Mavzu. Boshqaruvda ahborot bilan ishlash.
Reja:
1. Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.
2. Kommunikasiyalar.
3. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayonlar.
4. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini yaratish yo’llari.
Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.
Menejmentda axborotning o’rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:
* zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshqaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda;
* firmaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati haqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli rahbarlariga yetkazish, tashkiliy tuzilmaning turli bo’linmalari o’rtasida axborot almashuvini yo’lga qo’yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi;
* uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshqaruv tuzilmalarining ehtiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining mohiyatiga qarab belgilanadi.
Menejment sohasidagi axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar:
* yuborilayotgan ma’lumotlar qisqa, aniq bo’lishi va o’z vaqtida manzilga yetkazilishi lozim;
* tashkiliy tuzilmaning biron bir bo’g’inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq ehtiyojlarini qondirishi kerak;
* ma’lumotlar aniq va haqqoniy bo’lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to’g’ri tanlanishi lozim; to’planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.
Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:
* zamonaviy firmalarda axborot to’plash, uni qayta ishlash va uzatish uchun yuksak darajada takomillashgan texnik vositalar qo’llaniladi. Odatda, butun tashkilot miqyosidagi axborot tizimlari yagona tarmoqqa birlashtirilgan;
* tashkiliy boshqaruvchilik tuzilmasiga xizmat ko’rsatuvchi axborot tizimi olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot uzatishning ichki va tashqi kanallarini tarkib toptirish va umuman informatsiya kabi alohida komponentlardan iborat;
* axborot tizimlari o’z faoliyati davomida axborot tuzish, to’plash va uzatish, tashkiliy faoliyatni uyushtirish kabi o’zaro bog’liq ish jarayonlarini uzviy ketma-ketlik tarzida ro’yobga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirishda ularga axborot oqimi harakatini ta’minlovchi turli xil texnik vositalar, axborotni qayta ishlash uslublari yaqindan yordam beradi;
* axborot bilan ishlash jarayoni, umumiy jihatdan olganda, ilmiy-texnik, rejalashtirish, nazorat o’rnatish, hisobchilikka oid va tahliliy axborotlarni to’plash jarayonlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |