KIRISH
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona 77 ming 800
tonna sig’imga ega bo’lgan 114 ta sovutish kameralari o’tgan yilda tashkil etildi va
modernizarsiya qilindi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni yuqori o‘sish darajasini
ta‘minlashda real sektor korxonalarining o‘rni beqiyosdir. Bu sektorga qarashli
korxonalar aholining ehtiyojlarini e‘tiborga olgan holda yuqori sifatli mahsulotlarni
ishlab chiqaradilar yoki xizmat ko‘rsatadilar. Korxonalarning samarali faoliyati
bevosita ishlab chiqarish bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan tovar yoki
xizmatlarning realizatsiyasiga ham bog‘liqdir. Mamlakatimizda iste’mol tovarlari
ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo’yicha o’z vaqtida ko’rilgan chora-tadbirlar
ham amaliy samarasini bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning mamlakatimizni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yakunlari va 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruzalarida 2018 yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni va
tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom
ettirilganini ta’kidladilar. Shu bilan birga oldimizga vazifa sifatida, aholi
ehtiyojlarini to’la qonli qondirish maqsadida qayta ishlash sanoatiga alohida e’tibor
qaratishimizni suraganlar. Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni
tayyorlaydigan va tayyor mahsulotni is’temolchiga yetkazib beradigan (sotadigan)
barcha tarmoq va korxonalar agrosanoat majmuasining muhim qismi hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida, jumladan qishloq xo’jaligida bunday yutuqlarga
erishishimizda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berilganligi,
jumladan, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni Respublikamizda ishlab
chiqarish sohalariga keng jalb etilishiga e’tibor qaratilganligidandir. Xususan,
Samarqand viloyatida 2017 yilda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarda qayta ishlash
bo’yicha 78 ta loyiha amalga oshirilib, jami sarflangan harajat 9386 mln so’mni
tashkil etdi. Shu yili sut mahsuloti 367 tonna yetishtirilib uning 100 %i qayta
ishlandi. Xo’jaliklarda kuniga o‘rtacha ming litrdan ortiq sutni qayta ishlanmoqda.
Sutning asosiy qismi xo‘jaligimizdan olinmoqda. Bizga chorvachilikka
ixtisoslashgan qo‘shni xo‘jaliklar ham sut yetkazib beradi. Har xil sig‘imli idishlarga
qadoqlanayotgan tayyor mahsulotlar viloyatimiz va poytaxtimizdagi oziq-ovqat
do‘konlari hamda ta’lim va tibbiyot muassasalariga yetkazib berilmoqda. Eng erkin
istiqbolning tub muammosi - tuzilmalarni o’zgartirish siyosatini hayotga tatbiq
etishdir. O’zbekiston iqtisodiyotining hom - ashyo manbai sifatida bir tomonlama
yo’nalishning qat’iy bartaraf etilishi ichki siyosatning ustuvor strategiyasi
hisoblanadi. Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, talab katta bo’lgan
tovarlarga, ayniqsa bolalar va katta yoshdagilarga mo’ljallangan mahsulotlarga
bo’lgan ehtiyojlarining qondirish asosiy vazifalardandir. Qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini yanada chuqur rivojlantirish, raqobatga qobil
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko’zlab texnologik siklning tugallanganligi
darajasini oshirishimiz lozim. Mamlakatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar
esa respublikaning eksport imkoniyatlarini oshirishga, uning valyuta bilan to’lov
4
qobiliyatini mustahkamlashni hal etishga yo’l beradi. Ilg’or texnologiyalarni egallab
borish, ishlab chiqarishning zamonaviy tuzilmasidan munosib o’rin olishga imkon
beradi. Binobarin, fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ish¬lashni yo‘lga
qo‘yishi, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirishi qanday ahamiyatga ega ekani va
pirovardida aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bugun barchaga ayon
haqiqat. Mazkur islohotlar ichki bozor talabini qondirish, mamlaka¬timizning
eksport salohiyatini oshirishda katta samara berishini hayotning o‘zi isbotlab turibdi.
Chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Bu tarmoq
aholini go’sht, sut, sariyog’, tuxum kabi qimmatli oziq – ovqat mahsulotlariga, qayta
ishlash korxonalarini esa teri, jun, qorako’l teri, pat va par kabi xom ashyolarga
bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Chorvachilik tarmog’i aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga
ega. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida band bo’lgan 3,1 mln. kishining 1,1 mln.
dan ortig’i chorvachilik sohalarida faoliyat yuritmoqda.
Yaylov chorvachiligi esa iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun “tashlandiq”
hisoblangan past hosilli, qish oylari o’ta sovuq, yoz oylari esa jazirama issiq bo’lgan
cho’l va dasht yerlarda aholini yashashi ishlab chiqarish bilan shug’ullanishi hamda
arzon chorvachilik mahsulotlari yetishtirish imkonini beradi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida barcha sa’yi - harakat faoliyatdan
olinadigan foyda summasini ko’paytirib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga
qaratiladi.
Chorvachilikda foydani shakllanishini nazorat va tahlil qilish, ortiqcha
xarajatlarni aniqlash va ular sarfini keskin kamaytirish samaradorlikni oshirishda
dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining “Naslchilik
to’g’risida”, “Veterinariya to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va qishloq
xo’jaligida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora – tadbirlari
to’g’risida”gi 308-sonli va 2008 yil 21 apreldagi 842 – sonli qarorlari muhim
ahamiyat kasb etdi.
Kurs ishining asosiy maqsadi Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni
tashkil etish hozirgi holatini tahlil qilish va uni oshirish imkoniyatlariga oid takliflar
ishlab chiqishdir.
Qo`yilgan maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishiladi:
- qishloq xo’jaligining resurslar salohiyatini o’rganish;
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishning nazariy
asoslash va adabiyotlarni sharhlash;
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishning hozirgi
holatini ko’rib chiqish;
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishga doir taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |