7)SHomonlik. SHomon so’zi tunguscha so’z bo’lib «jazavali kishi» degan ma’noni anglatadi. Bu so’z keyinchalik butun sibirga, so’ngra Yevropaga tarqalib, xalqaro atamaga aylangan. SHomonlik ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilayotgan davrda jahonning bir talay xalqlarida vujudga kelgan eng qadimgi binlardan biridi, bu dinning ruhoniysi shomon hisoblanadi. SHomonlar o’z qavmlariga, odam yaxshi va yovuz arvohlar panohida, homiyligida yashaydi, odamning sog’ligi, baxti va taqdiri shularning qo’lida deb tushuntiradilar.
SHomonlar odamlar va ruhlar o’rtasida vositachilik qilaolish qudratiga ega bo’lgan kishilardir. Ular kelajakni oldindan aytib berish, uzoq joylardagi voqealarni bilish, kasalliklarni daf etish, tabiat hodisalarini o’zgartirish, marhumlarni narigi dunyoga kuzatib borish kabi hislatlarga ega bo’lgan ruhoniylardir. Ular g’ayritabiiy qobiliyatga ega bo’lib, ashula aytish, raqsga tushish, nog’ora, childirma chalish yo’li bilan jazavaga tushib, yovuz va saxiy ruhlar bilan bevosita munosabatda bo’laolganliklari uchun kasalliklarni davolash, fol boqish va boshqa amallarni bajarishgan.
Tajribali shomonlar odamda iste’odoli ginozchi, folbin, ko’zboylog’ich, qo’shiqchi, shoir, baxshilar bo’lishgan. Ular bemalol ruhlarni chaqiraolar, ularga iltimoslar, iltijolar qilar, xatto ular bilan kurashaolar edilar. SHomonlar urug’-qabilaning obro’li homiysi, qo’riqchisi, ruhi bo’lganlar.
SHomonlikka da’vogar bo’lgan odam «shomonlik kasali»ga yo’liqishi, xususan ruhiy kasalga uchrashi kerak. Ruhlar bunday odamni o’ldirib, so’ng boshqa qiyofada, boshqa sifatda tiriltirib, qaytadan yaratadilar. SHomonlik iqtidori nasliy hisoblangan.
Turli xalqlarning shomonlari turfa rasm-rusumlarga rioya qilishgan, xar xil kiyinishgan, muqaddas buyumlar va ruhlar to’g’risidagi tasavvurlari ham rang-barang bo’lgan. Masalan, Janubiy Sibir xalqlarida shomonlarning maxsus belgilari: qo’ng’iroqli childirmalari, nog’oralari, surnaylari, turli buyumlar osilgan maxsus kiyimlari va o’z marosimlari bo’lgan. SHomonlik jahon dinlarining shakllanishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi vaqtda ham inson oyog’i yetishi qiyin bo’lgan chet o’lkalarda qisman saqlanib qolgan.
Neolit davridagi yutuqlar odamlarning turmushini, ularning ta’sir etadigan barcha sohalarini tubdan o’zgartirdi. Odam o’simliklarni o’stirish, ozuqa zahiralarini hosil etishni asta-sekin o’rgandi. Bu esa odamni o’troq hayot kechirishga majbur etdi. Qadimda hayvonlarni qo’lga o’rgatdi hamda ular berayotgan mahsulotdan foydalanishni o’rgandi. Bu nafaqat go’sht, balki sut va teridir. Ovqat pishirish bilan tanishishi hamda idishlar yasash odamni yangi muhim materiallarni o’zgartirishga majbur etdi. Odam, ovqat va ichimliklarni saqlash uchun mo’ljallangan idishlar, uy qurish uchun foydalanadigan loyni tayyorlashga o’rgandi. Neolit davri yuqori paleolitdan keskin farq qiladi. SHu jumladan tosh buyumlarini silliqlash va sayqal berish – bu esa muhim farq bo’lib ushbu farq davrga nom berdi.
Neolit davri dehqonlarga yangi ishlab chiqarish imkoniyatlarini berdi. Dehqonlar zich va ko’pchilik guruhlar bilan o’rnashardi. Dushmandan hamda yovvoyi hayvonlardan himoyalangan qishloqlar kengayib, atroflarida kichik qishloqchalar o’rnashar edi. Tinchlik va ovqat bilan ta’minlash, tug’ilish va bolalarni tirik qolishi va o’sishiga imkon berar edi. Aholining keskin ko’payishi yangi yerlarni o’zlashtirishga, hayot tarzini o’zgarishi diniy tasavvurlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratdi. Dehqonchilikning ehtiyojlari hosilni uzoq vaqt sabrsizlik bilan kutishi kerakligi hamda aniq vaqtni hisoblash muhimligi, yil fasllarining tsikllarini bilish – bularning barchasi dehqon qabilalarining osmonu-erga, quyoshu-oyga, yomg’iru-shamolga yangi qiziqishini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu degani qudratli ruhlarga bog’liqlik sezilarli va ko’zga tashlanadigan bo’lib qoldi. Iltijo va qurbonlik ularga atala boshlandi. Ammo tabiiy imkoniyatlar to’g’risidagi tasavvurlar keskin o’zgardi. Natijada qadimgi ruhlar – animistik sig’inish ob’ekti asta-sekin o’ta qudratli xudolarga aylandilar. Ular uchun mehrob hamda cherkovlar tashkil etilardi va ularda kechayu-kunduz, dehqonlar jamoasidan maxsus ajratilgan mutaxassis xizmatkorlar – kelajakdagi qohinlar xizmat qilardi. Qadimgi totemistik tasavvurlar ham o’zgardi, dehqonlarni hayoti ov natijasiga bog’liq bo’lmagan holda, hayvonlar qadrlana boshlandi, ammo hayvonlar va totemistik tasavvurlar avlodlar xotirasida saqlanib qolavergan. Bu esa zoomorfik tashqi qiyofani biron-bir sig’inilgan xudoda aks etishiga olib keldi. Aksariyat xudolarning ko’rinishi hayvon, qush, baliqlarning yoki boshi yoki tanasi shaklida bo’lar edi. Bu mifologik qahramonlarning yuqorida aytib o’tilgan xudoga qarindoshligi saqlanib qolgan.
Fetishizmning sokin xarakteri o’zgardi, xudolarning qudratli butlari, mehroblar yoki cherkovlar yoniga o’rnatilgan yirik haykallar shakliga aylandi.
Ba’zan butlar o’rniga ramziy haykalchalar, turli shakldagi toshlar guruhi foydalanildi. Fetishizmning rivojlanishida bu haykal va qurilmalar ibodatxonalarning ramzi bo’lib xizmat qildi.
Afsun ham o’zgardi. Afsungarlarning dushmanlarga ziyon yetkazish va omadli ov bilan ta’minlash, ruhlar yordamida o’z maqsadiga yetishishning ibtidoiy usullari o’rniga yangi, puxta o’ylangan ilohlar bilan aloqa marosimlari, boshqa diniy marosimlar, ibodat va qurbonlik qilish tartiblari yuzaga keldi. Bular asosida qadimgi afsunlar yotar edi. Ammo bir qancha yangiliklar yuzaga keldi. Bunday yangiliklardan biri – fol va bashorat edi. Bular afsunga yaqin bo’lgan, hamda unga asoslangan afsun tamoyillari va usullari edi. Ammo uning maqsadi boshqaedi ya’ni istakni amalga oshirish emas, balki uni bilishdir. Folbinlikning ilk shakllanidan neolit davridan ilgari ham amal qilardi. Ammo tizim sifatida neolit davrida yakunlandi. Neolit davridagi dehqonlar qudratli tangridan qo’rqqan holda uning yaxshi niyat munosabatlariga juda qiziqar edilar. Buning uchu tabiat kuchlari ilohlariga yoki ilohiylashtirilgan ajdodlarga ibodat (qurbonlik) qilishar edi. Ularning hayolida keltirilgan qurbonliklar hamda ilohiylarga ibodat qilishlari ularga yordam keltiradi va iltimoslarini rad etmaydi. Ammo buni qanday bilish mumkin? Mana shu yerda barcha usul va tamoyillari bilan fol ochish yordamga kelar edi. Har bir shamanga mansub bo’lgan ibtidoiy afsun marosimlaridan farqli o’laroq, folbinlin yuqori saviyali madaniyatni talab etardi. Marosimlarni olib boruvchi folbin kiyim shartli belgilari tizimiga rioya qilishi shart edi. Bu shartli belgilar ilohini qoniqtirganligini hamda ularning iltijolariga aniq javob berishga tayyorligini anglatardi. Belgilar tizimi har xil – elementar qur’a tashlashdan to murakkab chiziq, yorug’ nuqta va chiziqlarni qo’shilishigacha bo’lar edi.
O’rta Osiyoda marќumning jonini arvoќ deb atashgan. Arvoќning bir xususiyati shundaki, u o’likni tashlab uzoљљa ketmaydi, lekin u љabrdan tashќariga chiљadi, deb o’ylashgan. SHuning uchun ќam љadimgi zamonlarda arvoќ uchun go’rni teshib љo’yganlar yoki mozor oldida arvoќ uyi љurganlar. Arvoќ ќamma joyda- daraxtlarda, ariљ va daryolarda, xovuz va xarobalarda yuradi. SHunga ko’ra, kishilar o’z boshlariga biron-bir mushkul ish tushsa, o’sha yerlarga borib siђinganlar, pul tashlaganlar, arvoќlardan madad so’raganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |