Birinchi bob bo`yicha xulosalar.
Umumiy o`rta ta`lim tizimidagi musiqa ta`limining amaldagi holati, mazmuni va metodikasini o`rganish, bu borada qator mamlakatlarning tajribalarini tahlili shuni ko`rsatadiki, umumta`lim maktablarida o`tiladigan barcha fanlar qatori musiqa predmeti ham eng avvalo, har tomonlama barkamol avlod shaxsini, uning ma`naviy va ma`rifiy, aqliy-axloqiy, badiiy-estetik, jismoniy kamolotini shakllantirish maqsadini ko`zda tutadi. Har bir fanni o`qitilishini o`ziga xos predmeti bo`lgani singari musiqiy ta`limning ham o`ziga xos maqsadi, vazifalari, didaktik prensiplari va o`qitish metodlari mavjud. To`g`ri yo`lga qo`yilgan musiqa ta`limi va tarbiyasi ham umumiy pedagogika fanining bir tarkibiy qismi sifatida uning umumdidaktik prensiplariga amal qiladi. Shu bilan birga musiqaning tarbiyaviy ta`siriga erishish, o`quvchilarda musiqa san`atiga qiziqish uyg`otish, turli janr, uslub, shakl va mazmun, murakkablikdagi asarlarni idrok etish jarayonida musiqiy-badiiy obrazlarni yoritib beruvchi musiqiy asarlar mazmunini anglash, his etish, tasavvur qilish, unga ongli munosabat hosil qilish, misiqiy-nazariy bilimlarni o`zlashtirish bilan amaliy ijrochilik malakalarini egallash, musiqa asariga baho bera olish, ularni saviyasini farqlay olishiga o`rgatish musiqa fani predmetini belgilovchi asosiy mezon hisoblanadi.
Albatta, har qanday fan sohasida bo`lgani kabi musiqa ta`limining ham asosiy shakli bu maktab dars jarayonidir. Musiqa dars shaklining boshqa fanlardan ajralib turuvchi eng mihim xususiyati uni bir qator faoliyatlar negizida tashkil etilishida ko`rinadi. Bu faoliyatlar beshta bo`lib ular dars jarayonida uning alohida qismlari bo`lib emas, dars maqsadi, mazmuni va vazifalarini yaxlit holda samarali kechishiga xizmat qiluvchi, bir-birini to`ldiruvchi va uzviy bog`langan komponintlari sifatida ishtirok etadi. Darsda belgilangan pedagogik maqsadlar manashu faoliyatlar uyg`unligida olib borilgandagina o`quvchilarda musiqiy-nazariy bilimlarni o`zlashtirish, amaliy ijrochilik ko`nikma va malakalarini hosil qilish, musiqani idrok etish qobiliyatlari va natijada to`la ma`nodagi musiqa madaniyatini shakllantirishga erishiladi. Musiqiy faoliyatlar ta`lim jarayonida ta`lim oluvchi shaxsning barcha musiqiy-psixologik xususiyatlari (qobiliyatlari) ni shakllanishi, rivojlanishi va takomillashib borishiga o`z ta`sirini o`tkazadi. Biroq darsda o`quvchi faoliyatining barcha turlariga musiqani idrok qilish asos bo`ladi. Musiqiy idrok esa avvalo musiqani tinglash natijasida yuzaga keladi.Musiqani tinglamasdan yuqorida ta`kidlab o`tilgan sifatlarni shakllantirish mumkin emasligi faoliyatlar tizimida musiqa tinglash faoliyati yetakchi o`rin tutishini bildiradi.
Demak, har bir musiqa o`qituvchisi o`zining musiqa o`qituvchilik kasbida buni yodda tutishi, darslarni reja-loyihasini tuzish, tashkil etish, uyushtirishda har bir faoliyatga qo`yiladigan talablar mohiyatidan kelib chiqqan holda ularga ajratiladigan vaqt meyorlarini aniq hisobga olgan, pedagogik maqsad va vazifani muvaffaqiyatini ta`minlashiga xizmat qiluvchi yangicha yondoshuvlar bilan ish uslibini qo`llagan holda ish tutishi lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |