Darsning maqsadlari: 1. Bolalarni ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig‘indisi bilan almashtirishga o`rgatish.
Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish malakalarini mustahkamlash. Sonni yig‘indiga qo`shish xossalarini o`rganishga doir tayyorgarlik ishini o`tkazish.
Darsning asosiy maqsadi — «Bolalarni xona sonlaridan iborat bo`lmagan ikki xonali sonlarni xona sonlari yigindisi bilan almashtirshiga o`rgatish» bilan birgalikda yana boshqa maqsadlar ham kuzatiladi. Oldingi darsda o`quvchilar nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish usullari bilan tanishgan edilar. Mazkur darsda shunday sonlarni qo`shish va ayirish malaka va ko`nikmalarini shakllantirishga oid ish o`tkazish nazarda tutiladi . Bir- ikki darsdan keyin bolalarni sonni yig‘indiga qo`shishning har xil usullari bilan tanishtirish kerak. Shu sababli qaralayotgan darsning maqsadlaridan biri sonni yig‘indiga qo`shish xossalarini o`rganishga tayyorgarlik ishlarini o`tkazishdan iborat. Agar bu ish o`tkazilmasa, u holda mazkur dars zvenosi hisoblangan «zanjir» uziladi va bolalar yangi materialni o`zlashtirishga yetarlicha tayyor bo`lmay qoladilar.
«Yangi temaga o`tilgandan keyin ham oldingi temada olingan bilimlar va malakalar ustida ishlash to`xtab qolmaydi; u takrorlash shaklida, ilgari o`tilganlarni rivojlantirish va mukammallashtirish shaklida davom ettiriladi; bunda bilimlar boyitiladi; malakalar sekin-asta avtomatlashtiriladi, yangi va eski bilimlar orasida bog‘lanish o`rnatiladi, ma’lum sistema yaratilada.
Bundan har bir darsda qo`yiladigan didaktik maqsadlarning turli-tumanligi va qaralayotgan holda ijobiy rol o`ynovchi darsning tuzilishidagi turli-tumanlilik mutlaqo tabiiy ravishda kelib chiqadi».1
Tematik planlar tuzish har bir darsnigina emas, balki programmaning berilgan temasi chegarasida darslar sistemasini aniq planlashtirishga yordam beradi (o`qituvchi metodik qo`llanmalarda berilgan tematik planlardan foydalanishi mumkin). Tematik planlashtirish darslarning to`la ishlanmasidan iborat bo`lmay, balki uning har bir dars uchun majburiy bo`lgan asosiy momentlarini o`z ichiga oladi. Perspektiv tematik planlashtirish bunday sxema bo`yicha tayyorlanishi mumkin:
Tema — (temaning nomi)
Dars
№
|
Dars
temasi
|
Darsning
Maqsadlari
|
O`tvlgan- larni tak- rorlash, yangmeini o`tishga taySrlanish
|
YAngi ma- terialni o`rgatiil usuli
|
O`rgatuvchi va mashq qildiruvchi ishlar «istemaen
|
Tema
bayonida
mustaqil ish
ish
|
Ko’rsatmalar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Dars maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning to`gri yo`llarini topishga darsning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini, irodani, emotsiyani, o`quvchilarning bilishga oid qiziqishlarini va qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarini aniqlash yordam beradi.
Darsning maqsad va vazifalari belgilab olinganidan keyin o`qituvchi darsda qilinadigan ishlar mazmunini aniqlashga kirishadi.
Dars mazmunini aniqlash uchun o`qituvchi yetakchi sovet didaktigi va metodistlari tomonidan ifodalangan hozirgi zamon darsi mazmunidan qilinadigan talablarga rioya qilishi kerak. Darsdan qilinadigan birinchi, asosiy talab shuki, uning mazmuni programmaga mos kelishi va tabiiy ravishda uning maqsadlaridan kelib chiqishi kerak. Mazmunining programma talablariga mos kelish talablari har doim ham bir tekisda tushunilavermaydi. Ba’zi o`qituvchilar programmaning pedagogik g‘oyalarini qanday amalga oshirishni o`ylamagan holda darsda programmaning hamma masalalarini o`rgatish va bu ishni buning uchun ajratilgan vaqt ichida uddasidan chiqish haqida o`ylaydilar va g‘amxo`rlik qiladilar.
SHuni esda tutmoq kerakki, nazariy bilimlardan amaliy malaka va ko`nikmalar bilan tarkibiy birgalikda foydalanish programmaning yetakchi prinsiplaridan biridir. Darsdan qilinadigan eng muhim talab — g‘oyaviylik va kommunistik e’tiqodni tarbiyalashdir.
Bu talab o`quv protsessida o`quvchilarning bilish xarakteridagi imkoniyatlarini rivojlantirishni, ularda dialektik- materialistik dunyoqarashni, kommunistik axloqni kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay va yaxshi sharoit yaratish zarur ekanligini ifodalaydi.
Dars mazmunidan qilinadigan muhim talablardan biri uning turmush bilan, o`quvchining shaxsiy tajribasi, sotsialistik qurilish praktikasi bilan bog‘liq bo`lishi kerakligidir. Ilg‘or o`qituvchilar kundalik materialni o`rganishni o`quvchilarning turmush tajribalari va shaxsiy kuzatishlari bilan bog‘laydilar. YAngi ma’lumotlar va bog‘lanishlar odatiy tasavvurlar sistemasiga mantiqan qo`shiladi, bu esa pedagogik psixologiya o`rgatganidek, predmet nazariyasini ongli o`zlashtirishning o`zginasidir.
O`qitishni turmush bilan bog‘lashning qimmatli formasi darslarda o`lkashunoslik materiallaridan foydalanishdir. Tajriba darslarda o`lkashunoslik materiallaridan foydalanish dars mazmunini bolalarga yaqinroq va qiziqarliroq qilishini, bilimlarni o`zlashtirish ongli, bolalarning kuchlari yetadigan va puxta bo`lishini ta’minlashini ko`rsatmoqda. Matematika o`lkashunoslik materiallaridan foydalanishning katta imkoniyatlariga ega.
Masalan, mahalliy material asosida respublikamiz va butun mamlakatimiz xalqining turmushi va hayotini aks ettiruvchi masalalar tuzishga rayon, oblast, respublika va butun ittifoq gazetalari boy material beradi. Buning ustiga bu gazeta raqamlari o`quvchilarni respublikamiz va butun mamlakatimizda erishilgan yutuqlarga faxr bilan qarashga undaydi va majbur qiladi. Ko`pchilik ilg‘or o`qituvchilar rayon sovetlari va shahar sovetlari hisobotlarida. berilgan materiallardan, har xil statistik spravochnik va to`plamlardan ustalik va muvaffaqiyat bilan foydalanmoqdalar.
Mahalliy material asosida masalalar tuzish ekskursiyalar materiallari asosida ham amalga oshirilishi mumkin. Eks- kursiyalarning maqsadlari — bolalarni hayotda tanishtirish yo`li bilan konkret materiallar to`plash va bu materiallardan o`qitishda foydalanishdir. O`quvchilar bilan birgalikda har xil ustaxonalarga, fabrika, kombinat, fermalarga, kolxoz va sovxozlarning dalalariga ekskursyyalar uyushtiriladi. O`quvchilar ishchilarning, kolxozchilarning mehnatlari bilan tanishadilar, mashinalar va hozirgi zamon texnikasining ishlatilishi bilan tanishadilar, ularni kuzatadilar va shu pul bilan mahsulot hajmini, sarf bo`lgan xom ashyo va boshqa qo`rsatkichlarni ifodalovchi son ma’lumotlarni oladilar. Ekskursiyalardan olingan «jonli» sonlar matematika darsla- rida o`quvchilarning o`z masalalarinn tuzish uchun material bo`lib xizmat qiladi.
Dars mazmunidan qilinadigan muhim talablardan biri >quv materialining o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari etadigan bo`lishidir. Bu talabning buzilishi bilimlarni tushunmaslikka, mexanik ravishda eslab qolishga olib keladi, bolalar qiziqishlarining, ular umumiy rivojlanishlarining pasayishiga olib keladi.
Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. Darsga mashqlar tanlash uchun darslik xizmat qiladi, darslik o`qituvchiga darsning kirishi qismi uchun ma’lum mashqlar sistemasini beradi. Ammo bu muhim masalani hal qilishda o`qituvchining ijodiy yondashishi maqsadga muvofiqdir. Bunda matematik adabiyotda berilgan ko`rsatmalarga, o`z shaxsiy tajribasi yoki ilg‘or o`qituvchilarning metodik jurnallar sahifalarida yoritilgan ish tajribalariga asoslanib bir xil mashqlarni- boshqalariga almashtirishi mumkin. Masalan, ko`paytirishning gruppalash qonuni ustida ishlashni bunday mazmuidagi tekstli masalani (bu holda problemali masala bo`lib, problemali vaziyatini amalga oshirish formalaridan biri sifatidagi masalani) yechishdan boshlash mumkin: «Zoo- magazinga qushlar qamalgani qafaslar keltirildi. Qafaslarni 3 qatorga har birida 5 tadan qafas qilinib joylashtirishdi. Har bir qafasda 2 tadan qush bor. Kataklardagi hamma qush qancha?»
Qafasni to`g‘ri to`rtburchak, qushni uchburchak shaklida tas- virlashga kelishib olamiz (13-raem).
Grafik tasvir izlanayotgan va berilgan miqdorlar orasidagi munosabatlarni aniq ko`rsatish bilan birga o`quvchilarning problemali vaziyat mazmunini bilib olishlariga, so`ngra esa mumkin bo`lgan chizish usullarnni topishlariga yordam beradi.
V V I
|
V V
|
|
V U
|
|
V V
|
| V V
|
|
|
|
|
V V
|
|
V V
|
|
UU
|
U U
|
(V V
|
|
|
|
|
Gu u
L
|
j V V
|
|u U
|
1 V V
|
V V
|
Bir qatorda turgan qafaslarda qancha qush borligini bilib olamiz. Bir qafasda 2 ta qush bor. Qatorda esa 5 ta qafas bor. Demak, ularda 5 • 2 ta qush bor. Qafaslar 3 qator qilib joylashtirilgan, demak, hammasi bo`lib (5-2) .3 ta qush bor.
Yechilishi: (5° 2) • 3 = 10-3 = 30 (ta qush).
2-usul. Oldin qafaslar qanchaligini bilib olamiz. Bir qatorda 5 ta, bunday qatorlar uchta, demak, hammasi bo`lib, 5 • 3 ta qafas bor. Har bir qafasda 2 tadan qush bor, demak, hammasi bo`lib (5 • 3) • 2 ta qush bo`ladi.
Yechilishi: (5 • 3) • 2 = 15 • 2 =; 30 (ta qush).
3-usul. Bir ustundagi qafaslarda qancha qush borligini bilib olamiz. Bir qafasda 2 ta qush bor, bir ustunda esa 3 ta qafas bor. Demak, ularda 2.3 ta qush bor. Qafaslar - beshta ustup qilib joylashtirilgan, demak, hammasi bo`lib (2-3) -5 ta qush bo`ladi.
Yechilishi: (2 • 3) • 5 = 6 • 5 = 30 (ta qush).
Yechilish usullari taqqoslanadi va tegishli qoida ifodalanadi. Har bir konkret materialda (faqatgina darslik materialining o`zida emas) bilimlarni mustahkamlash, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish tabiiydir. Bu o`rinda ishda variativlik yorqin namoyon bo`ladi.
O`qituvchi darsning mazmunini o`ylar ekan, faoliyatning har xil to`rlaridan almashlab, bu faoliyatlar orasidagi bog’lanishlardan to`g‘ri foydalanishni nazarda tutmog‘i lozim. Ma’lumki, matematika darslarida bajariladigan asosiy ish turlari quyidagilardan iborat:
a) og‘zaki mashqlar;
b) yozma hisoblashlar va masalalar echish;
v) yasashga va o`lchashga doyr mashqlar.
Hozirgi zamon darsidan qilinadigan muhim talablardan biri o`quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini aktivlashtirishni talab qilishdan iborat. Har bir dars o`ziga yarasha fikrlash darsi, ijod qilishga qatnashtirish darsi bo`lishi kerak.
Sovet olimlari insonning har qanday qobiliyati, malakasi, xarakteri xususiyati shu qobiliyatlarni kuchaytirishni talab qiluvchi faoliyatda rivojlanishini ishonarli ravishda asoslab berdilar. Demak, o`quvchining o`quv faoliyati o`quvchidan aktiv fikrlashni talab qiladigan qilib tuzilgan bo`lsa, bunday ish o`quvchining aqliy faoliyatining kundalik mashqiga aylanadi. Bu ish ularni mantiqiy mulohaza yuritish, to`g‘ri xulosalar chiqarishning har xil formalari bilan ta’minlaydi. Bu erda shuni qo`shib ketish kerakki, aktiv aqliy faoliyat asosiga qurilgan ish o`quvchilarda katta xursandlik hissini tug‘diradi. Ular mustaqil bajargan «kashfiyot»laridan xur- sandchilik va g‘urur hissining zavqini suradilar. O’zlarining original misollarini topishga harakat qiladilar. O’zlarining ijodiy tashabbuslari va fantaziyalarini ko`rsatishga intiladilar. Aytilganlardan, bilish qobiliyaglarini aktivlashtirishga yordam beradigan vosita, metod va usullarni tanlashda bolalar ham doim o`qituvchining maxsus g‘amxo`rligi predmeta bo`lishi kerakligi kelib chiqadi
O’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini aktivlashtirishda respublikamizning ilg‘or o`qituvchilari bir qator usullardan foydalanmoqdalar. SHu usullardan namunalar keltiramiz: butun sinfga topshirilgan har qanday ijodiy ishda har bir o`quvchining mumkin bo`lgan mustaqil ishining maksimal ulushini ta’minlash; buning uchun o`qitishning individual va kollektiv for- malaridan optimal ravishda birgalashtirib foydalanish usullari bilan bir qatorda maxsus tarqatma didaktiv mate- riallardan foydalanish; faoliyat turlari bilap o`rganilayotgan o`quv matsriallari orasida to`g‘ri munosabatpn ta’minlash; darsning har xil bosqichlarida programmalashtirilgan va problemali ta’lim elementlaridan foydalanish; darsda har xil ko`rsatmali va ekran vositalardan foydalanish;
6} darsda (programma materialida) tez tushunish — ziyraklikni, diqqatni, tasavvur qilishni tekshirish va shakllantirishga doir o`ziga xos konkurslar o`tkazish, o`qitishning mazmuni va metodlari xususiyatlariga darsning tashkiliy gomonlari mos kelmog‘i kerak. «Har bir dare mazmuni, vositalari,. metodlari va usullari bilan aniqlanuvchi jiddiy yagona ichki: logikasiga eta bo`lishi kerak. Darsni rivollantirish logiksini tashqaridan ko`rsatib bo`lmaydi. Darsdan qilinadigan asosiy talablarga amal qilgan holda o`qituvchi bu talablarni amalga oshirishga nisbatan ham, dars komponentalaridan foydalanishga nisbatan ham o`z san’ati, o`z metodik uslubi bilan ta’sir qiladi, bu san’at va metodik uslub harakteriga va uning individual xususnyatlarnga bog‘liq. Bu shartlarning o`ziga xosligi o`qituvchining ularni hozirgi zamon darsiga qanday joriy qilishida pamoyon bo`lishi kerak». 1. Darsda individual ishii kollektiv ish bilan mohirona birgalikda olib borish, o`quvchilarga differensiallashgan yaqinlashishni amalga oshirishda darsning muhim tashkiliy jihati hisoblanadi.
O’qitish vositalaridan dars mazmunini, uni o`tkazish metotodikasini hisobga olgan holda foydalaniladi. Odatda, dars jarayonlarida shu darsda qanday ko`rsatmali qo`llanmalardan foydalanish ko`rsatiladi. O`qituvchi zarur yozuvlarni sinf doskasiga joylashtirish masalasi haqida ham o`ylab qo`yishi kerak..
Yozuvlarni doskaga tartibsiz joylashtirish dars materialini o`zlashtirishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Uyga qanday vazifa berilishini, u material bilan qanday bog‘langanligini va nega shunday bog‘langanini uy ishiga oid tegishli yo`l-yo`riqlar darsning qaysi qismida berilishi zarurligini o`ylab ko`rish ham katta ahamiyatga ega.
Ko`rib turibmizki, o`qituvchi darsga tayyorlanganda bir qator masalalarni hal qilmog‘i zarur ekan. Bu ishng natijalarini o`qituvchi darsning yozma planida qayd qiladi. Dars plani odatda ixtiyoriy ravishda tuzuladi, ammo unda quyidagi elementlar o`z aksini topishi kerak: Darsning o`tkazilish vaqti va uning tematik plan bo`yicha iomeri.
Dars temasining nomi.
Darsning asosiy didaktik maqsadlari, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari.
Darsda foydalaniladigan jihozlar. Dars strukturasi, ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini, ularning ketma-ketligi va o`tkazish uchun ketadigan vaqtni taxmiian aniqlash.
YAngi materialni o`rgapishga oid, mustahkamlash va tak- rorlashga oid va navbatdagi temalarni o`rganishga oid ishlar- ning mazmuni. Darsning har bir qismida bajariladigan o`quv ishining metod va usullari.Darsning borishida so`ralishi kerak bo`lgan uquvchilar familiyalari.
Uy vazifasi. Doskada (daftarda) bajarilishi kerak bo`lgan yozuvlarni alohida ajratib yozish maqsadga muvofiqdir.
Planning mukammallik darajasini, — deb yozishadi boshlang’ich matematika bo`yicha mashhur metodistlar M. I. Moro va A. M. Pishkalo — ko`p omillarga, masalan, o`qituvchining tajribasiga, darsning qiyinlik darajasiga, darsda qaralishi kerak bo`lgan mashqlarning murakkabligiga bog‘liq (ba’zi hollarda o`qituvchi plan tuzar ekan, unda murakkabroq mashqlarni bajarishni yoki bolalarga beriladigan savollarning javoblarini yozib chiqadi, bu uning darsda ishlashini yengillashtiradi).
O`qituvchining mahorati darsda bolalar uning tushuntirish- larini qanday qabul qilishlariga, o`quvchilar qanday ishlash- lariga, o`quvchilarga o`qituvchi tayyorlagan savollarga javob berishda qanday qiyinchiliklar va xatolar paydo bo`lishiga, qay darajada tez, to`g‘ri va aniq javob olinishiga qarab namoyon bo`ladi. Uquvchilar javoblaridagi kutilmagan xatoliklar, sinfdagi ishlash aktyvligining kutilmaganda pasayib ketishi, o`quvchilar tomonidan kutilmagan savollarning berilishi va shunga o`xshash holatlarning hammasi darsning borishida oldindan belgilangan plandan chetga chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday hollarda o`qituvchidan qo`shimcha tushuntirishlar, demonstratsiyalar, ba’zi o`quvchilar bilan individual ishlash talab qilinadi. Ammo o`qituvchiniig har qan- day bo`lganda ham, oldindan belgilangan planni amalga oshi- rish uchun harakat qilib, o`qitish protsessida paydo bo`ladigan bunday hollarga e’tibor bermasligi yomon ahvoldir. «Agar biror sababga kura oldindan belgilangan plandan chetlashish muhim bo`lsa, shu vaqtning o`zidayoq darsda bu planda belgilangan ishning qolgan qismiga qanday ta’sir qilishni aniqlab olish muhim. Masalan, o`qituvchi biror muhim masala ustida o`tkazishni mo`ljallagan ishi uchun kam vaqt qolganini kursa, u holda bu ishni boshlamay qo`ya qolgani ma’qul. Agar darsda uy vazifasi uchun asos bo`ladigan materialni qarash imkoni bo`lmay qolsa, u holda oldindan uyga berish uchun belgi- lab qo`yilgan vazifani o`zgartirish kerak...»1.
Ko`pgina boshqa narsalar ham o`qituvchnga bog‘liq. Masalan, u bayonni dogmatik olib borishi mumkin, u holda o`quvchilar o`rganayotgan material qotib qolgan o`lik sistemaga aylanib qoladi, bunda hamma faktlar va qoidalar tayyor bir narsa sifatida o`quvchilarga yuklatiladi, ular faqat eslab qolish, yodlash, quruqdan-quruq bilib olish kerak bo`lgan yo`l-yo`riqlarning ulkan to`plamidan iborat bo`lib qoladi. Ravshanki, bunday o`qitish metodlari o`quvchilar tafakkurini rivojlartirishga biror narsa berishi amri mahol.
Ammo o`qituvchi o`qitishga boshqacha yondashishi ham mumkin (shunday qilishi ham kerak), bunda u o`quvchilarga qaralayotgan fakt va hodisalarning sabablari tushunarli, amallar baja- rishning usul va qoidalari izlanish va qidirish natijasida kelib chiqishi, yangi xossalarning topilishi va asoslanishi, o`quvchilar bu xossalarning mumkin bo`lgan qo`llanishlari borasida tirishqoqlik bilan fikr yuritishlari, o`quvchilar o`z bilimlariga tayanib har xil amaliy usullar mohiyatini tushuntirib berishga harakat qiladigan kollektiv ijod qilish protsessi ekanligini ko`ra bilishlari kerak.
Hozirgi zamon o`qituvchisi o`zida yuqori professional pedagogik madaniyatni, kommunistik kslajak uchun kurashuvchining g‘oyaviy va axloqiy sifatlariii mujassamlashtirishi; o`zi o`qitayotgan fanning so`nggi yutuqlarini, pedagogik va metodik nazariyani yaxshi bilishi ijobiy pedagogik tajribadan ijodiy foydalana olishi; psixologiya bergan ma’lumotlarga asoslanishi; o`quvchilarning aqliy va axloqiy kuchlarini rivojlantirishiing ratsional metod va usullarini izlashi kerak.
SHunday qilib, dars samaradorligi o`quv materialining mazmuni bilan uni o`qitish metodlari, ishlash metodlari bilan bolalarning gruppaviy va individual faoliyatlari ora- sidagi bog‘lanishlarning qay darajaligiga bog‘liq, shuningdek, dars alohida qismlarining o`zaro bog‘liqligi qanday amalga oshirilishiga, o`qituvchiniig nazariy va metodik tayyorgarligiga bog‘liq.
Endi boshlang‘ich sinflarda matematika darslarining asosiy xillarini qarashga kirishamiz.
Didaktik maqsadlariga qarab matematika darslarining ushbu turlari bir-biridan farq qilinadi: murakkab (kombinatsiya qilingan) dars, yangi materialni o`rganish darsi, bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni puxtalash darsi, takrorlash — umumlashtirish darslari, bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni kontrol qilish darslari.
Murakkab (kombinatsiya qilingan) darslar boshlang‘ich sinflarda eng keng tarqalgan dars turidir. Bu o`quvchilarning yosh xususiyatlari, matematika boshlang‘ich kursining tuzilish xu- susiyatlari bilan tushuntiriladi.
Bunday darsda har xil didaktik masalalar echiladi: o`quvchilar yangi bilimlar, malakalar va ko`nikmalar bilan tanish- tiriladi, shu tanishtirilganlarni dastlab puxtalanadi, ilgari o`tilganlar takrorlanadi, bundan keyin o`rganiladigan materialni o`rganishga tayyorlaniladi, bilimlar hisobga olinadi. Bu xildagn darslarda, ko`pincha yangi materialni o`rganish uni puxtalash bilan, ilgari o`tilganlarni takrorlash bilan organik (tarkiban) bog‘lab ketiladi, bunda o`quvchilarga ta- nish bilimlarga asoslaniladi va faqat o`qituvchining bayoni va tushuntirishlari bilangina emas, balki o`quvchilarning har xil mustaqil ishlari tariqasida o`tkazilishi mumkin. Bundan murakkab darslarning strukturasi yo`q ekan, degan mazmun kelib chiqmasligi kerak.
Hozirgi zamom murakkab darsi strukturasiga uning quyida- gn tarkibiy qismlari turli kombinatspyada va har xil hajmda kiradn:
Do'stlaringiz bilan baham: |