Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo‘ymadingiz bitini.
Turdi xalqning tilidan, mamlakatni xonavayron qilgan siyosiy tarqoqlik, u keltirib chiqargan qirg’in-barot urushlarni la’natlagan Urug’ va qabilalarni birlashishga va o’zaro hamkorlik qilishga da’vat etgan. Urug‘ oqsoqollarini va beklarni bir yoqadan bosh chiqarishga chaqirgan.
Bu o’rinda Turdining “Тог ko’ngullik beklar” she’ri alohida ahamiyatga ega:
Tor ко’ngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
To’qson ikki bovli o’zbek yurtidir, tenglik qiling...
Me’morchilik. Buxoro xonligi tasarrufidagi hududlarda me’morchilik ham ancha rivoj topdi. Ko’plab masjidlar, madrasalar, bozorlar, xonaqohli karvonsaroylar, hammomlar, sardobalar barpo etildi. Ularni bunyod etilishida temuriylar davrida qurilgan me’moriy obida andaza bo’lib xizmat qilgan.
XVII asrda Samarqand Registoni ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir 1619-1635 - yillarda vayrona holatiga tushib qolgan Registiton maydonida Ulug’bek madrasasi qarshisida Sherdor madrasasini, uning yonida 1646-1660 - yillarda Tillakori madrasa-masjidini o’z mablag’lari hisobidan bunyod ettirgan, unga tilladan ishlov berish, bezash ishlari bajarilgan. “Samarqand Registon ansambli” o’zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Markaziy Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi bo’lib, bugungi kunda jahonxjamoatchiligi, sayyohlar e'tiborini o’ziga jalb qilmoqda. Buxoroda yirik me'moriy majmua - Labihovuz ansambli bunyod etildi. Buxoroning eng badavlat kishilaridan biri bo’lgan Nodir devonbegi 1620-yilda bozor maydoni o’rtasida bo’yi 41 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo’lgan katta hovuz qurdirib atrofini shag'al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi. Hovuz atrofida Nodir devonbegi madrasasi va xonoqoqi, Ko’kaldosh madrasasi, Elnazar elchi madrasasi bunyod etiladi. 1652-yilda Buxoro shahrida Abdulazizxon qurdirgan qo’sh imoratli madrasa mustahkamligi, nafis naqshli ko’rinishlarga boyligi bilan ajrab turadugan, o’z zamonasi me’morchiligining yetuk namunasi hisoblanadi.
Tarixnavislik. Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to’sig’iga aylangan diniy mutaassiblik mang’itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbat aniq tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan har qanday kashfiyotni Xudoni irodasiga shak keltirish deb hisoblardilar. Shuning uchun xam uch o‘zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida aniq tabiiy fanlar rivojlanmadi. Shu tufayli, bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yaratilganligi bejiz emas edi. Buxoroning XIX asr birinchi yarmida ijod etgan tarixchi olii Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771-1831) edi. U „Gulshan ul-muluk“ (Podshohlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo’lib, birinch qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag’ishlangan. Asarning ikkinchi qismida esa Markaziy Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan. XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning „Bayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Ho’qand va Qoshg’ar” (“Buxoro, Qo‘qon va Qashqarning ayrim voqea - hodisalari bayoni”) kitobi, shuningdek, Mir Olim Buxoriyning “Fathnomayi sultoni” Muhammad Hakimxonning „Yilnomalar to’plami“ asar tariximiz uchun muhim manbalar hisoblanadi.
Adabiyot. Bu davr adabiyotida o’z davrining mashhur shoir va yozuvchilari ijod qilganlar. Ulardan biri o’ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy (XVIII asrda yashab ijod etgan) o’rtacha, vaqti kelganda kambag‘allik va sargardonlikda yashagan edi. Shoir 1778- yilda o‘zining ajoyib „Xusnu Dil“ dostonini yaratgan O’zbek adabiyotining katta yutug‘i sanalgan bu asami shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari — Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklaming timsoli edi.
Shu tariqa, Nishotiy dostonida odamlarva davlatlar orasidagi nizolar. baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi. Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o‘ziga xoslik — bu, adabiyotda munozam janri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligidir. Bu o‘rinda uning „Qushlar munozarasi“ majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlarjaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug‘langan. Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to‘ti, xumo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs tasvirlangan. Bu davrning yana bir mashhur shoiri Mujrim - Obid edi (1748-1818). Shoirning asarlaridajamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik odamlar fe’lidagi iliatlar tanqid ostiga olinadi.
Buxoroda Shavqiy, Joniy, Hiromiy, Vola va Junaydjlloh Hoziq kabi o'nlab iste’dodli shoiriar ham ijod qiganlar.
Volaning (1770—1842) ko‘zi tug‘ma ojiz bo‘lsa-da, tabiat unga kuchli iroda, aql, xotira va qobiliyat hamda yoqimli ovoz in’om etgan edi. Shoir o‘z she’rlaridan 2 ta devon tartib bergan. Bizgacna 3 ming misra she’rlari yetib kelgan. O‘z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |