2-GURUH “DONISHMAND”:
1. Har yili kuzda bizlar dehqonlarga yigim-terimda ko’maklashsmiz.
2. ….
3. …
1. Bo’sh vaqtimizda bizlar to’p o’ynaymiz.
2. …
3. …
2-topshiriq: «Mozaika» usulida so’zlarni tartib bilan terish: Quyidagi so’zlarni o’rinli qo’yib, maqollarni hosil qiling. Undagi ega va kesimni aniqlang.
1) sevar, odam,bulbul,vatanni,chamanni.
Bulbul chamanni sevar
Odam-Vatanni.
2) yurting,oltin,ona,beshiging.
Ona –yurting,
Oltin beshiging
So’ng o’quvchilarning to’g’ri javoblari rag’batlantiriladi.
III. ASOSIY QISM. Yangi mavzu: “Darak, so’roq, buyruq gaplar”.
Demak, gapning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
a) muomalaning eng kichik birligidir;
b) nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi;
v) grammatik shakllangan bo`ladi;
g) tugallangan ohang bilan aytiladi.
Gap - grammatik jihatdan tashkil topgan, tarkibidagi qismlari bir yaxlit holga kelgan, ma'no va ohang jihatdan bir butunlikka ega bo`lgan sintaktik birlik, u fikr bildirish, xabar berish vazifasini bajaradi, shu bilan birga, turli his-tuyg`ularni bildirish uchun ham qo`llanadi. Masalan, (U) juda g`ayratli gapi ohangga qarab bir qancha tusga kira oladi: Juda g`ayratli. (Darak gap). Juda g`ayratli? (So`roq gap). Juda g`ayratli! (Undov gap).
Har qanday gap so`zlovchining maqsadini: xabar berish, tinglovchidan biror voqea-hodisani so`rash, buyurish, maslahat kabi ma'nolarni ifodalaydi.Shu jihatdan gaplar maqsadiga ko`ra uch turga bo`linadi: d a r a k g a p, s o` r o q g a p, b u y r u q g a p.
Darak gap. Biror voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gap darak gap deyiladi. Darak gapning kesimi ko`pincha xabar mayldagi fe'l bilan ifodalanadi. Masalan: Kecha biz Navoiy muzeyiga bordik.
Darak gap yuz bergan, yuz berishi mumkin bo`lgan voqea-hodisani yoki predmetda biror xususiyatning mavjudligini tasdiq yoki inkor qilish yo`li bilan bildiradi: O`qish boshlandi - gapida tasdiq mazmuni; U imtihonga tayyorlanmadi. U imtihonga tayyorlangani yo`q - gaplarida inkor mazmuni ifodalangan.
Yozuvda darak gapning oxiriga odatda nuqta qo`yiladi: Bugun ijodiy uchrashuv kechasi bo`ladi. Biz ham boramiz.
So`roq gap. So`zlovchiga noma'lum bo`lgan narsa, hodisa, voqea haqida so`roqni ifodalaydigan gap so`roq gap deyiladi. So`roq gapda so`zlovchi o`zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga undaydi: shu fikrni tasdiqlash yoki inkor etishni talab qiladi, masalan:
-Darsga borasanmi?
-Ha, boraman.
Yozuvda so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi qo`yiladi: Kuzimizning go`zalligin, og`aynilar, ko`rganmisiz? (Q.M.)
Biror sabab bilan uzilib qolgan so`roq gapning oxiriga so`roq belgisi va undan keyin ketma-ket ikki nuqta qo`yiladi, masalan:
-Ishlarim yaxshi.
-Yaxshimi-a?..
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi: so`roq gap, odatda, so`zlovchiga noma'lum bo`lgan biror narsa haqida xabar bilish, shu to`g`rida ma'lumot olish maqsadida ishlatiladi va shu xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi. Masalan: Bu kitobni o`qiganmisan?
So`roq gaplar quyidagi yo`llar bilan hosil bo`ladi:
1. Gap tarkibida kim?, nima?, qanday?, qaysi?, qancha?, necha?, qayerda?, qachon?, nima uchun? kabi so`roq so`zlari bo`ladi: Sport musobaqasida kimlar g`olib chiqdi?
2. -mi, -chi, -a, -ya, -ku, nahotki kabi so`roq yuklamalari ishtiroki bilan: Sen ketayapsanmi? Dars-chi? Sen Sanobar opaning o`g`lisan-a?
3. Faqat so`roq ohangi yordami bilan:
- Soat besh bo`ldi,-dedi u.
- Besh bo`ldi?
Buyruq gap. Buyruq gaplarda suhbatdoshni nimanidir qilishga undash maqsad qilib qo`yiladi. Undash esa har xil bo`ladi: iltimos, chaqiriq, buyruq, taklif, maslahat, yalinish va hokozo.
Buyruq gaplarning ohangi, gapning mazmuniga qarab, har xil bo`ladi. 1. Sof buyruq: Tez bor!
2. Iltimos, yalinish: Menga so`z bering.
3. Maslahat: Avval o`yla, keyin so`yla. (Maqol)
4. Do`q: Yaqin kelma, yanchib tashlayman!
5. Chaqirish-undash: Fan cho`qqilari tomon olg`a!
Yozuvda buyruq gapning oxiriga ko`pincha undov belgisi qo`yiladi: Tartib saqlansin!
Iltimos, yalinish, maslahat mazmunini bildirgan buyruq gaplarning oxiriga, ohangiga qarab, nuqta qo`yish ham mumkin: Bugungi ishni ertaga qo`yma. (Maqol).
Yangi mavzuga bo’yicha darslikdagi mashqlar ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |