4.Rostlash jarayonining sifati
Biror avtomatik rostlash tizimining amalda ishlatilishi uning turg‘unlik
talablarini bajarishiga bog‘liq (bular faqat zarur bo‘lgan shartlardir). ART ning
ishlatlishi uchun etarli bo‘lgan shart - tizimning talab qilingan rostlash sifatini
ta’minlash qobiliyatidir. Bu sifat rostlash tizimidagi o‘tish jarayonlarining shakliga
bog‘liq.
Tizimning turli parametrlari rostlash jarayoniga ko‘rsatilgan differensial yoki
xarakteristik tenglamalarning umumiy ko‘rinishini echish uchun lozim.
Agar tizim to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa echish mumkin bo‘lmaydi, chunki
uning ildizlari radikallar orqali ifodalanmaydi. SHuning uchun, rostlash sifati, ya’ni
turg‘unlik darajasi, bilvosita integral yoki xususiy tahlil yordamida baholanadi.
Amalda rostlash sifatini integral baholash usuli bilan baholash keng tarqalgan.
5..Foydalanilgan adabiyotlar
1. Д.А.Мирахмедов «Автоматик бошқариш назарияси». Т.Ўзбекистон. 1993.
2. Н.Р.Юсуфбеков ва бошқалар. «Автоматика ва ишлаб чиқариш жараёнларини автоматлаштириш». Т. Ўзбекистон. 1982 й
3. В.Л.Попов., Ю.А.Тютюнников. «Автоматизиция производственных процессов в тракторном и сельскохозяйственном машиностроении».М.,ВО. «Агропромиздат».1990
Do'stlaringiz bilan baham: |