2)Animizm (lotincha – anima – ruh, jon). Animizm ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvon va o’simliklarda, jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi dastlabki din shakllaridan biridir. Ilk animistik tasavvurlar o’tmishda oilaviy jamoalarning shakllanishigacha vujudga kelgan. Diniy tizim sifatida keyinroq shakllangan.
Animistik tasavvurlar totemizmga nisbatan kengligi va umumiy xarakterga egaligi bilan farqlanadi. Animistik qarashlar barchaga barobar va tushunarli bo’lgan. Animistik tasavvurlar hozirgi dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Barcha dinlarda ruh mavjudligi xususida ta’limot mavjud.
3)Fetishizm. Frantsuzcha fetish so’zi sehrli narsa, tumor, but, sanam ma’nolarini anglatadi. Feteshizm narsalarni g’ayritabiiy deb ishonish va ularga sig’inishni anglatadi. Fetish bo’lib, tosh, tayoq, moddiy buyumlar bo’lishi mumkin, ya’ni fetishizm jonsiz jismlarga sig’inishdir. Fetishizmning rivojlanishi yog’och, loy va boshqa narsalardan yasalgan buyumlar ya’ni hunarmandchilikni vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Ibtidoiy odamlar butlar va tumorlarda g’ayritabiiy ilohiy qudratning timsolini ko’rsatganlar. Hozirgi kunda ham uning asoratlari mavjud bo’lib, ularga sedana, tasbeh, munchoq, qalampirmunchoq, isiriq, ko’ztikan, piyoz, sarimsoq, qora murch, daraxtlardan: yong’oq, anjir, jiyda, archa va boshqalar tabarruklashtirilgan, muqaddas sanaladi. Fetishizm unsurlari barcha dinlarda hozirgacha yashab keladi.
Butlar va tumorlarda jamoalar g’ayritabiiy dunyodan keladigan ilohiy qudratning timsolini ko’rganlar. Bunday fetishga odatda afsungarlar, shamanlar ega bo’lib, ular afsungarlik usullariga ibnoan bunday buyumlarga ta’sir ko’rsatganlar. Ibtidoiy odamlarning dastlabki diniy taassurotlari umumiy majmuasining shakllanish jarayonida fetishizm yakunlovchi bosqich bo’lib qoldi. Haqiqatda, ajdodlarni va tabiatni jonlantirish bilan bog’liq bo’lgan animizm, turli totemlar hamda o’lib ketgan ajdodlar shaxsiga bog’liq totemizm orqali ibtidoiy odamlar ongida real buyumlar bilan birga ilohiy va illyuziya dunyosi borligi haqidagi tushuncha paydo bo’ldi. Natijada ularning ongida zamonaviy fikr yuritish qobiliyati mustahkamlandi va nihoyat fetishlarning paydo bo’lishi shuni ko’rsatadiki, afsonaviy qudrat faqatgina vaqt va bo’shliqda ko’chib yurish xususiyatiga ega bo’lib qolmasdan, balki voqeiylik dunyosidagi buyumlarda ham bo’lishi mumkin. SHunday qilib, urug’chilik jamiyatining tashkil topish jarayonida ibtidoiy odamlarning ongida dastlabki diniy ko’rinishlarning keng, aniq, tartibli majmuasi ishlab chiqildi. Buning ma’nosi shuni anglatadiki, diniy tasavvurlar odam hayotining bo’linmas, hattoki asosiy qismi bo’lib qoldi. Jamiyat va tabiat qonunlarini, albatta, o’sha dunyo kuchlari boshqaradi. SHuning uchun jamoa yaxshi yashayman desa, ozuqalar bilan ta’minlangan, kimningdir tomonidan himoyalangan bo’lishni istasa, birinchi vazifasi u o’sha g’ayritabiiy kuchlarni juda ham hurmat qilishi kerak edi. Dunyo haqidagi bu tasavvurlar vaqt o’tishi bilan takomillashib bordi v insoniyat hayotida uzoq vaqt mobaynida o’z ta’sirini o’tkazib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |