Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet3/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Tartiblar t/r

1

2

3

4

5

6

Etakchi texnik yangiliklar

MM

MM va EM majmui

MM, EM va AM majmuasi

EM, AM va MA majmui

AM, MA va EA majmui

MA, EA va AA majmui

Jadallik bilan tarqalishning boshlanishi (yil)

1725

1775

1825

1875

1925

1975

Tarqalishning yuqori darajasi

1775

1825

1875

1925

1975

2025



Birinchi texnologik tartib takror ishlab chiqarish konturini o’z ichiga olgan bo’lib, uning yetakchi elementi bo’lib moddalarni o’zgartiruvchi mashinalar hisoblanadi; ikkinchi yetakchi rolni moddalar va energiyani o’zgartirish uchun mashinalar majmuasi egallaydi; uchinchi o’rinda - moddalar, energiya va axborotni qayta ishlash uchun mashinalar majmuasidir.
Uchinchi texnologik tartib - takror ishlab chiqarish konturi hisoblanib, unda avtomatik mashinalar - avtomatlar transformatsiyalash mashinalarining o’rnini egallagan majmua yetakchi mavqega ega bo’lgan. Beshinchi tartib - moddalar, energiyani o’zgartiruvchi avtomatlar va axborotni qayta ishlash mashinalari kompleksining konturi, oltinchisi - moddalar, energiya va axborotni qayta ishlash uchun avtomatlar majmuasi.
To’rtinchi tartib texnikalarining o’ziga xos namoyandalari ommaviy ishlab chiqarishda qo’llaniladigan avtomatik liniyalar hisoblanadi va ular yangi mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish uchun qayta o’rnatish ishlarini bajarishda insonning ishtirokini talab qiladi. Moslashuvchan avtomatlashgan ishlab chiqarish beshinchi tartibning vakili hisoblanadi. U inson ishtirokisiz kompyuterlar tizimi boshqaruvida mahsulotlarning keng nomenklaturasini ishlab chiqarishga imkon beradi.
Texnologiyalar evolyutsiyasi ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, boshqaruv usullarining taraqqiyoti bilan mustaham bog’langan. Bunday resurslarning qimmati o’zgaradi. 30 - yillarning Buyuk turg’unligidan so’ng inson kapitali ustun mavqeni qo’lga kiritgan. Bu kapital malakali mutaxassislar mehnati va yangi texnologiyalarni o’zida aks ettiradi. Avvalroq sanoat davrida mehnat, kapital va tabiiy resurslardan foydalanib yuqori qaytimga erishish mumkin edi.
70 - yillar oxiri va 80 - yillarning boshida jahon iqtisodiy inqirozidan so’ng inson kapitali va yangi texnologiyalarning ahamiyati yanada ortdi. Biroq, muhimi, hozir boshqaruv personalining funktsiyalari va boshqaruv usullarini yangilash alohida ahamiyat kasb etdi. Boshqaruv tizimlari va usullarini uzluksiz takomillashtirish va yangilash tashkilotlar, korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyati omiliga aylandi.
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida “sifat” tushunchasining rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. Elektronika sanoati taraqqiyotining muayyan bosqichida texnologiya chiqindisiz ishlab chiqarishni ta’minlashda yaroqsiz hisoblandi. O’zining xususiyatiga ko’ra elektronika sifat haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o’zgartirib yubordi.
Avvallari sifatni oshirish bo’yicha ishlar texnologik jarayon - nazorat operatsiyalarining so’nggi bosqichlaridan boshlangan edi. Hozirda ular har bir texnologik bosqichda olib boriladi va ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi hisoblanib, eng avvalo, ko’plab sifatli tayyor mahsulotlarning potok (konveyer) dan chiqishiga erishishga qaratilgan.
Yuzaga kelgan nuqsonni hamma vaqt ham aniqlab bo’lmasligi tufayli nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonida qolaveradi va keyingi qayta ishlashga uzatiladi. Shuningdek, ayniqsa 5 - 30% lik yaroqsiz mahsulotlarning chiqishida sifatli mahsulotning qiymati keskin ortadi.
Afsuski, elektronika sanoatining yanada ilmtalab yo’nalishlarida muayyan davr mobaynida yaroqli mahsulotlarning chiqishi ko’p bo’lmagan. Shu sababli, sifat sohasidagi ishlar nafaqat muhim, balki yetakchi hamdir. Aynan shunday ishlab chiqarishlarda sifatga iqtisodiy yondashuv yaqqol namoyon bo’ldi. Ma’muriy yondashuvning ba’zi bir asosiy tamoyillari o’zining mohiyatini saqlab qola oldi xolos. Ulardan asosiysi iste’molchining nuqsonsiz mahsulotni olishidir. Iste’molchiga taklif qilinayotgan mahsulotning sifati 90 yoki 99% emas, balki 100% lik ko’rsatkichga ega bo’lishi kerak.
Texnologik tartiblarning o’zgarishi sifatni boshqarishning mohiyatini ham o’zgartiradi. Masalan, qoloq, lekin keng tarqalgan Rossiya sharoitlarida ishlab chiqarishda uchinchi tartibning qayta ishlashni boshqarish funktsiyasini inson bajaradi. Bunday sharoitlarda u yoki bu jihoz, uskunaning sifatga ta’siri muhim o’rin tutadi. Ishchi o’z uskunasini batafsil bilishi kerak. Bunday o’ziga xosliklarni hisobga oladigan va ulardan dadil foydalana oladigan ishchi yaxshi ishchi hisoblanadi. Agar barcha uskunalar butun texnologik zanjirda ma’qul tarzda ishlaganda, mahsulotlar sifatining yuqori bo’lishini kutish mumkin bo’lardi.
Ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi, yangi texnika pog’onalarining paydo bo’lishi bilan sifatga yondashuv yangicha xususiyat kasb etadi.
Avtomatlashgan texnikadan foydalanish - to’rtinchi va undan keyingi texnologik tartiblarning texnikalari - ijrochilarga yangi talablarni ilgari surdi. Butun texnologik zanjirda jihozlar ishini optimallashtirish ishchilarning vazifasi bo’lmay qoldi.
Jihozining o’ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan va o’zining operatsiyasida sifatning maksimal darajasiga erisha olgan ishchilarning mehnati emas, balki ijrochilarni nazorat qilish imkoniyati cheklangan sharoitlarda ishlab chiquvchilar tomonidan taqdim etilgan operatsiyalar majmuini aniqroq bajargan ishchilarning mehnati qimmatli hisoblandi.
Shuning uchun, ziyoli ishchilarga ega bo’lishning o’zi yetarli bo’lmay qoldi. Ijrochi texnologiyada unga belgilangan ishni bajarishi yoki texnologik jarayondagi u yoki bu o’zgarishning ehtimoli bo’lgan barcha oqibatlarini tasavvur qilishi kerak. Buni esa hamma vaqt bajarib bo’lmaydi.
Bunday holat mahalliy HSK rahbarlari va mutaxassislarining seriyali zavodlarda ishlab chiqarishni malakasiz “oqilonalashtirish” lariga keskin salbiy munosabatni yuzaga keltirdi. Biroq bunday holat texnologiyalarning osongina “tirajga qo’yish” ga imkon beradi. Masalan, Yaponiya firmalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga zarar yetkazmay, yaxshi o’rnatilgan texnologik zanjirni barcha jihozlari bilan rivojlanayotgan davlatlardagi firmalarga topshiradilar.
Bunday holat shu bilan izohlanadiki, xorijdan texnologik liniyalarni sotib olishda ba’zida u yerda o’z korxonasining ishchi kadrlari emas, hamkor tarafdan yangi ishchilar ishlashini afzal ko’radilar. O’qimishli, lekin keltirilgan tarmoqdagi odamlardan yiroq bo’lgan insonlarni tanlab oladilar. Bunday insonlar qayta ishlashning barcha tartiblariga qat’iy rioya qiladilar va natijada sifatli mahsulot olish mumkin.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish