Muammoni hal qilish davri. Muammoni tadqiq qilish besh bosqichda amalga oshiriladi.
Muammoni tanlash bosqichi. Ishlab chiqarishdagi tor joy yoki uchastkada ortiqcha yo'qotishlarni keltirib chiqaryapgan muhim muammo tanlab olinadi va vaziyatni yaxshilash ishlari boshlab yuboriladi. Muammoni tadqiq qilishni boshlash uchun guruh yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning ro'yxatini tuzishi kerak. Keyin har bir muammoning muhimligini tavsiflovchi ma'lumotlarni to'plash lozim. Muammoni hal qilishdagi eng muhim qadam - uning mavjudligini anglash.
Birinchi darajali muammolarni tanlash uchun Pareto tamoyili qo'llaniladi. Mazkur tamoyilga ko'ra, "ko'p bo'lmagan jiddiy xatolar" muammoning katta qismini tashkil qiladi. Tahlil uchun ko'pincha Pareto diagrammalari qo'llaniladi.
Pareto diagrammasida vertikal ustunlar bo'linmaning faoliyati, mahsulot yoki biror bir vaziyatga tegishli bo'lgan muammolarni tasvirlaydi. Odatda diagrammalardagi xatolarning 70 - 90% ini (ko'p sonli bo'lmagan jiddiy xatolar) uchta manba yuzaga keltiradi. Muammolarning qolgan 10 - 30%i - ko'p sonli mayda xatolar - jiddiy xatolar tuzatilgandan so'ng hal qilinishi lozim.
Lekin xatolarning soni chalg'ituvchi mezon bo'lib chiqishi mumkin. Masalan, har bir buyumga atigi bir so'mdan sarflab, ifloslanishni osongina bartaraf qilish mumkin, lekin darz ketish oqibatida 1000 so'mlik qiymatga ega bo'lgan detal tashlab yuboriladi.
Tahlil qilish bosqichini o'tkazishdan muammo haqida to'laroq tasavvur hosil qilishdir. Eng avvalo, to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligini tekshirish kerak. Tekshiruvdan so'ng ma'lumotlarning asoslanganlik darajasi aniqlanadi. Bunda nuqsonli buyumni diqqat bilan tekshirish yoki tajribalar o'tkazish talab qilinishi mumkin.
Tuzatish bosqichi. Xatoning asosiy sababi aniqlangandan so'ng, guruh muammo qaytadan yuzaga kelishining oldini olish rejasini ishlab chiqishi mumkin. Tuzatish bosqichi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Agar imkoniyat bo'lsa, vaqtinchalik choralarni qo'llash.
Muqobil qarorlarni ishlab chiqish.
Optimal yechimni tanlash. Quyidagi holatlar bo'yicha potentsial yechimlar baholanadi: a) amalga oshirish qiymati; b) yechimning samaradorligi; v) agar mavjud bo'lsa, yuzaga keladigan salbiy oqibatlar; g) amalga oshirishning soddaligi.
Ko'rsatilgan muddatlar va amalga oshirish tartibini hisobga olgan holda olgan qarorni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish. Rejada quyidagi savollarga javoblar berilishi kerak: a) nima bajarilgan bo'lishi kerak? b) buni kim bajaradi? v) bu qachon va qanday bajariladi? g) muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning mezonlari qaysilar?