Mavzu: Buxoro amirligi tashkil topishi


xususiy bankining sho`basi



Download 26,54 Kb.
bet5/5
Sana13.06.2022
Hajmi26,54 Kb.
#664993
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro amirligi tashkil topishi

xususiy bankining sho`basi ish olib borardi. 1-jahon urushi boshlanishi bilan amirlik aholisining ahvoli yanada og`irlashdi. Xuddi shu davrga kelib jadidchilik harakati asosida yosh buxoroliklar partiyasi faoliyati kuchaydi. 1917 yil Fevral inqilobi munosabati bilan bu partiya amirlikni podsho Rossiyasi buyrug`idan qutqazish, ba'zi islohotlar o`tkazish ishiga kirishdi. Yosh buxoroliklar rus bolsheviklari bilan hamkorlikda 1918 yil martida amir hukumatini ag`darishga urindilar. Ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1920 yil 2 sentabrda Buxoro bosqini natijasida amirlik tugatildi.
Mamlakat iqtisodiy hayotida dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo asosiy o`rinni egallagan. Ichki nizolar bo`lib turishiga qara-may, iqtisodiyotning bu sohalari rivojlanishda davom etdi. Dehqonchilik sug`orish bilan bevosita bog`liq bo`lgan. Sug`orish tarmoqlari Zarafshon va Amudaryodan chiqarilgan. Amirlik davrida Zarafshon daryosida Puli Karmana, Puli Mehtar Qosim va Puli Chahorminor kabi suv taqsim-lagichlari qurilgan. Zarafshondan Jizzaxga Tuyatortar arig`i chiqarilgan. Sug`orish tarmoqlari amir Shohmurod va amir Haydar davrlarida ham ancha ko`paydi, ko`chmanchilarning o`troqlashuvi kuchaydi.
Xonlikda yer egaligining asosan 3 turi–amloq (amir boshchiligidagi mulkdorlar guruhi ixtiyoridagi yerlar), mulk (xususiy yer egalariga qarash-li) va vaqf (musulmon ruhoniylari, madrasa, masjid, mozorlarga qarashli) yerlari mavjud bo`lgan. Xonlikda dehqonlar yerni asosan ijaraga olib ishlar edi. Soliq turi va boshqa to`lovlarning ko`pligidan, bekor majburiyatidan bezor bo`lgan mehnatkash xalq tez-tez g`alayon qilib turar edi. Dehqon-chilikda asosan g`alla, paxta ekilgan. Ipakchilik ko`proq Zarafshon vodiy-sida rivojlangan. Hunarmandchilikning ko`p turlari ravnaq topgan. Xusu-san, to`qimachilik, tikuvchilik, misgarlik, zargarlik buyumlari xonlikdan tashqarida ham xaridorgir bo`lgan. Shahar va yirik qishloqlar aholisining talay qismini hunarmandlar tashkil etar edi. To`qimachilik mahsulotlari Yaqin Sharq (masalan, Zandana qishlog`ida to`qilgan zandaniychi matosi butun sharqda mashhur bo`lgan) mamlakatlariga chiqarilgan. Hayotni teb-ratuvchi bu ikki yo`nalish ichki va tashqi savdo taqdirini ham belgilagan. Dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlari ichki va tashqi bozor talab-larini qondirib turgan. Xonliklar o`rtasida savdo uzluksiz davom etgan. Ayniqsa, Buxoro shahri O`rta Osiyoning eng yirik savdo markazi sifatida mashhur bo`lib, ko`plab karvonsaroylarga va savdo rastalariga ega bo`lgan.
Download 26,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish