16
3. CHORVACHILIK MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHNI TASHKIL
ETISH VA UNING HOZIRGI HOLATI
3.1. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashning ijtimoiy-iqtisodiy
ahamiyati
Goʻsht sanoati - soʻyilgan molni kompleks tarzda qayta ishlovchi sanoat
tarmogʻi, oziq-ovqat sanoatining muhim soxasi. Go’sht sanoati korxonalarida
qoramol, qoʻy-echki, parranda, quyon va b. soʻyilib, undan goʻsht olinadi, goʻsht
konservasi,
kolbasa maqsulotlari, yarim tayyor fabrikatlar (kotlet, chuchvara,
pazandachilik mahsulotlari) tayyorlanadi; shuningdek chorvaga yem sifatida
ishlatiladigan goʻsht va suyak uni, qimmatbaho tibbiy preparatlar (insulin, geparin,
lipokain va b.), aminokislotalar, shuningdek, yelim, parranda pari va pati, jelatin
ishlab chiqariladi. Go’sht sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning xili 400
dan oshadi. Koʻpgina mamlakatlarda goʻsht va goʻsht mahsulotlarini i.ch. asosan 20-
asr oʻrtalaridan sanoat miqyosida rivojlana boshladi. 30—40-y.larga
kelib yirik
goʻsht kombinatlari qurildi. Ishlab chiqarishda zamonaviy mashina va apparatlarni
qoʻllash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash natijasida Go’sht sanoati
da mahsulot yetishtirish salmogʻi oshib bordi. Mac, AQSH da goʻsht yetishtirish
yaxshi taraqqiy etgan boʻlib, jami soʻyilgan mollarning 95% ga yaqini sanoat usulida
qayta ishlanadi. Shuningdek, Argentina, Urugvay, Yangi Zelandiya, Avstraliya va
boshqa davlatlarda ham bu borada katta yutuklarga erishilgan. Gʻarbiy Yevropaning
qator mamlakatlarida qoramol soʻyish kommunal kushxonalarda, kolbasa
mahsulotlari, konservalar va b. goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarish esa maxsus
korxonalarda, shuningdek magazinlar qoshidagi mayda qassobxonalarda amalga
oshiriladi. Goʻsht ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakatlar — Yevropa, Shim.
Amerika
mamlakatlari, Xitoy. Jahonda aholi jon boshiga GOʻSHT isteʼmol
etishning oʻrtacha yillik hajmi 35 kg atrofida, uning eng kam darajasi Afrika
mamlakatlari, Jan. Amerika va Jan.-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, yuqori darajasi
esa asosiy goʻsht ishlab chiqaruvchi mamlakatlarga toʻgʻri keladi (yiliga oʻrtacha
120—130 kg). Keyingi davrda Gʻarbiy Yevropa va AQShda goʻsht yetishtirishda
parranda goʻshtini ishlab chiqarish koʻpayib bormoqda. Jahon boʻyicha yalpi goʻsht
ishlab chiqarish 225,9 mln. t (1999).
Oʻzbekistonda ham sanoatning bu tarmogʻi asosan 30-y.lardan boshlab
shakllandi. Bunga qadar aholini goʻsht bilan mayda va tarqoq qassobxona hamda
kushxonalar taʼminlab kelgan. Ot goʻshtidan qazi, qoramol, qoʻy goʻshtidan uzoq
muddat saqlanadigan quritilgan, qovurilgan goʻsht mahsulotlari tayyorlangan. 1905
y.da toshkentlik boy Orifxoʻja Azizxoʻjayev Turkiston oʻlkasida dastlabki zavod
tipidagi kushxonaga asos solgan. 1929 y.da bu kushxona negizida Toshkent goʻsht
kombinati tashkil etiladi. 1932 y.da Go’sht sanoati respublika xalq xoʻjaligi rejasiga
alohida sanoat tarmogʻi sifatida kiritildi. Oʻsha yili Toshkent, Samarqand, Andijon,
Buxoro, Kattaqoʻrgʻon, Termiz, Qarshi, Qoʻqon sh.laridagi 8 ta shahar
qassobxonasi, Samarqand va Buxorodagi muzxona (muzlatkich)ni
birlashtirgan
"Oʻzgoʻshtsovitishsanoat" tresti tashkil etildi. Keyinchalik bu trest tarkibiga
17
Olmaliq, Chirchiq, Namangan, Yangiyoʻl sh.laridagi kushxonalar, Xoʻjayli,
Urganch mol soʻyish punktlari va Toshkent muzxona kombinati ham kirdi. 1955—
65 y.larda Buxoro, Xoʻjayli, Urganch (hammasi 1956 y.da), Termiz (1960),
Shaxrisabz (1965) goʻsht kombinatlari qurildi. 1965 y.da Respublika Goʻsht va sut
sanoati vazirligining tashkil etilishi b-n. G. s korxonalari qurilishi jadallashdi.
Chirchiq, Fargʻona, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand goʻsht kombinatlarida yuqori
quvvatga ega boʻlgan kolbasa sexlari qurildi. 1949 y.da Oʻzbekistondagi 14 goʻsht
kombinatining smena quvvati 82 t goʻshtni qayta ishlash, 17,2 t kolbasa mahsulotlari
ishlab chiqarish darajasida boʻlsa, 1979 y.da 18 goʻsht kombinatining smena quvvati
438,5 t goʻshtni qayta ishlash va 125,5 t kolbasa mahsulotlari i.ch.gacha ortdi.
1970— 1995 y.larda Samarqand, Navoiy, Urganch, Jizzax va Namangan goʻsht
kombinatlari qurib ishga tushirildi, Buxoro, Fargʻona, Termiz, Xoʻjayli, Qarshi,
Shahrisabz goʻsht kombinatlari qayta taʼmirlanib, quvvatlari oshirildi. Koʻpgina
korxonalar yangi texnologiyalarni qoʻllash asosida
ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar turlarini koʻpaytirishga erishdilar.
Respublika G. yeda Germaniya va Turkiya, Xitoy firmalari bilan hamkorlikda
suyakni qayta ishlash, ichak mahsulotlari tayyorlash, yarim tayyor goʻsht
mahsulotlari ishlab chiqarish, goʻshtni qadoqlash va oʻrab isteʼmolga chiqarish
boʻyicha tadbirlar amalga oshiriladi. Xoz. "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi tarkibida
16 yirik goʻsht korxonasi (kombinatlar) 45 goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan
xujaliklar, viloyat tumanlarida soʻqimga boqiladigan va boʻrdoqichilik punktlari
hamda 160 dan ortiq oʻrta va kichik korxonalar bor. Respublika Go’sht sanoati
oʻzining mustaqil va yetarli xom ashyo bazasiga ega. Keyingi yillarda respublikada
chorva mollari bosh sonini saqlab qolgan holda, goʻsht va goʻsht mahsulotlari ishlab
chiqarishni koʻpaytirishga erishish yoʻlidagi tadbirlar davom ettirilmoqda. 2000 y.da
Oʻzbekiston Respublikasida 841,1 ming t goʻsht yetishtirildi (tirik vaznda) va Go’sht
sanoatida 121,6 ming t goʻsht va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Respublikamizda ham barcha viloyatlarda sutni qayta ishlash zavodlari ishlab
turibdi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin ancha istiqbollarga erishdik.
Chorvachilikka e’tibor kuchaytirildi va davlat xo’jaliklariga,
xususiy fermer
xo’jaliklariga zamonaviy sut ishlab chiqarish va sutni qayta ishlash ilg’or chet el
texnologiyalari kirib kelmoqda.
1 litr sut uchun sut bezi qon tomirlaridan 450-500 litr qon filtrlanib o’tishi
kerak. Sut - qondagi oziq moddalardan hosil bo’lib, alveolalarda sintezlanib
ksantofil va laktoflavin moddalari tufayli sut oq rangga aylanadi. Sut hosil bo’lishini
nerv gumoral yo’l bilan boshqaradi. Yelin sog’ilganda, buzoq emganda, massaj
qilinganda hayvon yelinidagi reseptorlar ta’sirlanadi. Bu gipofiz bezining faoliyatini
kuchaytiradi - prolaktin va oksitasin gormonlari ishlab chiqariladi. Qalqonsimon
bez, buyrak usti bezlari ham ta’sir etadi. Ular moddalar almashinuviga ta’sir qiladi.
Agar moddalar almashinuvi o’zgarsa sut hosil bo’lishi ham o’zgaradi. Gipofiz bezi
olib tashlansa sut berish kamayib keyin to’xtab ham qoladi.
Sutni xo’jalikda dastlabki ishlash uni suzish (tozalash), sovitish, saqlash,
pasterlash va ba’zan muzlatishlardan iborat. Sutni dastlabki xususiyatlarining
saqlanishini uzaytiradigan barcha ishlar sutni qayta ishlash deb ataladi. Xo’jalikda
18
qayta ishlash -
sutga dastlabki ishlov berish, zavodlarda qayta ishlab boshqa
mahsulotga aylantirish esa ikqilamchi qayta ishlash deb ataladi. Asidofilin, kefir,
sariyog’, pishloq tayyorlash uchun sutning avvalgi xususiyatlarini o’zgartiradigan
ishlar sutdan boshqa mahsulotlar ishlash deb yuritiladi.
Sutni suzish. Sog’ish vaqtida sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, sutga
go’ng zarrachalari, chang, ozuqa, hayvon juni, tushama qismlari tushadi. Sut birinchi
marta o’lchash chelagidan flyagalarga quyilishda suziladi, ikkinchi marta ferma
sutxonasida tozalanadi. Undan so’ng zavod sut mashinasiga quyilayotganda
suziladi. Sut maxsus suzgich elak bilan suziladi. Ikki metall elak orasiga yupqa paxta
qatlami quyiladi. Paxta qatlami qanchalik tez o’zgartirilib turilsa, sut shunchalik toza
bo’ladi. Paxta bo’lmasa, ipdan yoki jundan to’qilgan mato ishlatish mumkin. Suzib
bo’lingach matoni har doim qaynatish va tozalab yuvib turish kerak, aks holda bu
mato mikroorganizmlar manbai bo’lib qoladi. Keyingi vaqtlarda polietilen to’qima
(sintetik)-lavsan va enant qo’llanilmoqda. Bu to’qimalar zarasiz bo’lib,
nihoyatda
chidamli va pishiq bo’ladi. Bundan tashqari ularni tozalash va sterillash ham ancha
oson.
Qo’shrabot tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil
etildi (3.1.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: