20
kurak suyagi ajratiladi. So'ng yelka suyagi ustidagi go'shti uzunasiga kesiladi va
suyagidan
tozalanadi, bilak suyagi bilan birlashgan yeridan paylari kesib, yelka
suyagi ajratib olinadi. Ajratilgan go'sht ikkiga — yelka go'shti va yelka orti go'shtiga
ajratiladi.
Bo'yinni suyakdan ajratish uchun bo'yin umurtqa suyagi izi bo'yicha ingichka
pichoq yordamida kesib go'shtidan ajratiladi. Qalin taliq bo'lagini suyaklardan
ajratish uchun umurtqa suyagi turtib chiqqan yeridan
taqab umurtqa suyagi
tomoniga qarab chuqur kesiladi, so'ng qovuig'a suyagi usti bo'ylab shu usulda
suyaklari ajratilib qalin tahq go'shti olinadi. Qovurg'a bo'lagini suyaklardan ajratish
uchun stol ustiga tashqi qismi bilan qo'yilib har bir qovurg'a suyagi izi bo'yicha
suyakka taqalgan holda kesib qovuig'a suyagi shilib olinib lahm qovuig'a go'shti
hosil qilinadi. To'sh bo'lagini suyaklardan ajratish uchun stol ustiga qo'yib ich
tomonidan to'sh kemirchak suyagi, so'ng to'sh suyagi o'z ichi bo'yicha kesib ajratib
olinadi. Mol go'shti oldi bo'lagini bo'laklarga bo'lib, suyaklarni ajratish natijasida
bo'yin bo'lagi, qo'lning yelka va yelka orqa bo'lagi, qalin taliq bo'lagi, qovurg'aning
qo'l osti va qovurg'a bo'laklari, to'sh bo'laklari go'shtiga,
shuningdek, bo'yin,
umurtqa, qovurg'a, kurak, yelka, bilak, boldir suyaklariga ega bo'linadi. Mol
go'shtining orqa qismini boiaklash. Agar mol go'-shti orqa qismi pushti mag'zi bilan
kelsa umurtqa suyagiga taqab ingichka pichoq bilan kesib ajratiladi. Shundan so'ng
bel umurtqasi oxirgi bo'g'ini va tos suyagi birlashgan yeridan chopiladi, peshnob
go'shti bo'ylab kesilib, bel bo'lagi va son bo'lagiga ajratiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar davlatning nafaqat iqtisodiy
holatini balki, yashash sharoitlari va ularning ish bilan ta’minlanishini ham belgilab
bermoqda. 2013 yil 9
aprelda qabul qilingan, O’zbekiston respublikasi
prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni riovjlantirishni yanada
rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi farmoniga ko’ra mulkchilik
shakillaridan qat’iy nazar biznes subyektlari mikrofirma, kichik, o’rta,
yirik
korxonalarga bo’lingan. Bu iqtisodiy islohotning hukumat tomonidan qo’llanilishi
YaIM ishlab chiqarishida mehnatga yaroqli aholining bandlik darajasi dinamikasini
ham oshirmoqda, xususan, 2016 yilda 76,5 foiz bo’lgan bo’lsa, 2018 yilga esa 76,7
foizga yetdi.
Tadqiqot obyekti sifatida sutni qayta ishlovchi Nurota tumani «Nurota jamoli»
fermer xo’jaligi hisoblanadi. Korxonada tabiiy sutdan sut mahsulotlari ishlab
chiqariladi va doimo korxona tomonidan texnilogiyalar modernizatsiya qilib
turiladi, assortimentlar miqdori har yili ko’paytirib boriladi. Hozirgi kunda korxona
smetana, qaymoq, kefir, yogurt, tvorog, brinza mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda.
Korxonaning kundalik sutni qayta ishlash hajmi 8000 kg ni tashkil etadi.
Korxonada mahsulotlarni ishlab chiqarish holati 100% kuzatuv ostida olib
borilib, gegiyenik va texnologik qonun qoidlar asosida ishlab chiqariladi. Korxona
texnologiyalari har yili modernizatsiya qilinib turiladi. Korxona mahsulotlari ishlab
chiqarishda sifat ko’rsatkichlariga katta e’tibor beriladi. Korxona o’zining yosh
iqtisodiy
faoliyatiga qaramasdan, GOST standartlarga javob bera oladi va o’z
sertifikatlariga ega. Korxonaning iqtisodiy salohiyati yildan yilga oshib bormoqda.