4. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari
Davlatning xilini aniqlash (shartnomaviy yoki ekspluatatorlik) davlat byudjetining tarkibini tahlil qilish imkonini beradi. Firmaning balansi kabi davlat byudjeti ham institutsional tahlil uchun zarur bo’lgan yetarli miqdordagi axborotni beradi. Talab etiladigan ma’lumotlar qabul qilingan va real ijro etilgan davlat byudjeti daromadlar va xarajatlar qismlarining qator moddalarida mujassamlangan. Bundan tashqari, agar byudjet taqchilligi mavjud bo’lsa, uni qoplash usullari davlatning muhim tavsifi hisoblanadi. Quyida davlat byudjetining taxminiy tarkibini keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |