Ijtimoiy sanksiya (sanksiya – lot. qat’iy qaror ma’nosini bildiradi.) deb ijtimoiy guruh yoki tizimning individ xulqiga ijtimoiy normadan ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishiga nisbatan reaksiyasi tushuniladi. Ijtimoiy sanksiya jamiyat hayotini boshqarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsning ijobiy xatti-harakati uchun rag‘batlantirish yoki yomon salbiy xatti-harakati uchun jazo belgilash bilan ijtimoiy nazorat vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy sanksiya turlari:
1) Jismoniy sanksiya: kaltaklash, ozodlikdan mahrum etish, o‘lim jazosi va boshqalar.
2) Iqtisodiy sanksiya: mukofotlash, moddiy rag‘batlantirish, jarima solish va boshqalar.
3) Ramziy sanksiya: hurmat bildirish, izza qilish, xayfsan berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |