orqali erishiladi. Bu yerda daromadlarni o'zlashtirish uni yaratishda
qatnashgan omillar egasining qo'shgan hissasiga qarab yuz beradi.
Aralash iqtisodiyot manfaatlarni sog'lom raqobat orqali uyg'unlashtirganidan bu ichki mexanizm yuksak samaradorlikni ta ’m inlaydi. M ana shu yuksak misli ko'rilmagan samaradorlik aralash
iqtisodiyotning tub belgisidir. Ammo umumjamiyat niiqyosida
samaradorlik yuksak bo'lgani holda, ayrim tarmoqlar va korxonalar
doirasida u tafovutlanadi. Ayrim ishlab chiqarish bo'g'inidagi
samaradorlik o'rtacha saniaradorlikdan yuqori bo'lganda boshqalarnikidan ortiqcha daromad olinadi.
Aralash iqtisodiyot о fining o'tmishdoshidan farqliroq, m anfaatlar to'qnashuvi o'rniga nianfaatlarning muvozanatlashuvini
keltirib chiqaradi. Buni birinchidan, mulk shakllarining xilnia-xilligi, ikkinchidan, moddiy om ildan inson omilining ustunligi,
uchinchidan, ishlab chiqaruvchilarning o'zlari mulk egasiga aylanib,
niulkdor sifatida daro m ad n in g bir qismini o'zlashtirishlarni t a ’-
minlaydi. Aralash iqii.sodiyot insoniy bo'lganidan ishlab chiqarishning xalq isk'm olim nevosita qondiruvchi sohalari ustuvor rivoj
topadi.
Daromadning asosiy qismi fuqarolar ixtiyoriga o'tib, ularning
ehtiyojlanm qondirishga xizmat qiladi. Aholi daromadi uning
iste'molidan tobora ko'proq ortib qolib, milliy boylikka aylanadi.
Shu boisdan aralash ialisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida
aholi mol-mulki hissasining ortib borishidir. Buni aholini jam -
g'arishda faol ishtirok etishi ta ’minlaydi. Aralash iqtisodiyotda
jam g'arishning yana bir ustuvor shakli — bu inson om ilida bilim,
malaka va mahoralning jamlanishidir, chunki malakali mehnatning
qadr-qiymati yuqonligidan aql-idrokli bo'lish har taraflama qulay
bo'ladi.
Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotidan o'sib chiqadi, lekin u
bilan cheklanmaydi. Aralash iqtisodiyotda bozorga xos m unosabatlar bilan birgalikda unga tabiatan xos bo'lmagan munosabatlar
ham mavjud bo'ladi. Masalan, bu yerda nafaqat bozorga xos
raqobat, balki manfaatlar muvozanatlashuvi ham mavjud. Foyda
ketidan quvish bozor iqtisodiyotiga xos narsa, am m o aralash
iqtisodiyot sharoitida bunga erishish uchun umumiy farovonlikka
hissa qo'shish shart. Bu yerda o'ziga t o ‘q, darom adi o 'rta ch a aholi
ko'pchilikni tashkil etadi.
Aralash tizimda ijtimoiy davlat mavjud. U aholi turmushini
yaxshilashda ishtirok etadi. U bepul t a ’limni, tibbiy yordam ni
t a ’m inlaydi, aholining m uhtoj qatlam lariga moliyaviy yordam berib,
ularni kam bag‘allikdan him oya qiladi. Davlat ijlimoiy m u am m o -
larni o 'z holiga tashlab qo'ym ay, ularni ha! cl ishchi laol qatnashadi.
Bu bilan ommaviy farovonlikka erishiladi.
Aralash iqtisodiyot — bu bozor iqtisodiyotining insoniylashgan,
ijtimoiy adolat qoidalari qaro r topgan shaklidir, u tabiatan bozor
iqtisodiyoti bo'lsada, o'tmishdagi, masalan, XIX asrdagi iqtisodiyotdan jiddiy farqlanadi. Aralash iqtisodiyot sari transformatsiyanii.g borligi hozirgi o'tish davrini keng talqin etishni talab
qiladi. Bu davr nafaqat bozor tizimiga o'tishni, aniqrog'i qaytishni,
balki aralash iqtisodiyot tomon borishni ham bildiradi, deb aytish
Do'stlaringiz bilan baham: |