Мавзу: девиант( ОҒМА) хулқ- атвор социологияси. Режа: Девиант феъл-атвор тушунчаси ва унинг турлари



Download 28,01 Kb.
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi28,01 Kb.
#248490
1   2   3   4
Bog'liq
девиант

Z.Freydning fikricha, inson xulq-atvorining asosida atrof-muhitni ongli baholash bilan ongsiz ishtiyoq orasida ziddiyat yotadi. Ongsizlik asosida esa insonga beshikdan to qabrgacha soyadek ergashib yuradigan, uning barcha fikr va istaklarini belgilaydigan jinsiy rag‘bat – “libido” yotadi. Barcha atrofimizdagi voqea-hodisalarni jinsiy rag‘bat belgilaydi. Inson ruhiyatidagi barcha jarayonlar hayot instinkti Eros va o‘lim instinkti -tanatos o‘rtasidagi kurash natijasi bo‘lib, har qanday xulq-atvor, jumladan noto‘`ri xulq-atvor ham, jinsiy rag‘bat va yashash uchun kurash natijasidir.

Deviant xulq-atvorga R.Merton ishlab chiqqan ta’limot zamonaviy sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E.Dyurkgeymning anomiyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari va mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratib berishi natijasi bo‘lmish funksional kamchiliklar maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarning tashkil bo‘lishiga olib keladi. Maqsad va vositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin.

1. Bo‘ysunish (maqsad va vositalarni qabul qilish).

2. Innovatsiya (maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish).

3. Ritualizm ( maqsadlarni inkor etish va vositalarini qabul qilish).

4. Retretizm, chekinish (maqsad va vositalarni inkor qilish).

5. Isyon (maqsad va vositalarni inkor qilib, yangilarini o‘rnatish).

Deviant xulq-atvor nazariyasida ijtimoiy me’yor markaziy o‘rin tutar ekan, avvalo ijtimoiy me’yorning o‘zi nima va uning qanday turlari mavjudligini shuningdek, deviant xulq-atvorning eng ko‘p uchraydigan va yaqqol namoyon bo‘ladigan turlari; jinoyatchilik , ichkilikbozlik, giyohvandlik va fohishabozlikning nima ekanligini aniqlab olishimiz kerak.

Ijtimoiy me’yor – jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarda shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorining morslashishi vositalaridan biri va ularning xulq-atvorlarini jamiyat tomonidan nazorat qilish vositasidir.

Ijtimoiy me’yorning bir qancha turlari mavjud;

1. Xuquq. Individga nisbatan ob’ektiv, tashqi uning xulq-atvorini boshqaruvchi qoidalar tizimi. Har qanday jamiyatda xuquq xukmron tabaqa demokratik ko‘pchilik yoki butun xalqning yagona irodasini namoyon etuvchi va shu sababli hech qanaqa o‘xshatmasi yoki muqobili bo‘lmagan yagona me’yorlar majmuidir.

2. Axloq. Etika mutaxassislarining fikricha, umumiy va xususiy manfaatlarning moddiy determinatsiyalashgan qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi.Insonning o‘zini takomillashtirish va o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish qobiliyatlarini anglatadi. Xuquqdan farq qilib, axloq birinchidan, baholash vazifasini bajaradi (yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz), ikkinchidan, uning me’yorlari birinchi navbatda nomus, burch, vijdon, adolat va shu kabi tushunchalarni mujassamlashtirgan ichki ruhiy kechinmalar orqali faoliyat yurgizadi.

3. Urf-odatlar. Ushbu me’yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil,ba’zan to‘la shakllangan ko‘rinishga ega bo‘ladilar.

4. Diniy me’yorlar. Ushbu tizim juda qadimiy bo‘lib, diniy ta’limot tavsifiga ko‘ra diniy me’yorlar ham turlicha bo‘ladi. Shuningdek, mazmuniga ko‘ra diniy me’yorlar turli, xuquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me’yorlarni o‘z ichiga oladi va shu sababli ko‘pincha yuqoridagi me’yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xxususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me’yorlar ichki ta’qiqlar bilan birga tashqi ta’qiqlar orqali ham ta’sir qiladi. Tarixiy tajribada, hamda hozirgi jarayonlar, ayniqsa islom davlatlarida aksariyat diniy me’yorlar dindorlar uchun kuchli ta’sir vositalari hisoblanib, ularni turli jinoyatlar , fohishabozlik va ichkilikbozlik kabi illatlardan saqlab turuvchi vosita ekanligini ko‘rsatmoqda.

Deviant xulq-atvorni fanda turlarga ajratib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda ushbu jarayonlarni turlicha tasniflash mavjud bo‘lib, shulardan biri ularning ham ob’ektiv ham sub’ektiv tomonlari bilan bo`liq bo‘lgan tasniflashdir. Bunga ko‘ra deviant xulq-atvor turlari 2 guruhga bo‘linadi;

a) tashqi muhitga yo‘naltirilgan xulq-atvor (ekstravertiv (masalan, jinoyatchilik));

b) shaxsning o‘ziga yo‘naltirilgan xulq-atvor (intravertiv ( masalan, ichkilikbozlik)).

Deviant xulq-atvorning bundan tashqari quyidagi turlari mavjud;

a) jinoyatchilik. Ma’lum bir xududda, ma’lum bir davrda sodir etilgan barcha jinoyatlardan iborat bo‘lib, jamiyatdagi nisbatan ommaviy tarixan o‘zgaruvchan ijtimoiy xuquqiy xodisadir.

b) ichkilikbozlik. Ilmiy adabiyotlarda bir necha qarashlar mavjdud bo‘lib, aksariyat mualliflar ichkilikbozlikni quyidagilarshga ajratadilar; 1) alkogolni xar -har zamonda iste’mol qilish. 2) alkogolni ko‘p iste’mol qilish - spirtli ichimliklarni tez-tez (hafta bir martadan bir necha martagacha) yoki har-har zamonda bo‘lsa ham ko‘p miqdorda ( 200 ml dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi.

3) alkogolizm. - spirtli ichimliklarga patologik ( muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.

v) giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarni tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish. Ijtimoiy tibbiy sohada giyohvandlik tushunchasining narkotik iste’mol qilish bilan bo`liq ikki turi mavjud; kasalliksiz, bunda narkoman ixtiyoriy ravishda giyohvand moddalar iste’molini to‘xtata oladi; kasal (odatiy), bunda narkoman giyohvan moddalar iste’molini ixtiyoriy ravishda to‘xtata olmaydi.

g) fohishabozlik. Fanda nikohsiz jinsiy aloqaning ikkita turi mavjud.1. Konkubinat - nikohsiz birga yashash. 2. Fohishabozlik- pul uchun o‘z tanasini sotish. G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, bizda ikkila holatda ham axloqsizlik deb qaraladi.

d) byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslida «hokimiyatga ega bo‘lgan xodim» degan ma’noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste’mol qilish kabi salbiy ma’nolarda qo‘llanila boshladi. Hozirgi kuyda ko‘plab davlatlarda «byurokratiya» termini asl ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi.

Yuqoridagilardan tashqari mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me’yordan chskinishning diqqattalab ko‘rinishlaridan hisoblanadi.

Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab. E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan.

Ma’lumki, sotsiologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri «O‘z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi.

Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chikkan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. EDyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir».

Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.

Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar boshqaradi. Ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi bo‘lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan sotsial muhitga moslashtiruvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy me’yorning bir necha turlari mavjud bo‘lib, huquqiy, axloqiy, diniy hamda urf-odatlarga oid me’yorlar shular jumlasidandir.

Ijtimoiy me’yorning afzalligi shundaki, yoshligidanoq muayyan me’yorlarga moslashtirib borilgan shaxslar umum tomonidan qabul qilingan tamoyillar doirasidan chetga chiqmaydi va boshqalardan ham shuni kutadi. Jamiyat taraqqiy etib borgan sari o‘rnatilgan me’yorlar ham eskirib boradi va yangi me’yorlar o‘rnatiladi. Yangi me’yorlarni o‘rnatish jarayoni jamiyatda o‘rnatilgan mavjud me’yorlar doirasini kengaytirish va o‘zgartishdan iboratdir.

Jamiyat a’zolarini mazkur ijtimoiy me’yorlarga amal qilib yashashlarini nazorat qilib boruvchi institutlar ijtimoiy nazorat institutlari deyiladi. Ushbu institutlarga oila, maktab, mahalla, huquqni muhofaza qilish organlari va hokazolar kiradi.

Insonlar bolalarga ijtimoiy me’yorlarni o‘rgatib borish bilan birga, xulq-atvor me’yoriy talablarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat etishadi va bu bilan ijtimoiy nazorat vakili vazifasini bajarishadi. Nazoratni yakka shaxs amalga oshirsa, bu ivdividual tavsifga ega bo‘ladi, agar butun bir jamoa, oila, do‘stlar, maktab, mahalla (qo‘ni-qo‘shnilar) tomonidan amalga oshirilsa, ijtimoiy tavsifga ega bo‘ladi hamda u ijtimoiy nazorat deyiladi.

Ijtimoiy nazorat vakillari insonlar xulq-atvorini boshqarishning eng muhim vositasi bo‘lib, deviant xulq-atvorning oldini olishda ham ushbu jamoalarning o‘rni katta bo‘ladi.

Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu — oiladir: Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni kattadir.


Download 28,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish