Tashkilothayotiningxodimmotivatsiyasigata’siri.Tashkilotlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi, mahsulot ishlab chiqarishda yangi ixtirolarga talab oshishi sharoitida xodimlardan iloji boricha faollik va tashabbus kutiladi. Bunday vaziyatda xodimning ichki motivatsiyasini kuchaytirish tashkilot oldida turgan vazifalarni hal etishdagi asosiy omildir.
Qator tadqiqotlar asosida tashkilotdagi mavjud turli omillarning xodim motivatsiyasiga ta’sirini 107 betdagi chizma ko‘rinishida bayon etish mumkin. Chizmadan ko‘rinib turganidek tashkilotda qator omillar borki, ular xodim motivatsiyasini kuchaytiradi. Bular orasida eng ahamiyatlisi xodimni mutaxassis sifatida tan olish, u bilan maslahatlashish, xodimga o‘z kasbi ustasi maqomida unga ishonch bilan qarashdir. Bajarayotgan ishidagi yuqori natijalar xodimning g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi va faolligini oshiradi. Bu borada xodim qobiliyatiga mos vazifa berish va uni muvaffaqiyatli ado etishni ta’minlash juda muhimdir. Xodim tomonidan tashkilot maqsadini aniq tasavvur etish va bu maqsadni qabul qilish kuchli motivatsiya omili hisoblanadi.
Ushbu ro‘yxatning pastki qismida xodim motivatsiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omillar o‘zining ta’sirchanligi bo‘yicha foiz ko‘rsatkichida keltirilgan. Ular qatoriga – xodimni tanqid qilish va uni tan olmaslik; malakasiz boshqaruv faoliyati; xodimning tashkilot hayotidan bexabarligi; haddan tashqari xajmdagi ish bilan ta’minlash yoki aksincha, ishning kamligi tufayli bo‘sh qolishlar; vazifani bajarish mobaynidagi muvaffaqiyatsizlik; xizmat yuzasidan o‘z majburiyatlarini aniq bilmaslik va maqsadning yo‘qligi kabi sabablar kirar ekan.
ChizmaTashkilotdagi motivatsiya omillari
Masalan, amerikalik mashxur psixolog Deyl Karneginingta’kidlashicha, asr boshida amerika dollarida hisoblaganda yiliga bir milliondan ortik daromad topadigan boshqaruvchilarning soni ikki nafarni tashkil qilgan.
Ulardan biri UolterKrayslerva ikkinchisi - CharlzShveb lardir.
Amerika chuyan kuyish industriyasining yetakchilaridan bo‘lgan EndryuKarnegiShvebga odamlarni yaxshi ishlatib, korxona daromadini keskin oshirib yuborganligi uchun kuniga uch ming dollar, yiliga bir million dollar xaq to‘lagan. Lekin ana shu millionerning o‘z esdaliklarida qoldirgan kuyidagi so‘zlari e’tiborga loyikdir: «Men cho‘yan quyish borasida eng oddiy ishchidan ham nunoq edim, asosiy yutug‘im - men o‘zgalarni boshqarishni bilganman. Mendagi eng noyob safat - odamlardatashabbusniuyg‘otish kobiliyati edi. Chunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish - uning tashabbusini qo‘zg‘atishdir».