3. Urug’-qabila dinlari
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoki millat tanlamasligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1) Urug’-qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga asoslangan, o’z urug’idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila boshliqlariga sig’inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon dinlari ichiga singib ketgan bo’lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Amerika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan.
2) Millat dinlari – ma’lum millatga xos bo’lib, boshqa millat vakillarini o’ziga qabul qilmaydigan dinlar ularga yahudiylik, hunduiylik, konfutsiychilik va daotsizm (xitoy), sintoizm (yapon) kiradi. 3) Jahon dinlari – dunyoda eng ko’p tarqalgan, kishilarning millati va irqidan qat’iy nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin bo’lgan dinlar. Unga buddaviylik, xristianlik va islom dinlari kiradi. Dinlar o’z ta’limotlariga ko’ra monoteistik – yakkaxudolik (yahudiylik va islom) va politeistik – ko’pxudolik (hinduiylik, konfutsiychilik, xristianlik) dinlariga bo’linadi.
3.Diniy ongning shakllanishida asosiy omillar - ibtidoiy odamning tabiat injiqliklari oldida ojizligi va undagi qo’rquv, bilimning yetishmasligi va boshqalar shunga olib keldiki uning ongida hayoliy-fantastik tasavvurlar paydo bo’la boshladi. Qabiladagi ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi, mehnat taqsimotining vujudga kelishi, ov qurollari va mehnat qurollarining takomillashuvi, inson ongining amaliyot bilan bog’liq holda o’sib borishi ibtidoiy diniy tasavvurlarning yanada rivojlanishiga va mustahkamlanishiga hamda diniy g’oyalarning vujudga kelishiga olib keldi. Ushbu diniy g’oyalardan eng birinchilaridan biri dafn etish marosimidir. Ibtidoiy odam o’z qarindoshlarini ko’mishda maxsus marosimlar, ma’lum tayyorgarlik udumlariga amal qilishgan, ular jasadni bo’yoqlar bilan bo’yab, uning oldiga kundalik ehtiyoj buyumlari, zeb-ziynatlari, mehnat va ov qurollari qo’yar edi. Bular ibtidoiy odamlarda oxirat mavjudligi haqidagi ibtidoiy tasavvurlar mavjudligidan dalolat beradi. Ibtidoiy g’oyalarning yana biri ov qilish marosimidir. Ibtidoiy odamlar qoyatosh devorlariga turli hayvonlar rasmini chizib, ov baroridan kelishi uchun ular bilan g’ayritabiiy tarzda aloqa bog’lashga intilganlar. SHu bilan birga ular ajdodlarining ruhlari hayvonning hulq-atvoriga ta’sir o’tkazishda katta yordam beradi degan tasavvurlari mavjud bo’lgan. Bu tasavvurlar keyinchalik tiriklar bilan marhumlar o’rtasida aloqa bog’lovchi vositachilar – sehrgarlar, shamanlar, folbinlar va h.k. faoliyatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |