Qonunning 3-moddasiga asosan «Elektron xukumat»
davlat organlarining jismoniy va
yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat
xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-xuquqiy chora- tadbirlar va texnik vositalar tizimi
xisoblanadi. Shu bilan birga, bu axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan
xolda, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni
ta’minlash, fuqarolar extiyojlarini xisobga olgan xolda davlat xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan
davlat boshqaruvining tashkiliy shakli hamdir.
Mazkur qonun bilan birga davlat boshqaruvida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va
«Elektron xukumat» tizimini shakllantirishga oid masalalar milliy qonunchiligimizda 30dan
ortiq normativ-xuquqiy xujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, «Elektron xujjat aylanishi
to‘g‘risida». «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron
tijorat to‘g‘risida», «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
E’tiborlisi shundaki, Harakatlar strategiyasi tarkibidagi davlat dasturida «Elektron
parlament» tizimini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish nazarda
tutilgan.
Shuningdek, davlat boshqaruvini axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni,
«Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Qarori, Vazirlar Madamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, maxalliy davlat xokimiyati
organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda yuridik va
jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi, «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni xisobga olgan xolda Internet
tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasiniig Xukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari orqali ham bevosita tartibga solinadi.
«Elektroy xukumat» tizimini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxs, jamiyat va
davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish va bir vaktning o‘zida rivojlantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti III. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul kilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruzasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari
xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu xaqiqatni, avvalo, barcha bo‘gdndagi raxbarlar yaxshi
tushunib olishi zarur»- deb ta’kidlagan edi.
«Elektron xukumat» tizimi Prezidentamizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali
tatbiq etishda muxim o‘rin egallamoqda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan
ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi
qulay yetkazishga xizmat qiladi.
Elektron xukumatning yaratilishi: xukumatning qaror qabul qilishda ochiq- oydinligi va
xisobdorligini ta’minlaydi hamda shu orqali korruptsiya xavfini pasaytiradi;
axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlar, statistik
va boshqa axborotlar);
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi;
kichik va o‘rta biznesning turli chiqimlari (vakt, yod va boshqa xarajatlar)ni kamaytiradi;
xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi hamda ushbu
murojaatlarning ko‘rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
murojaat jarayonida taqdim etiladigan xujjatlarning maksimal qisqarishi orqali turli
byurokratik to‘siqlarga barham beriladi;
davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko‘pbosqichlilik tizimidan emas samarali va
tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;
- elektron ko‘rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o‘ziga qulay bodgan joydan murojaat
qilishdek qulayliklar yaratadi.
«Elektron xukumat» tizimining O‘zbekiston Respublikasida keng joriy etilishi va
takomillashtirilishi mamlakatimiz aholisi va butun bir jamiyat xayotida katta ijobiy o‘zgarish va
yangilanishlarga xizmat qiladi. Tizimning keng yo‘nalishlarga nisbatan tatbiq etilishi inson
xuquq va erkinliklarining yuqori darajada himoya qilinishiga, fuqarolarning davlat ishlaridagi
ishtirokining faollashuviga, davlat organlarining esa mos ravishda samarali faoliyat olib
borishiga sharoit yaratadi. Pirovard natijada esa ijtimoiy va siyosiy xayotning xar qanday
yo‘nalishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
«Elektron xukumat» infratuzilmasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish portali
amal qiladi. Qabul qilinishi modjallanayotgan qonun «Elektron hukumat» bilan muloqotga
kirishganda fuqarolar xuquqlarini ta’minlashning kafo- latlarini belgilaydi.
Davr shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Endilikda vazirliklar va idoralar, xo‘jalik
birlashmalari raxbarlari va xokimlarning faoliyat natijasi quruq iqtisodiy raqamlar bilan emas,
balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etayotgani,
fuqarolarning muammolarini qay darajada xal qilayotganiga qarab baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |