Nazorat uchun savollar:
Rahbar shaxsiga ta’rif bering?
Rahbar shaxs xislatlari aytib bering?
Samarali rahbar qiyofasi qayday tuzilishda bo‘ladi?
Samarali boshqaruvga to‘sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari ayting?
Boshqaruv uslublari haqida gapiring?
MAVZU: BOSHQARUVCHINING FAOLIYAT MOTIVLARI VA RAHBAR SHAXSI TIPOLOGIYASI.
Reja:
1.Rahbar shaxsining tipologiyasi. 2.Boshqaruvchining faoliyat motivlari.
Shaxsning o‘z-o‘zini baholashi uning faoliyatidagi ahamiyati.
Tayanch so‘z va iboralar:
Faoliyat,psixologiya, shaxs, tipologiya, boshqaruv, boshqaruv psixologiyasi, motiv, o‘z-o‘zini baholash, rahbarlik faoliyati, tadqiqotlar.
Tashkilot xodimlar majmuasidan iboratdir. Jamoadagi har bir xodim o‘z intilish va maqsadlariga ega. Tashkilotni, jamoani boshqarish, avvalambor, uning tarkibiy qismi bo‘lmish xodimlarning xususiyatini inobatga olishni talab qiladi. Shaxsining o‘ziga xosligi esa ko‘p omillar ta’mirida shakllanadi. Bu omillar qatorida yoshlik davri, oila muhiti va xatto irsiy belgilar xam o‘z o‘rnini topgan. Tashkilot miqyosida turli xarakterli xodimlar yagona maqsad sari uyushadilar va rahbarning asosiy vazifasi shu turli-tumanlikni yagona yo‘lda birlashtirishdir.
Xodimlarning xususiyatlarini xisobga olish zarurati.
Shaxsning samarali faoliyatiga oid metodologik tamoyillardan biri sub’ektning tashqi muhit bilan muvofiqlashgan munosabatini tashkil etish zaruratini ta’kidlaydi. Bu fikrni boshqaruv faoliyatiga tatbiq etsak, rahbarning ob’ektivligi, uning o‘z maqsadiga erishishida muhit omillarini maksimal darajada hisobga olishi ustuvor masala deb qaraladi.
Ob’ektivlik esa – xulqning tashqi muhit talablariga mos ravishda boshqarilishidir. Rahbar ob’ektivlik tamoyiliga asoslanar ekan, o‘z maqsadini, mavjud intilishini tashqi muhit sharoitlari bilan muvofiqlashtirib boradi. Bu jarayonda maqsad o‘zgarmaydi, lekin uslub muhit talablaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Tashkilot doirasidagi tashqi muhit ob’ektlaridan asosiysi xodimlar bo‘lib, rahbar o‘z boshqaruv faoliyatida ularga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni hisobga olishi lozim. Bu jabhadagi imkoniyatlardan biri esa shaxs tipologiyasiga oid ma’lumotlarda o‘z
aksini topadi. Shaxs tipologiyasi deganda, turli individual psixologik xususiyatlari bo‘yicha insonning biron toifaga mansubligi tushuniladi. Boshqaruv psixologiyasi fani yuzasidan xodimlar tipologiyasi qator mezonlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Quyida mana shu tipologiyalardan bir nechtasini keltirib o‘tamiz va bayon etiluvchi tavsiflar asosida shu toifaga mansub xodimlar bilan munosabat qurish xususiyatlari haqida to‘xtalamiz. Shulardan biri temperament tiplariga oid klassifikatsiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |