1- rasm. D-240 dvigateli ta’minlash sistemasining sxemasi:
1-so’ndirgich; 2-yoqilg’i baki; 3-kran; 4.6,8,10-yoqilg’i o’tkazgichlar; 5-dag’al tozalash filtri; 7-yoqilg’i haydash nasosi; 9- mayin tozalash filtri; 11 - tezlik regulyatori; 12-yoqilg’i nasosi; 13-yuqori bosimli yoqilg’i utkazgich; 14-yonish kamerasi; yoqilg’i to’kish truboprovodi; 16-forsunka; 17-chiqarish truboprovodi; 18-havo tozalagich; 19-kiritish truboprovodi; 20-elektr isitgich
Yoqilg’i baki. Po’lat listlardan yasaladi. Bak hajmi dvigatelning to’la nagruzka bilan kamida 10 soat davomida to’xtovsiz ishlashiga mo’ljallangan. Bakning mustahkamligini oshirish va yoqilg’i chayqalishini kamaytirish maqsadida bakning ichiga ikkita to’siq panjara payvandlangan. Bakning yoqilg’i quyiladigan bo’g’ziga: to’r filtr joylashtiriladi va yoqilg’i sathini o’lchash lineykasi o’rnatilgan. Bakning bo’g’zi qopqoq bilan berkitiladi, qopqoqdagi teshik bakni atmosfera bilan tutashtiradi. Bakdan yoqilg’i trubka orqali olinadi, bu trubka yoqilg’i cho’kindilari ta’minlash sistema-si asboblariga tushish ehtimolini kamaytirish maqsadida bak tubidan yuqoriroq qilib o’rnatilgan. Yoqilg’i sarflash krani bakni ta’minlash sistemasining boshqa qismlaridan uzib qo’yish uchun, to’kish krani esa yoqilg’i cho’kindilarini to’kish uchun xizmat qiladi.
Dizel yoqilg’isini tozalash filtrlari. Dizellarda yoqilg’i ikki qayta, ya’ni ham dag’al, ham mayin tozalash filtrlarida tozalanadi (2-rasmga qarang).
Dag’al tozalash filtri yoqilg’idan yirik (o’lchami 0,1 mm dan katta) mexanik aralashmalar va mayda suv tomchilarini ajratish uchun, mayin tozalash filtri esa mayda qattiq zarralarni ajratish uchun xizmat qiladi.
2-rasm. FG tipidagi dag’al tozalash filtri.
1va 2-kovak boltlar; 3-korpus; 4-taqsimlagich; 5- filtrlash elementi (setkali filtr) ; 6-stakan; 7-tinchlatgich; A, B, V-bo’щliqlar
A-41, A-01M, D-240 dizellarda yoqilg’i FG tipidagi filtr-tindirgichda (2- rasm, ) dag’al tozalanadi. Bu filtr quyidagicha ishlaydi. Yoqilg’i bakdan ichi kovak bolt 1 orqali haydovchi nasos bilan tortib olinib, korpus 3 dagi halqa kovak A ga to’ldiriladi va taqsimlagich 4 dagi diametri 2 mmli sakkizta teshik orqali stakan 6ga tushadi. Yoqilg’i oqimi filtr-lovchi element 5 va stakan 6 orasidagi halqa zazor orqali o’tib, kovak B ga keladi. Nasos bilan tortib olingan yoqilg’ining asosiy qismi o’z yo’nalishini keskin o’zgartirib, kataklarining o’lchami 0,1 X 0,1 mm bo’lgan filtrlovchi element 5 to’ri orqali o’tadi. Yoqilg’ining qolgan qismi stakan 6 devori bo’ylab pastga oqadi. Solishtirma og’irligi katta bo’lgan mexanik aralashma va mayda suv tomchilari o’zining to’g’ri chiziqli harakatini saqlab qolishga intiladi va yoqilg’i oqimi bilan birgalikda tinchlatgich 7 va stakan 6 orasidagi halqa zazor orqali o’tib tindirgich kovagi V ga tushadi. Tinchlatgich 7 yoqilg’ini sirkulyasiya qiladigan kovak B ni kovak V dan ajra-tib turadi va vibrasiya paytida tindirgichdan kovak B ga yoqilg’i tushishini kamaytirgan holda filtrning samarali ishlashini ta’minlaydi.
A-01M dizellarida birinchi va ikkinchi bosqich tozalashlari navbat bilan ishlaydigan ikki bosqichli mayin tozalash f i l t r i (3- rasm, a) o’rnatilgan.
Birinchi bosqich sifatida ikki seksiyadan tuzilgan 2TF-3 filtri ishlatiladi. Har qaysi seksiya plastmassa korpus 14 dan iborat bo’lib unga ajratilmaydigan filtrlovchi element 4 (ETF-3) joylashtirilgan.
Ikkala seksiya bitta umumiy qopqoq 8 ga mahkamlangan filtrlovchi element 4 yoqilg’i o’tishi uchun teshikli karton silindrga joylashtirilgan maxsus qog’ozdan yasalgan parda (shtora) ga o’xshash bo’ladi. Pardaning tozalash sirtini katta qilish maqsadida u qat-qat qilib buklangan. Silindr yuqori va pastdan tunuka qopqoqlar bilan jips mahkamlangan. Filtrlovchi ele-ment bir uchi shtuser 13 ga burab kiritilgan, ikkinchi uchi esa qopqoq 8 ga gayka 9 bilan mahkamlangan sterjen 5 ga kiydiriladi. Yuqoridan filtr-lovchi element qopqoqqa yelimlangan namat halqa 7 bilan, pastdan esa sterjen 5 ga zichlab kiydirilgan rezina salnik 3 bilan jipslab berkiti-ladi. Filtrlovchi elementlar qopqoq 8ga prujina 12 bilan siqib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |