Mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish



Download 410,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana29.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#718065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
fuqarolik jamiyati Maruza 3-mavzu

CHIQISH 
va amalga oshirishni taqazo etayotganini» 
e’tiborga olgan xolda, shuningdek, «olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va 
jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, xayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni 
modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muxim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida» 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonining qabul kilinishi 
mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu 
xujjatda 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi mujassamlashgan bo‘lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi 
tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida ifodalaydi. Bu yo‘nalishning dastlabki 
vazifasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida «davlat xokimiyati tizimida Oliy 
Majlisning rolini» oshirish uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muxim vazifalarni xal etish 
hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini 
yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo‘yildi. 
Mazkur vazifa mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning 
rolini yanada kuchaytirishga qaratildi. Xarakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi 
printsiniga asosan boshqa xokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni 
ta’minlash. Uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar 


kiritish xaqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, loyixada Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasining deputati va Senat azosi tomonidan parlament nazorati shakli sifatida maxalliy 
davlat xokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, taxlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli 
choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilish bo‘yicha vakili biznes ombudsmanni parlament nazorati sub’ekti sifatida belgilanishi ko‘rsatildi. 
Xarakatlar strategiyasida Prezident III.M. Mirziyoev ilgari surgan «Xalq davlat idoralariga emas, 
davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipini ijtimoiy-siyosiy xayotda amalga oshirishga 
doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarining xolatini o‘rganish va xalq bilan muloqot 
qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma 
qarori loyixasini ishlab chiqish, unda xududlardan saylangan deputat va senatorlar xar oyda 10-12 kunda 
kamida bir tumanda bo‘lib, davlat xokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, taxlil qilishi, tegishli 
raxbarlarning xisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muxokamasiga kiritishi hamda tegishli 
xulosalar berishi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi ishtirokida o‘rganish natijalari 
bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarini o‘tkazish, Oliy Majlis Senati tomonidan xar 
bir viloyatda navbatma-navbat namunaviy xalq deputatlari Kengashlari ishini tashkil etish nazarda 
tutilmokda. 
Agar parlamentning xalq irodasi va manfaatlari asosida faoliyat yuritishi hamda qonunlar qabul 
qilishi eng asosiy demokratik kadriyatlardan biri ekaniga etibor bersak, deputatlar va Senat a’zolarining 
o‘z saylovchilari bilan o‘zaro muloqotlari, joylardagi muammolardan xabardor bo‘lishi, ularning 
yechimlarini topishda ishtirok etishi, maxalliy vakillik organlarining jonlanishiga ko‘maklashishi 
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi. Chunki, oliy vakillik organi 
deputati avvalambor o‘z saylov okrugidagi fuqarolarning vakili. Senat a’zosi esa o‘zi saylangan mintaqa 
maxalliy davlat xokimiyati organlarining vakilidir. Shuning uchun ham parlament a’zolarining xalq 
ichida ko‘proq faoliyat yuritishi davlatimiz barqarorligini yanada mustahkamlash omillaridan biridir. 
Qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul kilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-xuquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga 
yo‘naltirgan xolda tubdan oshirish. Xarakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili 
biznes ombudsman to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish, unda yangi 
tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutildi: tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida 
davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish; tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati 
tekshirilayotganda ularni xuquqiy qo‘llab-quvvatlash; tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risidagi qonun xujjatlari normalari va 


talablarining amalda ruyobga chiqarilayotganini o‘rganish; qabul qilingan normativ xuquqiy 
xujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baxolash; davlat 
organlari, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, maxalliy davlat 
xokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya 
etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish va xokazo. 
Biznes ombudsmanni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakatimizdagi tadbirkorlik sub’ektlarining 
qonuniy xuquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini 
ta’minlashga, xususiy mulkni xar tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muxitini sifat jixatidan 
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi bajarilishi ustidan parlament 
nazorati o‘tkazishdan iborat bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Shuningdek, biznes ombudsman xar bir 
fuqarolik jamiyati uchun xos bo‘lgan xuquq - mamlakat fuqarolarining iqtisodiy xuquqlarini himoyalash 
va ta’minlashning asosiy instituti sifatida faoliyat yuritishi muqarrardir. 
Ko‘rinib turibdiki, biznes ombudsmanga berilishi nazarda tutilayotgan xuquq va vakolatlar 
mamlakatimiz iqtisodiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlarning o‘z ish saloxiyati, 
uddaburonligi, ishchanligi va g‘ayrat-shijoatini to‘liq ravishda ruyobga chiqara olishlari uchun shart-
sharoitlar yaratadi. Mulkdorlar sinfini bu kabi xuquqiy asoslar va institutlar vositasida himoyalash, 
ularning xuquq va erkinliklarini ta’minlashga doir aloxida davlat siyosati uchun asos solinishi bu 
mamlakatimizning rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lgan xuquqiy davlat sari intilayotganini anglatadi. 
Xarakatlar strategiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo‘yicha 
vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritish hakida»gi O‘zbekiston Respublikasi konuni loyixasini ishlab chiqish. unda mazkur qonunning 
normalarini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat xokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament 
nazorati to‘g‘risida»gi konunlarga moslashtirish, ombudsman mintaqaviy vakillarining xuquqiy 
maqomi, vakolat va majburiyatlarini belgilash nazarda tutildi. 
Bu strategik vazifalarning ilgari surilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 
dekabrda qabul qilingan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan 
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining Fuqarolar qabulxonasi negizida tuzilgan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shaxrida, shuningdek xar bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi shaharlardan tashqari) tuzilgan 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari (bundan keyin Xalq qabulxonalari) va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virual qabulxonasi (bundan keyin Virtual qabulxona) vazifalari 
va vakolatlarining belgilanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. 


Prezident farmonida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik 
shaxslarning xuquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga qaratilgan, 
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatla - ri (bundan buyon - murojaatlar) bilan ishlashning sifat 
jihatidan yangi va Samarali tizimi faoliyatini ta’minlash, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga, Xukumatga, davlat 
boshqaruvi organlariga, sud, xuquqiy muxofaza kiluvchi va nazorat organlariga, maxalliy davlat 
xokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga (bundan buyon-davlat organlari) va xo‘jalik 
boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy xuquqlarining so‘zsiz amalga oshirilishi 
uchun sharoitlar yaratish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga kelib tushgan hamda tegishliligi 
bo‘yicha davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlariga yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilishi 
ustidan tizimli monitoring va nazoratni amalga oshirish, Xalq qabulxonalariga va Virtual qabulxonaga 
kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi, tizimlashtirilishi va ko‘rib chiqilishi 
ustidan nazorat qilinishi bo‘yicha yagona elektron axborot tizimini joriy etish va yuritish yo‘li bilan 
murojaatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish 
kabi vazifalar belgilangan. Shu bilan birga, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi 
qonunlarning qabul kilinishi bilan mamlakatimizda parlament nazoratini fuqarolik jamiyati va xuquqiy 
davlatga xos bo‘lgan darajaga ko‘tarish dolzarb vazifaga aylangan edi. 

Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish