Ilm-fan. Diniy mutaassiblik, xalq ommasi diniy aqidalarga so’zsiz itoat etish talablarining kuchayishi ilm-fan ravnaqiga salbiy ta’sir etdi. Shunga qaramasdan, ilm ahllarining ijodi batamom to‘htab qolmadi. Mahmud ibn Valining 1636-yilda yozilgan “Bahr asror” (“Sirlar dengizi”) asarida samarqandlik va buxorolik 20 nafar olim haqida ma’lumotlar berilgan. XVII asrning taniqli olimi, Mir Arab madrasasi mudarrisi Muhammad Sharif Buxoriy (1609-1697) falsafa, tasavvuf, tarix, fiqh, tilshunoslik, astronomiya sohasida 20 dan ortiq asarlar yozgan. Uning “Xoqonga foydali maslahatlar” kitobida shariat qonun-qoidlari, ijtimoiy hayot va axloqiy muammolarga oid ma’lumotlar, hukmdorlar to’g’risida qiziqarli lavhalar o’z ifodasii topgan.
Subhonqulixon davrida tibbiyot ilmi rivojlandi. Uning tashabbusi bilan Buxoroda „Dor ush-shifo“ qurilib, bemorlarni davolash ishi yo’lga qo’yilgan, tibbiyotga ixtisoslashgan madrasa qurilib, shifokorlar tayyorlangan. Subhonqulixonning tibbiyotga oid kitoblar jamlangan nodir kutubxonasi bo’lgan. U “Subhoniy tibbiyoti bo’yicha davolash” va astronomiyaga oid “Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati” nomli kitoblar yozgan.
Tarixnavislik. XVII - XVIII asr birinchi yarmida Buxoro tarixiga doir qator asarlar yaratiladi. Tarixchi va geograf olim Mahmud ibn Valining “Oliyjanob insonlar jasorati xususida sirlar dengizi” (“Bahr ul-asror”) asarida Movarounnahr va Xuroson tarixi, mamlakatlar, shaharlar, okean va dengizlar, hayvonot olami haqida qimmatli ma’lumotlar bayon qilinadi. Shuningdek, bu davrda Muhammad Yusuf Munshiyning “Tarixi Muqimxoniy”, Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad ibn Muhammad Zamon Buxoriyning “Tarixlar dengiz” Abdurahmon Tolening “Abulfayzxon tarixi” kabi muhim asarlar yaratildi.
Adabiyot. XVII - XVIII asr birinchi yarmida adabiyot ancha rivoj topdi. Bu davr adabiy muhitida Bedil (asl ismi Mirzo Abdulqodir, 1644-I721) ning o’rni katta. U kesh (Shahrisabz)lik. Dehlida vafot etgan. Uning yirik asari “To’rt unsur” nasrda yozilgan bo’lib, unda havo, suv, yer, olov haqida, shuningdek, o’simliklar, hayvonlar va odamning kelib chiqishi haqida o‘z qarashlari bayon etiladi.
Bedilning “Irfon” (”Bilim”) dostonida falsafa, tarix va ilohiyot masalalari bayon etilgan. Bedilning fikricha, dunyo abadiy bo’lib, to’xtovsiz harakat qiladi va o’zgarib turadi. U she’rlarida jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoralaydi. Bedil Turkistionda ,,Abulma’oniy“ (“Ma’nolar otasi”) degan nom olgan.
Bu davr adabiyotining yirik namoyandalaridan yana biri shoir Sayido Nasafiy edi. U Nasaf (Qarshi) shahrida tug’ilgan. Zamondoshlari uni “Buxoro shoirlari taxtida sulton” deb ulug’laganlar.
Uni mashhur qilgan “Hayvonotnoma” nomli majoziy munozara asari edi. Nasafiy mazkur asarida hayvonlar timsoli orqali yer egalari va amaldorlaring mehnatkash xalqqa yetkazgan jabr- zulmlarini, ularning adolatsizligini, poraxo’rligi va ma’naviy jihatdan pastkashliklarini fosh etadi. Shoir asarida bo’ri va sher timsolida yer egalarining yirtqichlikdan iborat asl basharalarini ochib tashlaydi. Asarda sher barcha hayvonlar ustidan g’alaba qozonsada, mehnatkash xalq timsoli bo’lgan chumolidan yengiladi. Bu shoirning mehnatkash xalq ham bir kun emas, bir kun jabr-zulimdan ozod bo’lishi yo’lidagi orzusi edi.
Bu davr adabiyotida Turdi Farog’iy ham munosib o’rin egallaydiydi. Turdi jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subhonqulixonning og’ir soliqlarga duchor etganligini, uning oqibatida xalq tortayotgan azob-uqubatlarini ro’yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |