II BOB: Musiqa tinglash (musiqa idroki) faoliyatida olib boriladigan ta`limiy va tarbiyaviy ishlar mazmuni.
2.1. Musiqa tinglash o`quvchilarda musiqa idrokini shakllantirish omili.
Musiqiy-estetik tarbiya masalasi hozirgi zamon pedagogikasida eng muhim ta`lim va tarbiya masalalaridan sanaladi. Musiqiy estetik tarbiya musiqiy tarbiyaga qaraganda ancha keng tushunchadir. Bu jarayonda musiqa ta`limi ( darslari) muhim o`rin tutadi, lekin u asosiy me`zon hisoblanmaydi.
Musiqiy estetik tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san`at va ijtimoiy hayotdagi narsalarga muhabbat tuyg`usini hamda o`z his-tuyg`ularini “musiqa tili”da ijodiy namayon qilish qobiliyatini shakllantirish asosiy rol o`ynaydi.
Musiqani anglash yoki musiqiy ta`limning bosh maqsadi mazmunida ham shaxsning go`zallikni faol idrok etishiga erishish hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Musiqashunos olim va pedagog B. Asafyev bu haqda shunday fikrni bildiradi: “ Musiqa ijodida va uni idrok etishda intellectual asosni qaror toptirishdan hech qachon voz kechmaslik kerak. Musiqani tinglar ekanmiz, u yoki bu holatlarni his etib boshdan kechiribgina qolmasdan, balki idrok qilinayotgan mavzu mazmunini farqlaymiz, tanlaymiz, baholaymiz, binobarin fikr yuritamiz, mushohada qilamiz”. [ ].
Musiqiy-estetik idrokni, didlarni tarbiyalash, badiiy-musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish doimo aqliy va axloqiy tarbiya bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. Hozirgi paytdagi respublikamizda amal qilayotgan musiqiy ta`lim va tarbiya tizimi ko`pgina tarmoq-yo`nalishlardan iborat. Bular musiqa darsi, musiqa bo`yicha sinfdan va maktabdan tashqari muassasalardagi ta`lim-tarbiya, shuningdek turli to`garaklar, studiyalar, markazlar, ansambllar, ijodiy jamoalar, maktab internatlar va hokazolar. Bu zanjirda ommaviy axborot vositalari, radio, televideniya, madaniy ommaviy tadbirlar, bayramlar ham muhim o`rin tutadi.Umumta`lim maktablaridagi musiqa darslarida o`quvchilarni musiqa sohasida har tomonlama rivojlantirish, musiqiy qobiliyatlarini, estetik didi, dunyoqarashini, nazariy savodxonligini, bir so`z bilan aytganda musiqa madaniyatini shakllantirish asosiy vazifa sanaladi. Musiqa darsining yana bir o`ziga xos tomoni unda ta`lim vazifalaridan tashqari badiiy ijrochilik vazifalari ham qo`yiladi. Darsda o`quvchilarni tarbiyalash, o`qitish, rivojlantirish, ularga ta`lim berish birgalikda va o`zaro amalga oshirilmog`i kerak. Maktab ta`limi o`quvchilarni professional musiqa faoliyatiga tayyorlashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaydi. Biroq musiqani tushinish, idrok qilish va badiiy-emotsional ta`sirlanish qobiliyati har bir o`quvchiga xos bo`lmog`i kerak.
Musiqani idrok etish musiqiy obrazni inson ongida in`ikos qilishi, gavdalanishidir.Bu jarayon negizida asarni baholovchi munosabat yotadi.
Idrok etishning boshqa turlari singari musiqani idrok etishda quloq (xuddi ko`z predmetni ko`rish vositasida idrok qilgani singari) musiqiy asarning muhim xususiyatlarini, uning ifodaviy jihatlarini, vositalarini, “paypaslab ko`radi”. Bu inson sezgisi, ongi, tafakkuri, musiqiy tayyorgarlik darajasi kabi elementlar bilab bevosita bog`langandir. Shu sababli musiqaviy idrokni rivojlantirishning ilk bosqichlarida tashqi harakatlar: kuyni og`izda aytish (hirgoyi qilish), qo`shiq aytgan vaqtda tovushlar yo`nalishi harakatini qo`lda ifodalash, musiqa sadosi ostida raqsga tushish kabilar katta rol o`ynaydi.
Musiqiy idrok bir qator musiqiy xususiyatlarga bog`liqdir.
Emotsionallik. Badiiy musiqiy obrazning go`zalligini,
musiqata`siridauyg`onadigan his-tuyg`ular va kechinmalarini, fikrlarni boshdan kechirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |