Uyga vazifa. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak.
Matеmatika darsi tahlili.
Dars ahamiyatini aniqlash, mazmuni, usulini baholash.
Ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlari; dasturga mos kеlishi, hayot bilan bog`liqligi, ilmiylik darajasi, qiziqishi, mustaqilligi, aqliy faoliyatlarini faollashtirish.
O`quvchilar bilan ishlashi, topshiriqlar bеrishi.
O`quv vositalari bilan ishlashi.
O`qituvchi qiyofasi.
Umumiy baho.
Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan ba‘zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya‘ni matematika darsi o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o‘lchashga doir, geometrik figura chizish, predmetlarni tortish, o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatmalar kiritish, o‘quvchilarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil qilish, bajarilgan ishlarni o‘qituvchi qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina darslik va daftar ustida ishlash bilan shug‘ullanmay, balki o‘lchash, chizish va boshqa qurollar bilan ishlashga o‘rganadilar.
Matematikadan «darsdan tashqari ish» deyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog’liq bo’lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg’ulotlar tushuniladi.
Darsdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud: matematikadan mustaqil uy ishlari, o‘quvchilarning alohida va guruhli ishlari, matematik sayohatlar, matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
matematikadan mustaqil uy ishlari. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o’rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog’i kerak. Uy ishi barcha bolalar uni mustaqil bajarishga tayyor bo‘lganlaridagina samaralidir. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchiga beriladigan uyvazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etish kerak. Uy vazifalarni bajarishlari uchun 1- sinfda 1 soatgacha, 2- sinfda 1 – 1,5 soat, 3- sinfda 1,5 – 2 soat, 4- sinfda 2 soat vaqt ajratilishi kerak.
O‟quvchilarning alohida va guruhli ishlar.
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o‘quvchilarning o’zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o‘quvchilarnig o’zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.
Guruhli mashg’ulotlari butun sinf o‘quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo’lgandagina o’tkaziladi. Bazan bunday mashg’ulotlar individual xaraktyerda bo’lishi mumkin. Bunday mashg’ulotlarning tafsiloti: muvoffaqiyatga erishmoq uchun u yoki bu o‘quvchining o’zlashtirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo’l qo’yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak: bu o‘quvchi qaysi bosqichda «xatoga yo’l» qo‘ygan, nimani yetarlicha o’zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi deb xulosalanadi.
matematik sayohatlar. Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish.
Sayohat o’tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo’lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo’lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o’zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o’rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo’jaligi va boshqa joylarga sayohatlar o’tkaziladi.
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin.
matematikadan sinfdan tashqari ishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |