Mavzu: davlat maqsadli jamg’armalari va ularning davlat moliya tizimidagi o’rni va ahamiyati reja: Kirish
Kurs ishi Ashiraliyev Boburmirzo
Byudjetnomaga muvofiq, 2021-yilda Davlat byudjetining umumiy daromadlari 173,2 trln so’mni(YaIM ga nisbatan 24%), shu jumladan davlat soliq idoralari bo’yicha 128,2 trln so’mni va davlat bojxona idoralari bo’yicha 33 trln so’mni va Moliya vazirligi tushumlari 11,4 trln so’mni tashkil qilishi kutilmoqda. 2021 yilda tasdiqlangan 147,2 trln so’mlik parametr 26 trln so’mga ortig’i bilan bajarilishi ko’rsatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-oktyabrdagi 02/5-100-sonli xati bilan qayta kiritilgan Qonun loyihasiga muvofiq, 2022-yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo transfertlar bilan birgalikda) jami 193,0 trln soʻm (YAIMga nisbatan 23%) miqdorida prognoz qilinmoqda, 2023-yilga moʻljal – 210,7 trln soʻmni (21,7%), 2024-yilga moʻljal – 246,7 trln soʻmni (22%) tashkil qilmoqda. 5 -jadval 2020 yil Davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari (mlrd.so‘m)11
Qayta taqdim etilgan byudjet loyihasida Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 2022-yil uchun 28,7 trln soʻm miqdorida yoki 2021-yilda kutilayotgan (25,6 trln soʻm) tushumlarga nisbatan 112,1 foizda rejalashtirilmoqda. Jamgʻarma daromadlarining 28,1 trln soʻmi (97,8 foiz) ijtimoiy soliq tushumlaridan, 568,5 mlrd soʻmi (2,0 foiz) boshqa daromadlardan va 50,0 mlrd soʻmi (0,2 foiz) soliqdan tashqari tushumlar hisobiga shakllanishi rejalashtirilgan. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi ijtimoiy soliq tushumlaridan 2022-yil uchun 150 mlrd soʻm miqdorida yoki 2021-yilda kutilayotgan (125 mlrd soʻm) tushumlarga nisbatan 120 foizda rejalashtirilgan. 4. Davlat maqsadli jamg’armalarini davlat moliya tizimidagi o’rnini oshirish yo’llari 2022-yilga moʻljallangan byudjet siyosatining ustuvor yoʻnalishlar sifatida quyidagilar nazarda tutilgan: - byudjet siyosatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini, jumladan sogʻliqni saqlash, taʼlim va ijtimoiy himoyani rivojlantirishni taʼminlash; yillik byudjetni shakllantirishda “natijaga yoʻnaltirilgan byudjet” tizimini bosqichma-bosqich toʻlaqonli joriy etish; - Davlat byudjeti barqarorligini taʼminlash maqsadida, ilgʻor xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda soliq-byudjet siyosatining uzoq muddatli cheklovlari –“Fiskal qoidalar”ni ishlab chiqib, byudjet qonunchiligiga kiritish; - byudjet ochiqligini yanada oshirish, byudjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni taʼminlash maqsadida aholining byudjet mablagʻlarini taqsimlash jarayonidagi faol ishtirokini yanada kengaytirish; - byudjet xarajatlarini barqaror rivojlantirish maqsadlariga bogʻlash va shu orqali barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga erishishni jadallashtirish; - gender tenglikka erishishni byudjet jarayonlariga integratsiyalash orqali gender tenglikka yoʻnaltirilgan byudjetlashtirish tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish; 2022-yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 277,2 trln soʻm yoki YAIMga nisbatan 33,0 foiz miqdorida prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti xarajatlari 177,7 trln soʻmni (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkaziladigan transfertlardan tashqari), davlat maqsadli jamgʻarmalarining xarajatlari 58,0 trln soʻmni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlari 14,8 trln soʻmni (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkaziladigan transfertlardan tashqari) tashkil etadi. Davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazib beriladigan 24,9 trln soʻm miqdoridagi transfertlar alohida koʻrsatilgan. 6-jadval Konsolidatsiyalashgan byudjetning 2022 yilga prognozi va 2023-2024 yillardagi mo’ljallari, (trln. so’m)12 2022-yil uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining xarajatlarini shakllantirish hisob-kitoblari tahlil qilinganda, byudjet loyihasi quyidagi usulda: - 2021-yil va undan oldingi yillarda tasdiqlangan hamda 2021-yilda yakuniga yetkazilgan dasturlarni xarajatlar tarkibidan chiqarish; - 2021-yil davomida xarajatlar strukturasida boʻlgan oʻzgarishlar (sohalar oʻzgarishi, yangi tashkil etilgan tashkilotlar)ni hisobga olish; 2021-yildagi hamda 2022-yilda koʻzda tutilgan ish haqi, kommunal toʻlovlar, yoqilgʻi va boshqa mahsulotlarni narxlarining oshish indekslarini 2021-yil uchun tasdiqlangan xarajatlarga qoʻllash orqali shakllantirilganligi maʼlum boʻldi. Xulosa Maqsadli fondlar tushunchasi jahon tajribasida ilk davlatchilik shakllari uzaga kelgan davrlarda paydo bo`lganligini inobatga olsak, ularning bugungi kunda rivojlanganlik darajasi tabiiy holdir. Ular tajiribasidan maqsadli foydalanish esa, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotida yaxshi samara berishi mumkin. Amaliyotdan ma'lum bo`lishicha, g`arb mamlakatlarida fondlar va notijorat tashkilotlarning vakolatli mulk negizida tuzish keng tarqalgan. Bu tashkilotlar byudjetga bir qator manbalar: ta'sischilarning ta'sis hujjatida belgilangan tushumlar, hukumat subsidiyalari va soliq to` lashdagi imtiyozlari kurinishida, a'zolarning badallik vznoslari va ixtiyoriy badallari, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning mulkiy badallari va xayriya ulushlari hisobidan, notijorat tashkilotlar tuzilishiga sabab bo`lgan ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun zarur bo` lgan tadbirkorlik faoliyatidan olingan tushumlar, aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlardan olinadigan dividendlardan olinadigan daromadlardan shakllandi. Huquqiy maqomiga ko`ra maxsus fondlar davlat va mahalliy fondlarga ajratiladi. Bizdagidan farqli o`laroq, bir qator davlatlar (AQSH, Kanada)da mahalliy hokimiyat organlari ham maxsus fond tashkil qilish huquqiga ega. Davlat maxsus fondlari markaziy hokimiyat ixtiyorida bo` ladi. Bularga eng muhim fondlar: investitsiya, valyuta, ijtimoiy sug`urta va boshqa jamg`armalarni kiritishimiz mumkin. Oxirgi o’n yillik davr davomida Xamdo’stlik davlatlarining pensiya ta’minoti sohasida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Pensiya to’g’risida milliy qonun hujjatlari ishlab chiqildi. Davlat nafaqa tizimining sug’urta tamoyillariga o’tishi amalga oshirildi. MDX mamlakatlarida o’zining moliyaviy asosi bo’lgan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armalariga tayanadigan yangi pensiya tizimlari yaratildi. Mamlakatimizda so`nggi yillarda davlat maqsadli jamg`armalari moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning investitsion faolligini qo`llab quvvatlash tobora davlat siyosati darajasiga ko`tarilmoqda. Jumladan, fuqarolarning jamg`arib boriladigan pensiya ta’minoti negizida shakllangan moliyaviy mablag`lardan investitsion maqsadlarda foydalanishga keng yo`l ochib berilgan. Xususan, “Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsiya va kredit resurslari sifatida joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda Xalq bankining JBPT mablag`laridan investitsion maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari va shartlari bayon etilgan. Respublika Yo`l jamg`armasi o`z oldiga qo`yilgan maqsadlarni amalga oshirishda doimiy ravishda xorijiy investitsion fondlar va investorlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yib kelmoqda. Ushbu hamkorlik negizida xalqaro tajriba almashinuvi, kapoitalning samarali taqsimoti, yangi ish o`rinlari, mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirishi, va eng muhimi, bajarilayotgan ishlarning jahon standartlari darajasida bo`lishiga erishish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. 2. O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-y. 3. O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentyabrdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni. 4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. 5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi 3751-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ- 2847-sonli Qarori. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3242-sonli Qarori. 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrda PQ-3454 sonli “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi Qarori. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-martdagi 811-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini yanada kengaytirish hamda resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-mayda 350-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori. 11. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10- martdagi 61-sonli “O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tomonidan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklariga kredit liniyalarini ochish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari 12. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 13. Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. 3. Darslik va o’quv adabiyotlari 14. Vahobov A.V., Malikov T.S Moliya: umumnazariy masalalar. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008. – 285 b. 15. Malikov T.S., Vahobov D.R. Moliya: chizmalarda. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2010. – 660 b. 16. Malikov T.S., Xaydarov X.N. Moliya: umumdavlat moliyasi. O’quv qo’llanma. T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2009. – 556 b. 17. Malikov T., Xaydarov N. Davlat byudjeti. – T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. – 420 b. 18. Mamatov B.S. Pensiya jamg’armasi faoliyati. – T.: “Barkamol fayz media”, 2017. – 282 b. 19. Ботиров А., Юлдашева Н. Местные бюджеты. Учебно-методическое пособие. – Ташкент: ТФИ, 2015. – 180 c. 20. QosimovaG.A. Ijtimoiysiyosatningasosiyyo’nalishlari. Monografiya.– T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2008. – 145 b. 21. G’aybullaev O. O’zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va jarayoni. – Toshkent: “Baktria press”, 2015. – 168 b. 22. Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V. Moliya. – T.: “IQTISODMOLIYA”, 2014. – 245 b. Internet saytlari 23. www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi). 24. www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat statistikasi qo’mitasi). 25. www.oecd.org (Ijtimoiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti). 26. www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi); 1O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 29-dekabrda PQ №3454 sonli mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo’yicha, mo’jallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. \\Xalqso’zi.2020 yil 19 fevral. 2Поляка Г.Б. Финансы. – М.:Юнити – Дана. 2019. – 376 стр. 3Целевые бюджетные и внебюджетные фонды. Учебное пособие. - М.: “Вузовский учебник”. 2018. -224 с. 4QosimovaG.A. Davlatmaqsadlijamg`armalar. O`quvqo’llanmagaasosantayyorlandi. 5 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarningpensiyata’minotitizimisamaradorliginioshirishvapensionerlarniijtimoiyqo‘llab-quvvatlashnikuchaytirishgaoidqo‘shimchachora-tadbirlarto‘g‘risida 6Sh. Mirziyoyev. Tanqidiytahlil, qat’iytartib-intizomvashaxsiyjavobgarlik –harbirrahbarfaoliyatiningkundalikqoidasibo`lishikerak. T.: “O`zbekiston”. 2019-y. 7 www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi 8Dr.Catherine Zahn “Mental health needs targeted federal funds” CMAJ. 2020 Nov 3; 187(16): E465– E466. (www.sciencedirect.com www.scopus.com ) 9www.investopedia.org . Financial dictionary.Economical encyclopedia. 10 Kurs ishi ma’lumotlari asosida tayorlandi. 11 www.stat.uz 12 file:///C:/Users/User/Downloads/Telegram%20Desktop/2022%20йил%20учун%20Бюджетнома%20бўйича.pdf Download 0,58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |