovchi qog’oz qatlam olib tashlangandan so’ng qayta ishlatilishi mumkin.
YaMZ dizelining yoqilg’ini dag’al va mayin tozalash filtrlari elementlari 250 moto-soatdan so’ng almashtiriladi.
Mayin tozalash filtri korpusning qopqoqlarida (4- rasm, b) ba’zan loy zarralari uchraydi. Bu yoqilg’i filtrlovchi elementlardan o’tmasdan qopqoqqa tushishi sababli sodir bo’ladi. Filtrning ishlashidagi bunday kamchilikning sababi shuki, yo filtrlovchi elementlar qo’yilishida qiy-shaygan bo’ladi, yoki ularning sterjeni kopqoqqa tiraladi, yo bo’lmasa pruji-nalar uncha elastik bo’lmaydi. Filtrni yig’ishda filtrlovchi elementlar 3 (4-rasm, b) o’zaro parallel bo’lishiga, filtrlovchi elementlar hamda qopqoq 20 ning plita 16 ga jips yopishib turishiga e’tibor berish lozim
Diafragmali nasosning yoqilg’ini kam uzatishi yoki butunlay uzatmay qo’yishiga birikkan joylardan havo so’rilishi, diafragmaning yirtil-ganligi, diafragma prujinalarining singanligi va klapanlarning jips yopilmasligi sabab bo’lishi mumkin. Havoning so’rilishi birikmalardagi zich bo’lmagan joylarni yo’qotib bartaraf qilinadi. Yirtilgan diafragma va singan prujina almashtiriladi. Qlapanlar jips yopilmaganda nasosni qismlarga ajratib, klapanlar, ularning uyalari va prujinalari tozalanadi va benzinda yuviladi.
Mexanikaviy aralashmalarning klapanlarga kirib qolishi va prujina bikrligining pasayishi tufayli yonilg’i haydash nasoslari yomon ishlashi mumkin. Birinchi kamchilik detallarni dizel moyida yuvib, ikkinchi kamchilik esa prujinani almashtirib bartaraf qilinadi.



Download 274,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish