Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyot
i kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).
Ad.; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida, T., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999.
Ahmadjon Oʻlmasov, Sherqul Shodmonov.[1]
Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir.
[Bozor iqtisodiyotiga ikki xil yo'l bilan o'tiladi: revolyutsion(birdaniga) va evolyutsion(sekin asta, O'zbekiston ham shu qatori). 4 xil bozor turi bir: 1.mahalliy 2.milliy 3.hududiy 4.jahon bozorlari. (Mirzalatipov Mirzahamid tahriri) ]
Manbalar
↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.Bozor iqtisodiyoti modellari
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud.
Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud.
Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud.
Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada i. t., texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi.
Ad:. Karimov I., Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli, T., 1993; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida, T., 1995; Teoreticheskaya ekonomika. Politekonomiya, M., 1997; Ekonomika, M., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997;Oʻlmasov A., Sharifxujayev M., Iqtisodiyot nazariyasi; T., 1995; Tuxliyev N., Taksanov A. Natsionalnaya ekonomicheskaya model Oʻzbekistana T., 2000.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak .Bular : erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O`zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O`zbekiston o`zining o`ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo`ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to`ntarishlarsiz, ijtimoiy to`qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat`iyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi.
Bu yo`ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o`z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo`lishi lozim edi .Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to`liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi.
Bu yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobida shunday fikr bildirgan: «O`zbekistonda qabul qilingan, «o`zbek modeli» ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o`ziga xos yo`li»[1].
Yurtimizda mazkur tartib asosida o`tkazilayotgan islohotlar o`z natijasini bermoqda. Xususan, 2016-yilda yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish- pudrat ishlari 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar 12,5 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish 11,2 foizga, kartoshka yetishtirish 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga oshdi.
O`zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta`minlab, yurtimizdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e`tibor berilmoqda, bu esa o`z navbatida aholini ish bilan ta`minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.
Аdabiyotlar:
Shodmonov Sh., Alimov R., Jo`raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent – Moliya –2002.
Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent – Mehnat. – 1997.
Ishmuhamedov A.E., Sitdikova L.A., Ishmuhamedov L., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. – 2004.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |