MAVZU: BOTANIKA BOG’IGA EKSKURSIYA
Ekskursiya rejasi:
1.O’simliklarning xilma-xilligi
bilan tanishish;
2.Yevropa o’simliklari bilan tanishish;
3.Yaponiya o’simliklari bilan tanishish;
4.Dorivor o’simliklar bilan tanishish;
5.Tanishib chiqilgan o’simliklarni suratga olish.
Ishning maqsadi:
Talabalarni botanika bog’idagi Evropa va Yaponiya o’simliklari shu
bilan bir qatorda dorivor o’simliklarning xilma- xilligi bilan tanishtirish.
Kerakli material va jihozlar:
Seminar mashg’ulotni dars
ishlanmasi, ma’ruza matnlari,
o’quv qo’llanma, albom, rangli qalamlar, fotoapparat.
Ekskursiya davomida olib borilayotgan ishlarning zvenolar bo’yicha taqsimoti.
1.
zveno. Botanika bog’ida o’simlik turlarini aniqlash. Ularning tuzilishi,.
2.
zveno. Amerika qit’asi o’simlik
turlarini aniqlash,
tuzilishini, ekologiyasini kuzatish
3.
zveno. Evropa o’simlik turlarini aniqlash, tuzilishini,
ekologiyasini kuzatish
4.
zveno. Yaponiya o’simlik turlarini aniqlash, tuzilishini, ekologiyasini kuzatish
5.
zveno. Dorivor o’simlik turlarini aniqlash, tuzilishini, ekologiyasini kuzatish
6.
zveno. Kuzatilgan, tanishib chiqilgan o’simliklarni raqamli fotoaparatda suratga olish va
ularni kompyuterga o’tkazish.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. O’zbekistonda o’simlik olamining xilma-xilligi haqida nimalarni bilasiz?
2. O’simlik olamini muhofaza qilish usullarini ayting?
Nazorat shakli (hisobot, taqdimot):
kichik guruhlarda ishlash natijasida oxiriga
yetkazilgan
ish hisobot tarzida o’qituvchiga topshiriladi. Natijalar “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli”, “qoniqarsiz”
baholar ko’rinishida joriy baholashdagi 30 ball hisobidan mashg’ulotlarga ajratilgan soatlar
asosida ballar belgilanadi. Seminar mashg’ulot uchun maksimal ball 1 ball bo’lib, quyidagi
mezonlar asosida talabalar bilimlari baholanadi:
1 ball – “a’lo”: xulosa va qaror qabul qilish, ijodiy fikrlay olish, mustaqil mushohada yurita
olish, amalda qo’llay olish, mohiyatini tushunish, bilish,
aytib berish, tasavvur hosil qilish
darajalariga ega bo’lsa qo’yiladi;
0,8-0,9 ball– “yaxshi” mustaqil mshohada yurita olish, amalda qo’llay olish, mohiyatini
tushunish, bilish, aytib berish, tasavvur hosil qilish darajalariga ega bo’lsa qo’yiladi;
0,55-0,7 ball – “qoniqarli”
mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvur hosil qilish
darajalariga ega bo’lsa qo’yiladi;
0-0,5 ball –“qoniqarsiz”: berilgan topshiriqlar bo’yicha tasavvurga ega bo’lmasa va bilmasa
qo’yiladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Peter Rellero, Dinah Zike. Ecology. USA, Glencoe. 2005. 126-127; 129- bet