Mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish


Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini ri- vojlantirish



Download 410,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana29.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#718065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
fuqarolik jamiyati Maruza 3-mavzu

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini ri- vojlantirish
ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish. 
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga 
konstitutsiyaviy maqom berilgan. O‘zbekistonda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini 
boshqarishdagi ishtiroki, jumladan, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik 
nazoratini rivojlantirishi va takomillashtirish yodi bilan amalga oshiriladi. Fuqarolik 
jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jamoatchilik nazoratining shakllanishi va rivojlanishi 
bilan bevosita bogdiq. Bir tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik 
jamiyatining rivojlanishi yodidagi tusiqlarni bartaraf etishga xizmat kilsa, ikkinchi


tomondan, fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq 
imkoniyat va istiqbollar paydo bo‘ladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik 
nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, fuqarolik jamiyatining 
rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazoratining 
mavjudligi va qanchalik keng tarmoq yoygani, aytish mumkinki, fuqarolik jamiyatining 
rivojlanish darajasidan guvoxlik beruvchi eng muxim mezonlardan biridir.
Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining mavjud qonunlarga mosligini tekshirishdan iborat, Jamoatchilik nazoratining 
sub’ektlari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, maxalla va boshqa jamoat birlashmalari 
xisoblanadi.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning 2016 yil kuzidan 
boshlangan yangi bosqichi jamoatchilik nazoratini rivojlantirishga yangi talablar qo‘ydi va ayni 
paytda yangi imkoniyatlar ham ochdi. Jamoatchilik nazorati oldiga yangi talablar qo‘yilishi shu 
bilan izoxlanadiki belgilangan yangi vazifalar, Xarakatlar strategiyasini to‘la amalga oshirish 
jamoatchilik nazoratini keskin kuchaytirishni taqozo etadi. Ikkinchi tomondan, mamlakatimizda 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-xarakatlar davlat xokimiyati 
organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning dolzarbligini yanada oshirib 
yubormokda.
Xarakatlar strategiyasida belgilapgan tadbirlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati 
institutlari jamoatchilik nazorati yordamida davlat organlariga xalaqit bermagan xolda davlat 
boshqaruvi mexanizmlarini takomillashtirishga, korruptsiyaga qarshi saloxiyatini oshirishga, 
fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga katta yordam ko‘rsatadi.
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro 
munosabatlari bir tomondan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xokimiyati organlari 
faoliyati ustidan nazorat shaklida bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ular o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar ijtimoiy sheriklik shaklida ham bo‘ladi.
Imstimoiy sheriklik davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari hamda fuqarolik jamiyati 
institutlari o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakli bo‘lib, u rivojlangan mamlakatlarda XX 
asrning birinchi yarmida vujudga keldi. Insoniyat tarixida qilingan eng ulkan ijtimoiy 
ixtirolardan biri ijtimoiy sheriklikdir. Bu ixtiro kashf etilguniga qadar insoniyat tarixida isyon 
va qo‘zg‘olonlar tez-tez yuz berib turdi. Ijtimoiy sheriklik nazariyasining vujudga kelishi va 
ijtimoiy amaliyotga tatbik etilishi larzalarning keskin kamayishini ta’minladi. Insoniyat tarixida 
ana shunday buyuk rol o‘ynagan nazariya mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekistonda 
ham jamiyat xayotiga keng tatbiq etila boshladi. U xayotga nafaqat tatbiq etildi, balki uning 
nazariy asoslari boyitildi va amaliy jixatlari rivojlantirildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunida ijtimoiy 
sheriklikning sub’ektlari va maqsadlari quyidagicha ta’riflangan: «Ijtimoiy sheriklik davlat 
organlarining nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan, tarmoq, xududiy 
dasturlarni, shuningdek, normativ- xuquqiy xujjatlarni hamda fuqarolarning xuquqlari va 
qonuniy manfaatlariga


daxldor bodgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi 
hamkorligidir».
Mustakil mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu xolat 
ham ijtimoiy sheriklikni xayotga keng tatbiq qilishni takozo etadi. Chunki ijtimoiy sherikliksiz 
fuqarolik jamiyatini qurish xom xayol bodib koladi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va 
rivojlantirish mamlakatdagi davlat xokimiyati organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari 
hamda turli millatlar va konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi sheriklikka tayanib amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunida davlat xokimiyati 
organlari va fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlari sifatida belgilab 
qo‘yilgan.

Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish