SHomonizm «shomon» so’zidan olingan bo’lib, u tunguschada «o’ta ќayajonlangan», «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik bu so’z ruslar orљali butun Sibirga, XVIII asrda esa, ђarbiy yevropaliklar tiliga kirib kelgan va shu bilan u xalќaro ilmiy terminga aylangan. Biroљ bu degani barcha Sibirь xalљlarida shomon bir xil nom bilan atalagn degani emas. SHomon masalan, Sibirning turkiy tillarda so’zlashuvchi xalљlarida «kam» deb atalgan.
SHomon - љabilaning ruќoniysi. Diniy tasavvurning bir shakli sifatida shomonizmga xos bo’lgan umumiylik - bu, shomonlarning aloќida iloќiy љudratlariga ishonishdir.
SHomonizm o’z taraљљiyotida љator bosљichlardan o’tgan. SHomonlikning eng dastlabki shakli Kamchatkada yashovchi itelьman љabilasida shakllangan. Itelьmanlarda ќaљiљiy professional shomon bo’lmagan. Bu љabilaning ќar bir a’zosi shomonlik љilishi mumkin edi. SHuning uchun ќam ularda dastlab xotinlar tomonidan, unda ќam ќariya xotinlar tomonidan amalga oshirilgan. SHomonizmdagi ikkinchi bosљich - uruђ shomonizmi edi. Bu davrda ќam shomon ќali professional bo’lmasa-da, u uruђ marosimlarini bajarishni amalga oshiruvchi ќisoblanardi. Endi ќar bir uruђning o’z shomoni bo’lgan.
SHomonizmdagi yuљori bosљich - professional shomonlarning paydo bo’lishi ќisoblanadi. Endilikda shomonlik kasbga aylangan. SHomon shu kasbi orљali daromad topgan, ќayot kechirgan. Endi u o’ziga murojaat etgan ќar љanday odamning iltimosini bajarardi.
Xulosa
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z echimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me’yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31- moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod
qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan
singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan: - dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish; - diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; - diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik; - ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati; - dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish. O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. CHunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-ma’rifiy davlatda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga asosan diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi. O‘zbekistonning tashqi olam bilan har tomonlama – siyosiy, iqtisodiy, ilmiy aloqalari yanada mustahkamlanib borayotgan hozirgi kunda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma’naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud bo‘lib kelgan dinlarning tarixi, hayotiy tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish, talabalarda Vatan tarixini chuqurroq tushunib etish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Dinshunoslik” fani talabalarda din, uning turli shakllari, ta’limotlari, yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan dunyoviylik va diniylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantiradi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun, jinoyat, fuqarolik, oila kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, qoidalar dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Din va qonun o‘zaro munosabatlarini to‘g‘ri anglash, respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mamlakatimizda talabalarga “Dunyo dinlari tarixi” fanini o‘qitish muhim masalalardan biriga aylandi. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqod va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. SHuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan muhim o‘zgarishlar, yangiliklar haqida ma’lumotlarni berish ko‘zda tutilgan. Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi. “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |