Mavzu: Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash
1. Ish joyini to’g’ri tashkil qilish. 2. Chiqindi idishlari
va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma lumot berish. 3.
Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi.
Chiqindilar – ishlab chiqarish va iste'mol jarayonida
hosil bo‘lgan xom ashyo, materiallar, yarim mahsulot-
lar, boshqa mahsulotlar yoki narsalar qoldiqlari, shu-
ningdek o‘zining xaridorgir xususiyatini yo‘qotgan mahsu-
lotlar (tovarlar) Iste'mol chiqindilari – ma'naviy va fi-
zik jihatdan chegaralanganligi natijasida o‘zining iste'mol
xususiyatini yo‘qotgan materiallar va mahsulotlar.
Ishlab chiqarish chiqindilari – mahsulot, energiya, ish
bajarishda (xizmat ko‘rsatishda) hosil bo‘lgan xom as-
hyo, materiallar, yarim mahsulotlar, shuningdek to‘liq
yoki qisman iste'mol xususiyatini yo‘qotgan, ishlab chiqa-
rish jarayonida yo‘l yo‘lakay hosil bo‘lgan qo‘llanmaydi-
gan qoldiqlar, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, qo‘shimcha
mahsulotlar, foydali qazilmalar olinayotganda hosil
bo‘ladigan yaroqsiz moddalar.Ushbu ta'rifda 3 holatni aj-
ratish mumkin: 1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini
inson tomonidan ongli ravishda tashkil etilgan va rost-
langan texnogen moddalarning aylanib turishi tashkil
etadi. 2. Xom-ashyo tarkibidagi barcha komponentlar-
dan unumli foydalanish, iloji boricha energiya resurslari
potensialidan to‘laroq foydalanishning majburiyligi. 3.
Chiqindisiz texnologiya tabiiy muhitga ta'sir qilib uning
normal ishlashiga ta'sir etmaslik. Kam chiqindili texno-
logiya mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, un-
da tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta'sir ruxsat etil-
gan sanitar-gigienik me'yorlardan oshmaydi. Ishlab chi-
qarish korxonalarida texnik, tashkiliy va iqtisodiy sabab-
lar tufayli xom-ashyoning ma'lum bir kichik qismi chi-
qindi bo‘lib qolishi mumkin va ular ekologik xavfsiz jo-
ylarda saqlanadi yoki ko‘miladi. Shuni alohida ta'kidlash
joizki, kam chiqindili ishlab chiqarishni tashkil etishning
asosiy sharti – korxonada foydalanishga yaroqsiz chi-
qindilar va xususan, zaharli moddalarni zararsizlanti-
rish sistemasining mavjudligidir. Chiqindilarning miqdori
yoki atrof-muhitga yetkazadigan ta'siri ularning ruxsat
etilgan chegaraviy konsentratsiyalaridan ortmasligi ke-
rak. Shuni ham yodda tutish kerakki, “chiqindisiz va
kam chiqindili texnologiyalar” atamasi tabiiy resurslar,
xom-ashyolarga kompleks (hamma tomonlama) ishlov
berish, resurslardan unumli foydalanish, qo‘shimcha (ik-
kinchi darajali) mahsulotlar, ishlab chiqarish chiqindila-
ri, iste'molga yaroqsiz bo‘lib qolgan chiqindilar, ikkilamc-
hi materiallar resurslari, ikkilamchi energiya resursla-
ri, iqtisodiy zarar kabi atamalar bilan uzviy bog‘liqdir.
Tabiiy resurslar - bu Quyosh energiyasi, yer bag‘ridagi
energiyalar, suv, yer, minerallar, hayvonot va o‘simlik-
lar resurslaridir. Mineral resurslar - yer bag‘ridagi ge-
ologik mineral xom-ashyo zahiralarining majmuasi hi-
soblanadi. 23 Xom-ashyolardan hamma tomonlama fo-
ydalanish - xom-ashyo va ishlab chiqarish chiqindilari
tarkibidagi foydali komponentlardan foydalanishni na-
zarda tutadi. Xom-ashyo tarkibidagi qimmatbaho kom-
ponentlarni ajratib olish darajasi va ulardan oqilona fo-
ydalanish jamiyatning ularga bo‘lgan ehtiyojiga va texni-
kaning taraqqiyotiga bog‘liq. Xom-ashyolardan unumli
foydalanish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi,
mahsulot turlari va hajmini ko‘payishini ta'minlaydi,
mahsulot narxini pasaytiradi, xom-ashyo bazalarini
yaratishga sarflanadigan mablag‘larni kamaytiradi va
ishlab chiqarish chiqindalari bilan atrof-muhit iflosla-
nishini oldini olishga imkon beradi.
O‘quvchining chap tomoniga qaychi, chizg‘ich, qalam,
o‘lchov metri joylashtiriladi. O‘quvchining o‘ng tomoniga
turli chiqindi idishlar, mato bo‘laklari va har xil bezak
materiallari joylashtiriladi. O‘quvchining oldi tomoniga
plastmassa yelim, chiqindilar uchun quticha, igna, ip va
sochiqcha joylashtiriladi. Turli chiqindi materiallari Biz
hayotimizda istiqomat qilish jarayonida turli kiyim-ke
chak -
lardan, buyumlardan, oziq-ovqatlardan va boshqa
turdagi mahsulotlardan foydalanamiz. Bu turdagi
mahsulotlarni bizgacha yetib kelishida foydalanilgan bu-
yumlar, turli qutilar, idishlar, g‘iloflarni chiqindi mate-
rial sifatida axlatlarga tashlaymiz. E’tibor bermaymiz-
ki, bu chiqindi materiallaridan turli kerakli buyumlar,
foydalanish mumkin bo‘lgan narsalar tayyorlash mum-
kin. Shu bilan birga turli chiqindi materiallardan o‘z
o‘rnida kerakli foydalanib, keraksizini tartib bilan axlat
idishlariga tashlasak, atrof muhitni ifloslanishi, ekolo-
giyaning buzilishi qisman bo‘lsa ham kamaygan bo‘lardi.
Masalan: suv va turli yelim idishlarini yarimigacha ke-
sib, idish atrofini turli narsalar bilan bezab ro‘zg‘orda
foydalanish mumkin bo‘lgan turli idishlar (taroq solgich,
qalamdon, chiqindi qutichasi) ni yasash mumkin, baklaj-
ka qopqog‘idan choynak tagligini tayyorlash mumkin.
Yoki shampun, kofe, bolalar kashalari, turli yog‘lar va
margarinlarning plastmassa idishlaridan turli buyum-
larni tayyorlash mumkin.Kofe yoki bolalar kashasining
idishidan turli buyumlar tayyorlash texnologiyasi:
4. Idish keraksiz narsalardan tozalanib, yuvib quri-
tiladi. Idish ning o‘lchami aylanasi va uzunligi o‘lchanadi.
5. O‘lcham asosida bir xil rangdagi mato tayyorlanib, idish
atrofi mato bilan qoplanadi.
6. Mato bo‘lagi yelim idishga PVA yelimi yordamida
mahkam lanadi. Yuqori va pastki qismi ko‘rinmas chok
yordamida tikib qo‘yiladi.
7. Idish mato bilan qoplangandan so‘ng turli munc-
hoqlar, biserlar, lentalar, yaltiroq tasmalar yordamida
bezatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |