Mavzu. Davlatning barqarorlashtirish siyosati



Download 107,21 Kb.
bet1/11
Sana22.01.2022
Hajmi107,21 Kb.
#400276
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlatning barqarorlashtirish siyosati.


MAVZU. DAVLATNING BARQARORLASHTIRISH SIYOSATI.

Reja:

1. Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari.

2. Siyosatni amalga oshirish va uning oqibatlarida vaqt oraliqlari.

3. Siyosat qonun-qoida tomonidanmi yoki mulohazakorlik bilan olib borilishi lozimmi?

4. Inflyatsiyaning maqsad qilish tartib-qoidami yoki erkinligi chegaralangan mulohazami?

Tayanch so’z va iboralar: Soliq islohoti, pulga bo’lgan talab, Ochiq bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi

1. Barqarorlashtirish siyosati tushunchasi va xususiyatlari.

Hukumat siyosatchilari biznes sikliga qanday munosabatda bo’lishlari lozim? Yuqorida keltirilgan ikkita fikr: birinchisi - Federal zahira tizimining sobiq raisining fikri, ikkinchisi - Federal zahira tizimi siyosatining mashhur tanqidchisining - bu savolga javoblar xilma xilligini namoyon etmoqda.

Ba’zi iqtisodchilar, William McChesney Martin kabi, nobarqarorlikni iqtisodiyotga xos bo’lgan xususiyat deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiyot doimo yalpi talab va yalpi taklif sohasida to’satdan shoklarga duch keladi deb ta’kidlaydilar. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishga yo’naltirilgan pul va byudjet-soliq siyosati o’tkazilmasa, bu shoklar ishlab chiqarish hajmlarida istalmagan va samarasiz tebranishlarga olib kelishi, ishsizlik va inflyatsiya muammolarini kuchaytirishi mumkin. Hammaga tanish bo’lgan fikrga ko’ra, makroiqtisodiy siyosat “shamolga qarshi yurishi”, ya’ni turg`unlik sharoitida iqtisodiyotni rag’batlantirib va “qizib ketganda” uning o’sishini sekinlashtirishi lozim.

Milton Fridmanga o`xshagan boshqa iqtisodchilar iqtisodiyot tabiyatan barqaror deb hisoblashadi. Vaqti - vaqti bilan unda yuzaga keladigan kuchli va xatarli tebranishlar uchun javobgarlikni ular noto’g’ri iqtisodiy siyosat zimmasiga yuklaydilar. Ular iqtisodiyotni maqsadga yo’naltirilgan tadbirlar yordamida “nozik sozlash”ni ta’minlashga harakat qilish kerakmasligini isbotlaydilar. Aksincha, iqtisodiy siyosatchilar imkoniyatlari cheklanganligini hisobga olib, zarar yetkazishmaganidan xursand bo’lish kerakligini uqtiradilar.

O’n yillar mobaynida bu masala bo’yicha munozaralarga o’z nuqtai nazarlarini asoslash uchun turli dalillarni ilgari surgan ko’plab qatnashchilar jalb etildilar. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda iqtisodning tebranishlar nazariyasini qo’llash haqidagi masala bu munozaralar diqqat markazida bo’ldi.

Ushbu mavzuda ikkita munozarali masalani muhokama qilamiz. Birinchisi: iqtisodiyotni barqarorlashtirishda monetar va fiskal siyosat faol rol o’ynashi kerakmi yoki ularning roli joriy davrdagi iqtisodiy tebranishlarga moslashishdan iborat bo’lishi lozimmi? Ikkinchisi: iqtisodiy siyosat muayyan yo’ldan chiqmaslikka harakat qilishi lozimmi yoki siyosat namoyandalari o’zlarining shaxsiy qarashlariga ko’ra iqtisodiy sharoitlar o’zgarishini tezlik bilan inobatga olishlari lozimmi?

Federal hukumatning siyosatchilari iqtisodni barqarorlashtirishni o`zlarining asosiy majburiyatlaridan biri deb hisoblashadi. Makroiqtisodiy siyosatni tahlil qilish iqtisodiy maslahat kengashi, Kongriss budjet idorasi, Federal zahira tizimi va boshqa davlat tashkilotlarining xar kunlik majburiyatlariga kiradi. Oldingi boblarda ko`rganimizdek, monetar va fiskal siyosat jami talabga, va shu asnoda, inflyatsiya va ishsizlikka kuchli tasir qilishi mumkin. Qachonki Kengash yoki prezident fiskal siyosatda yoki Federal zahira tizimi monetar siyosatda katta o`zgarishlar amalga oshirishmoqchi bo`lsa, avvalambor, o’zgarishlarni muhokama qilishda ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiya va ishsizlikka qanday ta’sir ko’rsatishi hamda yalpi talabni oshirish yoki qisqartirish zarurligi haqidagi masala diqqat markazida bo’ladi. Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlarini ishlab chiqish va o’tkazish hukumatning an’anaviy vazifalari bo’lishiga qaramay, uning barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishga majburligi haqidagi fikr yuzaga kelganligiga unchalik ko’p bo’lmadi. Hukumat makroiqtisodiy vaziyat uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olganligining birinchi dalili 1946 yilda qabul qilingan bandlik to’g’risidagi Qonun bo’ldi. Unda “Federal hukumat to’liq bandlik va ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashni ta’minlashag yo’naltirilgan siyosatni doimo o’tkazishga majburligi haqida gapirilgan. Bu qonun qabul qilingan vaqtda Buyuk depressiya haqidagi o’y-hayollar hali yangi edi.

Masalani aktiv davlat siyosati foydasiga hal etish ko’plab iqtisodchilarga oddiy va tushunarli bo’lib ko’rinadi. Pasayish davrlari uchun ishsizlikning yuqori darajasi, daromadlar va aholi farovonligining past darajasi xosdir. Yalpi talab va yalpi taklif modeli qanday qilib to’satdan bo’ladigan shoklar iqtisodiy pasayishlarni yuzaga kelitirishini ko’rsatadi. U shuningdek, qanday qilib monetar va fiskal siyosat bunday shoklarga tezda ta’sir etib iqtisodiy pasayishlarni oldini olishi mumkinligini ko’rsatadi. Shuning uchun, bu iqtisodchilarning fikrlariga ko’ra iqtisodiyotni barqarorlashtirishning bunday vositalarini qo’llashdan voz kechish aqlsizlik bo’lar edi.

Boshqa iqtisodchilar hukumatni iqtisodiyotni barqarorlashtirishga intilishlariga tanqidiy yondoshadilar. Bu tanqidchilar davlat makroiqtisodiy siyosatdan chetda turishi lozim deb hisoblaydilar. Birinchi qarashda bunday nuqtai nazar g’alati tuyulishi mumkin. Agar model xulosalariga ko’ra monetar va fiskal siyosati inqirozni kuchayishini oldini olish yoki yumshatish imkonini bersa, nima uchun hukumat ular yordamida iqtisodiyotni barqarorlashtirishdan voz kechishi kerak? Bu savolga javob berish uchun ushbu tanqidchilar tomonidan keltiriladigan ba’zi asoslarni ko’rib chiqamiz.


Download 107,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish